Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


-rasm. Ulgurji savdogarlarning turlari



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/289
Sana31.12.2021
Hajmi2,55 Mb.
#222095
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   289
Bog'liq
MARKETING ASOSLARI 2019lotin

11.3-rasm. Ulgurji savdogarlarning turlari 
 
Ulgurji  savdo  bazasi  mustaqil  faoliyat  ko‘rsatuvchi,  maxsus  ombor  xo‘jaligiga 
va  malakali  xodimlarga  ega  bo‘lgan  firma  mavqeida  ishlaydi.  U  tovar 
assortimentlarini  qabul  qilish,  saqlash  va  iste’molchilarga  etkazib  berish  jarayonini 
tashkil  etadi.  Ulgurji  savdoni  tashkil  etishda  tovarlar  bazalari  orqali  yoki  ularning 
topshirig‘i  bilan  ishlab  chiqarishdan  to‘g‘ridan  -  to‘g‘ri  iste’molchi  firmaga  (tranzit 
usuli) etkazib berilishi mumkin. Ammo ulgurji savdo bazalarining tovar harakatini va 
sotilishini  tashkil  qilishdagi  ahamiyati  beqiyosdir.  Ularning  faoliyat  ko‘rsatishlari 
uchun  ob’ektiv  zaruriyatlari  mavjud.  Sanoat  ishlab  chiqarishning  rivojlanish 
qonuniyati  maxsuslashtirilishi  tufayli  tovarlar  ko‘p  korxonalarda  tor  assortimentli 
bo‘ladi. Chakana savdo uchun esa aholiga mo‘l-ko‘l, universal assortimentli tovarlar 
Ulgurji savdogar
savdo-xarid
tashkilotlari
xizmat ko'rsatishning 
to'liq sikli bilan
xizmat 
koo'rsatishning 
cheklangan sikli 
bilan
savdo vositachilari
agentlar
brokerlar
korxonalarning
savdo-xarid
bo'linmalari


 
190 
taklif  etish  zamonaviy  marketing talabidir.  Ulgurji savdo bazalari  ana  shu  tor ishlab 
chiqarish  assortimentidan  keng  universal  savdo  assortimentini  shakllantiradi.  Tovar 
birjalarini ulgurji savdo faoliyatining bazalaridan farqi, ular tovarlarni sotib olish va 
qayta  sotish  bilan  shug‘ullanmaydi,  ombor  xo‘jaliklari  ham  yo‘q,  ular  faqat 
vositachilik  qiladilar.  Agent  va  brokerlar  vositachilik  ishini  bajaradilar,  ammo 
moddiy  javobgarlikni  bo‘yinlariga  olmaydilar.  Agentlar  ishlab  chiqarish  firmalarida 
va  ulgurji  savdo  bazalarida  ishlashadi.  Brokerlar  tovar  birjalarida  asosiy  o‘rinni 
egallaydilar.  Brokerlar  joyi  birjada  tanlov  asosida  sotiladi,  ular  bir  tomondan 
birjadan, ikkinchi tomondan, o‘z faoliyatlari uchun xaq oladilar. 
Diler – mustaqil kichik vositachi tadbirkor bo‘lib, oldi-sotdi ishlarini bajaradi va 
moddiy javobgarlikka ega. 
Vositachi hamkorlarni tanlash hamma tovar ishlab chiqaruvchilar uchun muhim 
davr  hisoblanadi.  Eng  avvalo  shunga  ahamiyat  berish  kerakki,  tanlab  olinayotgan 
vositachi  bir  vaqtning  o‘zida  sizning  firmangizning  bozoridagi  raqobatchisi 
bo‘lmasligi  kerak.  Umumiy  holatda  vositachi  firmalar  ichidan  sizning  tovaringizni 
sotish bo‘yicha maxsuslashganini tanlash zarur. Yana vositachi firmaning bozordagi 
obro‘  -  e’tibori,  mavqei,  moliyaviy  ahvoli  qanday  va  qaysi  bank  bilan  ishlaydi  kabi 
savollarga  javob  olishi  kerak.  Uning  asosiy  belgilaridan  savdo  shahobchalarining 
moddiy - texnikasi, joylashishi, sotuvchi xodimlarning malakasi va boshqalar. Oldin 
sinash uchun biror yilga shartnoma tuziladi va vositachi savdo firma vakili, rahbari - 
menejeri vositachini shaxsan o‘rganadi va uning shahobchalariga boradi. Vositachilar 
iloji  boricha  ko‘proq  tanlanadi  va  ularning  marketing  -  bozor  dasturlariga  ahamiyat 
beriladi. 
Mahsulot  ishlab  chiqaruvchilar  va  iste’molchilardan  huquqiy  hamda  xo‘jalik 
jihatlaridan  mustaqil  bo‘lgan  firmalar  vositachilar  jumlasiga  kiradi  (sanoat 
korxonalarining  sho‘‘ba  savdo  firmalari  va  filiallari  vositachilarga  kirmaydi). 
Vositachilarni harakatga keltiradigan narsa foydadir. Ularning foydasi xarid narxlari 
bilan  sotish  narxlari  o‘rtasidagi  farqdan  yoki  bozorda  tovar  harakatini  amalga 
oshirishdagi xizmatlari evaziga oladigan mukofotdan tashkil topadi. 


