9.4-rasm. Savdo markasini brendga aylantirish
Brending turli xildagi tovarlar va xizmatlar uchun qo‘llanishi mumkin. Asosiy
tavsifnomalari xilma-xillik va ochiqlik bo‘lgan iste’mol tovarlari va xizmatlari uchun
brending eng avvalo bozorni segmentlash hamda tovar va xizmatlarni differensiatsiya
qilish mexanizmi sifatida ishtirok etadi. Murakkablik, o‘zgarish darajasining tezligi,
xaridorning tovarni mustaqil ravishda tartibga solishga qodir bo‘lmagan yuqori
texnologiyali tovarlar uchun brending noaniqlik va risk darajasining yuqoriligi tufayli
ahamiyatga ega. Ayniqsa, xaridning emotsional tarkibiy qismi va noaniqliklar, ijobiy
tajriba, ishonch, obro‘-e’tibor va fikr-mulohazalar shakllantirish zarurati tufayli
xizmatlar brendingga ehtiyoj sezadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |