Raqobatchilik muxiti diagnostikasi - marketing tadqiqotining raqobatchilar
xatti-xarakatlarining ichki motivlari haqida to’liq va aniq tasavvurni shakllantirish
uchun zarur bo’lgan o’ziga xos mustaqil bosqichi.
Regional marketing - 1) regionda marketing faoliyatini tashkil etish; 2)
regionning mahalliy, milliy va xalqaro investorlarga ko’rsatiluvchi xizmat va tovarlar
marketingi; 3) regionning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni boshqarish tizimidagi
marketing.
Reklama -1) g’oya, tovar va xizmatlarni ma’lum homiy nomidan taqdim etish
va taklif qilishning shaxsiy bo’lmagan pulli shakli; 2) tovar va xizmatlar sifatini
xaridorlarning talab va ehtiyojlari tiliga o’girishga intiluvchi kommunikatsiya shakli.
Do'stlaringiz bilan baham: |