 
191 
Hozirgi  sharoitda  vositachilar  bajaradigan  vazifalar  va  ko‘rsatadigan  xizmat 
turlari g‘oyat ko‘p. Ular quyidagilardan iborat: 
• sotishni  tashkil  etish  ishlarini  bajarish  -  kontragentlarni  izlash,  sotuvchi 
nomidan xaridni rasmiylashtirish, tovar haqi uchun pul to‘lanishini xaridor nomidan 
kafolatlash, reklama kompaniyalarini o‘tkazish va bozorni tadqiq qilish; 
• transport  -  tashish  ishlari,  yukni  sug‘urtalashni  amalga  oshirish,  savdo 
harakatlarini moliyalash; 
• texnikaviy xizmat, sotishdan keyingi texnikaviy xizmat ko‘rsatish; 
• bozor to‘g‘risidagi axborot to‘plash va uni taqdim etish. 
Aksariyat  jami  savdo  -  vositachilik  ishlarining  oz  sonli  eng  yirik  savdo 
monopoliyalari  qo‘lida  to‘planishi  vositachilik  bo‘g‘inida  sifat  o‘zgarishlariga  olib 
keladi.  Ularning  o‘z  moliya  kompaniyalari  bor,  banklar  bilan  aloqaga  ega,  o‘z 
sug‘urta  kompaniyalari,  o‘z  floti,  ehtiyot  qism  omborxonalari,  boshqa  tarmoqlarda 
mahsulotni  qayta  ishlash  sanoat  korxonalari,  dilerlik  firmalari  tarmog‘i  va  chet 
ellarda filiallari mavjud. 
Xalqaro tovar muomalasida umumiy hajmning yarmidan to uchdan ikki qismiga 
savdo  vositachilari  to‘g‘ri  keladi.  AQSH,  Angliya,  Gollandiya,  Yaponiya, 
Skandinaviya mamlakatlarining tashqi savdosida savdo vositachilari xizmatidan keng 
foydalaniladi.  Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  sohasida  savdo  vositachilaridan  foydalanish 
sanoat firmalari uchun muayyan afzalliklar yaratadi. 
Savdo  vositachilaridan  foydalanishning  muhim  ustunligi  shundaki,  sanoat 
firmasi mahsulot eksporti bilan shug‘ullanganda importyor mamlakat hududida savdo 
shahobchalarini  tashkil  etish  xarajatlarini  tejaydi,  chunki  vositachi  firmalar  odatda 
o‘z  moddiy  -  texnika  bazalariga  omborxonalar,  namoyish  zallari,  ta’mirlash 
ustaxonalari va boshqalarga ega bo‘ladi. 
Yana  bir  afzallik  shundan  iboratki,  vositachilar  ishlab  chiqaruvchilarni  tovar 
harakati, tovarni sotish bilan bog‘liq juda ko‘p tashvishlar (mahsulotni etkazib berish, 
saralash,  joylash,  turli  xillarga  ajratish,  eksport  qilinganda  mahallik  esa  bozorga 
moslashish va boshqalar) dan ozod qiladi. 


 
192 
Uchinchi  bir  afzallik  -  qisqa  muddatli  va  uzoq  muddatli  kreditlash  asosida 
bitishuvlarni moliyalash vositachi kapitalidan foydalanish. Bu holda vositachilarning 
banklar,  transport  hamda  sug‘urta  kompaniyalari  bilan  barqaror  ishbilarmonlik 
aloqalari katta ahamiyatga ega. 
Nihoyat, savdo vositachilari ayrim bozorlarga to‘la xokimlik qilib olgan hollarda 
ham  uchraydi.  (Masalan,  Angliya  brokerlari  tomonidan)  va  bu  bozorlarga 
iste’molchilar bilan bevosita aloqa qilish foydalanish zaruriyatiga aylanadi. 
Ishlab  chiqaruvchi bilan vositachi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar  mazmuni va 
vositachi  bajaradigan  vazifalarga  qarab  savdo  -  tijorat  amallarining  bir  qancha 
turlarini  ta’kidlab  ko‘rsatish  mumkin:  olib  -  sotish  ishlari,  komission  savdo  ishlari, 
agentlik va brokerlik ishlari. 
Savdo  vositachisi  olib  -  sotish  ishlarini  o‘z  nomidan  va  o‘z  hisobidan  olib 
boradi.  Olib  -  sotish  harakatlarining  ikki  turi  bor:  birinchi  holda  vositachi  ishlab 
chiqaruvchiga  nisbatan  tovarlarni  oldi.  Vositachi  bu  holda  tovar  egasi  bo‘lib  qoladi 
va  uni  har  qanday  bozorda  xohlagan  narxda  o‘zi  bilganicha  sotishi  mumkin. 
Tomonlar  oldi  -  sotdi  bo‘lgach,  vositachi  bilan  ishlab  chiqaruvchi  o‘rtasidagi 
munosabatlar to‘xtatiladi. 
Uning  ikkinchi  turida  ishlab  chiqaruvchi  vositachiga  tovarni  muayyan 
hududlarida va kelishilgan muddat davomida sotish huquqini beradi. 
Olib  -  sotish  harakatlari  mazmuniga  qarab,  bu  ish  bilan  savdo  uylari,  eksport, 
import,  ulgurji,  chakana  firmalar,  distribyuterlar,  stokistlar  shug‘ullanadilar.  Savdo 
uylari bunday ishlarni asosan o‘z hisobiga amalga oshiradi. 
Savdo - vositachilik ishlarining navbatdagi turi - komission faoliyat komissioner 
deb  ataladigan,  bir  tomonning  komitent  deb  ataladigan  ikkinchi  tomon  topshirig‘i 
bilan ikkinchi tomon hisobidan, ammo o‘z nomidan bitishuvlarni amalga oshirishdan 
iborat.  Komitent  bilan  komissioner  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlar  komissiya 
shartnomasi bilan tartibga solinadi. 
Komission  ishlarining  yana  bir  ko‘rinishi  -  konsignatsiya  xarakteridir. 
Konsignator  -  eksporterdan  o‘z  omboriga  tovar  konsignatsiya  shartnomasi 
belgilangan  muayyan  shartlarda  sotadi.  SHartnomada  jo‘natilgan  tovar  nomi,  narxi, 


 
193 
sotish  muddati  va  boshqalar  ko‘rsatilgan  bo‘ladi.  Konsignator  tashqi  savdo 
ishlaridagi  komissionerlarning  ko‘rinishlaridan  biri,  lekin  u  tovarlar  savdosini 
konsignat belgilagan narxlarda, uning hisobiga, ammo o‘z nomidan olib boradi. 
Sanoat  agenti  muayyan  joylarda  o‘zaro  raqobatda  bo‘lmagan  bir  qancha 
sanoatchilar  tovarlarni  sotish  bilan  shug‘ullanadilar.  Aksariyat  hollarda  savdo 
agentlari kommivoyajerlar deb yuritiladi. 
Kommivoyajer - savdo firmasining tayyor agenti namunalari, 
Brokerlik  savdo  -  vositachilik  ishlari  vositachi  -  broker  orqali  sotuvchi  va 
xaridor  (sug‘urtachi  bilan  sug‘urta  qildiruvchi,  kema  egasi  bilan  kemani  ijaraga 
oluvchi)  o‘rtasida  aloqa  o‘rnatishdan  iborat.  Brokerning  qaysi  yo‘nalishida  faoliyat 
olib  borishidan  va  u  kimning  nomidan  ish  qo‘rishdan  qat’iy  nazar,  u  hamisha  faqat 
tor  yuridik  ma’nodagi  vositachi  tarzida  ish  olib  boradi.  Broker  hech  qachon 
shartnomadagi tomonlardan biri bo‘la olmaydi, faqat tomonlarni o‘zaro uchrashtirish, 
shartnoma tuzishga yordamlashish vazifasini bajaradi. 
 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish