Tijoratlashtirish (kommersializasiya) - yangi mahsulotni ishlab chiqish
bosqichi; bozorga kirib borish vaqtini to’g’ri tanlash, turli bozorlarda faoliyat
ko’rsatish hajmi va ketma-ketligi, mahsulotni operativ xarakatlantirish va taqsimlash
bo’yicha samarali usullar, shuningdek, marketing rejasini ishlab chiqish jarayoni.
Tovar - 1) eng umumiy ko’rinishda bozorda sotiluvchi mahsulot sifatida
ifodalanishi mumkin bo’lgan iqtisodiy toifa, oldi-sotdi ob’yekti; 2) mahsulotning
ma’lum bir xaridorlar ehtiyojini kondiruvchi asosiy iste’molchilik tavsifnomalari
majmui; 3) iste’molchiga ko’rsatiladigan, mahsulotni to’ldiruvchi va uni sotishni
yengillashtiruvchi xizmat va imtiyozlar; 4) mahsulotnini urab turuvchi “muxit”
(mahsulot dizayni, sifati, markasi, urovi).
Do'stlaringiz bilan baham: |