Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


-BOB. RAQOBAT VA RAQOBATBARDOSHLIK



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/289
Sana31.12.2021
Hajmi2,55 Mb.
#222095
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   289
Bog'liq
MARKETING ASOSLARI 2019lotin

13-BOB. RAQOBAT VA RAQOBATBARDOSHLIK 
 
13.1.Raqobat tushunchasi va mohiyati 
 
Raqobat – erkin tadbirkorlikning ajralmas bir bo‘lagidir. 
Raqobat  so‘zi  lotinchadan  olingan  bo‘lib,  maqsadga  erishish  uchun  kurashni 
bildiradi. Bozorda raqiblarning maqsadi xaridorni tovarni xarid qilishga jalb qilishdan 
iborat.  
Raqobat – mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar o‘rtasida tovarlarni 
qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman 
iqtisodiyotda  o‘z  mavqeini  mustahkamlash  uchun  kurash.  Raqobat  ko‘p  qirrali 
iqtisodiy  hodisa  bo‘lib,  u  bozorning  barcha  sub’ektlari  o‘rtasidagi  murakkab 
munosabatlarni  ifodalaydi.  Resurslarni  etkazib  beruvchilar  o‘rtasidagi  raqobat 
o‘zlarining  iqtisodiy  resurslarini  (kapital,  er,  ishchi  kuchi)  yuqori  narxlarda  sotish 
uchun amalga oshiriladi.  
Raqobat – bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki uning qonunidir. Raqobat 
bozor  iqtisodiyotining  va  umuman  tovar  xo‘jaligining  eng  muhim  belgisi, 
rivojlantirish  usuli  hisoblanadi.  Mustaqil  tovar  ishlab  chiqaruvchilar  (korxonalar) 
o‘rtasidagi  raqobat  tovarlarni  qulay  sharoitda  ishlab  chiqarish  va  yaxshi  foyda 
keltiradigan  narxda  sotish,  umuman  iqtisodiyotda  o‘z  mavqeini  mustahkamlash 
uchun kurashdan iborat.  
Raqobat  bozor  sub’ektlari  iqtisodiy  manfaatlarining  to‘qnashishidan  iborat 
bo‘lib,  ular  o‘rtasidagi  yuqori  foyda  va  ko‘proq  naflikka  ega  bo‘lish  uchun 
kurashishni anglatadi. 
Mamlakatimizda  iqtisodiyotning  raqobatbardoshligini  oshirish  natijasida 
nafaqat  ichki  ozorda,  balki  tashqi  bozorlarda  harakat  qilish,  raqobat  muhitini 
shakllantirish, raqobatda ustunlikka erishish mumkin. 
O‘zbekiston  Respublikasining  “Raqobat  to‘g‘risidagi”  Qonuni  Qonunchilik 
palatasi tomonidan 2011 yil 14 noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2011 yil 5 
dekabrda ma’qullangan bo‘lib 2012 yil 6 yanvardan boshlab kuchga kirdi.  


 
219 
Bu  qonunda  raqobat  quyidagicha  ta’riflangan.  Raqobat  –  xo‘jalik  yurituvchi 
sub’ektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi bo‘lib, bunda ularning mustaqil 
harakatlari  ulardan  har  birining  tovar  yoki  moliya  bozoridagi  tovar  muomalasining 
umumiy  shart-sharoitlariga  bir  tomonlama  tartibda  ta’sir  ko‘rsatish  imkoniyatini 
istisno etadi yoki cheklaydi.  
Mamlakatimizda  qabul  qilingan  “Raqobat  to‘g‘risida”gi  qonun  ayni  shu 
jihatdan  muhim  ahamiyatga  molik  hujjatdir.  Qonunning  asosiy  maqsadi  tovar  va 
moliya bozorlaridagi raqobatga doir munosabatlarni tartibga solishdan iborat
17

Qonunning  mazmun-mohiyati  shu  bilan  izohlanadiki,  unda  tovar  va  moliya 
bozorlaridagi  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  raqobatga  qarshi  harakatlarini, 
insofsiz  raqobatni  cheklashga  hamda  davlat  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  davlat 
hokimiyati  organlarining  g‘ayriqonuniy  harakatlariga  yo‘l  qo‘ymaslikka  qaratilgan 
raqobatga  doir  davlat  siyosatini  amalga  oshiruvchi  vakolatli  organ  belgilangan. 
Qonunda raqobatga qarshi harakatlarni taqiqlashning  huquqiy normalari  belgilangan 
bo‘lib,  bunda  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  ustun  mavqeini  suiste’mol  qilish, 
raqobatni cheklaydigan kelishib olingan harakatlari va bitimlarini tuzish, shuningdek, 
davlat  boshqaruvi  organlari  va  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlarining  hujjatlari 
(harakatlari) hamda insofsiz raqobat taqiqlangan. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish