Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

2.6. Investisiya siyosati 
 
Chet  el  investisiyalarining  asosiy  maqsadi  ilg’or  texnologiyalarni  o’zlashtirib 
olish, nisbatan arzon xom-ashyo va ishchi kuchidan foydalanish hisoblanadi. 


 
58 
Xorijiy  investisiya  siyosatini  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  uchun  ayrim 
mamlakatlarning  xalqaro  bozorga  chiqish  strategiyasini  ishlab  chiqish  va  sotuv 
kanallarini  tanlash  bilan  bog’liq  marketing  tadqiqotlarini  o’tkazish  lozim.  Bunda 
firma mahsulotni chet elga eksport qilishi yoki u erda ishlab chiqarish korxonasining 
turiga  qarab  turli  xil  strategiyalar  mavjud  bo’lishi  mumkin.  Eksportchining  vazifasi 
chet  elda  yangi  bozorlarni  egallash  hisobiga  ishlab  chiqarishni  kengaytirish  va 
olinadigan foyda miqdorini oshirish bilan bog’liq. 
Xalqaro  investisiyalashning  afzalligi  shundan  iboratki,  unga  bojxona  bojlari 
solinmaydi;  turli  mamlakatlarda  arzon  xom-ashyo  va  ishchi  kuchi  qo’llanishi  esa 
ishlab 
chiqarish 
xarajatlarining 
kamayishiga 
sabab 
bo’ladi, 
tovarning 
raqobatbardoshligi ortadi va uni yangi bozorlarga kiritish ishlari faollashadi. 
Evropa  Hamjamiyati  mamlakatlari  xalqaro  bozorda  o’ziga  xos  investisiya 
siyosatini amalga oshiradilar. Masalan, TACIS dasturi o’z ichiga quyidagi loyihalarni 
kiritadi:  energetik  markazni  yaratish,  mintaqalararo  sertifikatsiya  markaziga 
ko’maklashish, fermer xo’jaligini boshqarish modelini ishlab chiqish va hokazolar. 
Xorijiy  investisiyalar  jahonning  ko’plab  mamlaktlarida  keng  rivojlangan. 
O’zbekiston  bir  qancha  mamlakatlar  bilan  investisiyalarni  rag’batlantirish  va 
himoyalash bo’yicha bir qator kelishuvlar imzolagan. 
Asosiy  investisiya  eksportchilari  AQSH,  Buyuk  Britaniya,  Yaponiya, 
Germaniya  va  Fransiya  kabi  sanoati  rivojlangan  mamlakatlar  hisoblanadi.  Chet  el 
investisiyalari  mavjud  korxonalarni  sotib  olish  yoki  yangi  korxonalar  tuzish, 
qimmatli  qog’ozlar  sotib  olish,  erkin  iqtisodiy  hududlarni  yaratish  va  mahsulotni 
taqsimlash to’g’risidagi kelishuvlarga yo’naltirilishi mumkin. 
Kapital  chet  elda  bevosita  va  portfel  investisiyalari  shaklida  ishtirok  etadi. 
Bevosita investisiyalar  foyda olish va korxonani boshqarishda ishtirok etish huquqini 
olish maqsadida chet eldagi  korxonaning nizom kapitaliga mablag’ kiritishni nazarda 
tutadi.  Ular  raqobatbardosh  mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun  ayrim  mamlakatlarning 
ustunliklaridan  foydalanishga  imkon  beradi,  bu  esa  yangi  bozorlarni  egallash  va 
eksportni  oshirishga  bog’liq  bo’ladi.  bundan  tashqari,  bevosita  mahsulot  ishlab 


 
59 
chiqarilgan  joylarda  sotuvdan  keyingi  xizmat  ko’rsatish  sifati  yaxshilanib,  transport 
xarajatlari va bojxona bojlari qisqartiriladi. 
Bevosita  investisiyalash  aralash  jamiyatlar  shaklida  ham  amalga  oshirilishi 
mumkin.  Ular  ishtrokchilarning  huquqiy  rasmiylashtirilgan  qo’shma  mulki  asosida 
tuziladi.  Tuzilgan  aralash  jamiyat  faoliyat  natijalari  uchun  javobgar  bo’ladi.  Aralash 
jamiyatlarning  foyda  va  zararlari  kiritilgan  kapitalga  proporsional  ravishda 
ishtirokchilar  o’rtasida  taqsimlanadi.  Chet  eldagi  investorlari  uchun  aralash 
jamiyatlarni  tuzish  yangi  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  ishga  tushirish,  mahalliy 
mahsulot  eksporti  hajmini  oshirishda  bir  qator  imtiyozlar  taqdim  etilishini  nazarda 
tutadi.  Chet  el  tomonining  ishtiroki  bevosita  investisiyalashdan  tashqari  asbob-
uskunalar,  xom-ashyo  va  materiallarni  berish  yo’li  bilan  ham  amalga  oshirilishi 
mumkin.  Bunda  sotuvdan  keyin  ko’rsatiluvchi  xizmat  sifatini  yaxshilash  uchun 
hamkorning  omborlaridan  foydalanish  investorga  sezilarli  ustunlik  berishi  mumkin. 
Bularning  barchasi  pirovardida  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  pasaytirish  va  aralash 
jamiyatlarni  tashkil  etish  bo’yicha  marketing  tadqiqotlari  samaradorligiga  bevosita 
ta’sir  ko’rsatadi.  Bundan  tashqari,  aralash  jamiyatlarni  tuzish  mamlakatdagi  siyosiy 
va  iqtisodiy  vazifalar  majmuasini  hal  qilish,  mamlakatning  eksport  salohiyatini 
rivojlantirish,  valyuta  tushumlarini  ko’paytirish  va  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni 
mamlakat va ayrim mintaqalar mintaqasida rivojlantirishga yo’naltiriladi. Bu avvalo, 
chet  el  investisiyalari,  ilg’or  texnika  va  texnologiyalarni  jalb  qilish  va  yangi  ish 
o’rinlarini yaratish bilan bog’liq.  
Portfel  investisiyalari  daromad  olish  maqsadida  xorijiy  kompaniyalarning 
qimmatli  qog’ozlarini  sotib  olishni  nazarda  tutadi.  Ular  investorning  korxonani 
boshqarishda  ishtirok  etish  imkoniyatini  ko’zda  tutmaydi.  Investisiyalar  chet  elda 
tovarlarni  ishlab  chiqaruvchi  mamlakatda  sotish,  uchinchi  mamlakatlarga  eksport 
qilish  va  O’zbekistonga  etkazib  berish    uchun  ishlab  chiqarishga  yo’naltiriladi. 
O’zbekiston  kapital  eksportining  asosiy  shakli  ssuda  shaklida,  asosan  kreditlar 
ko’rinishida, shuningdek, xorijiy banklarning joriy  hisob raqamlariga o’tkazish  yo’li 
bilan  olib  chiqish  hisoblanadi.  Portfel  investisiyalari  oqimi  chet  ellik  investorlar 
mavjud  tavakkalchiliklarni  e’tiborga  olmasliklarini  anglatadi.  Bu  avvalo 


 
60 
respublikamizdagi  siyosiy  vaziyat  bilan  bog’liq  siyosiy  tavakkalchiliklarga  tegishli: 
xorijiy  investorning  etarlicha  himoyalanmaganligi,  zarur  huquqiy  asoslarning 
yo’qligi,  chet  el  kapitalini  jalb  qilish  uchun  respublikamizda  yirik  korporativ 
kompaniyalarning aksiyalari chiqarilmoqda va joylashtirilmoqda. 
Biroq  respublikamiz  iqtisodiyotiga  kiritiluvchi  investisiyalar  manbai  mamlakat 
ichida  joylashgan  yoki  oxirgi  yillar  davomida  chet  elga  emigrasiya  qilgan  mahalliy 
kapital  bo’lishi  lozim.  Iqtisodiyotning  jonlanishi  bilan  O’zbekistonda  investisiyalar 
uchun qulay sharoitlar yaratiladi va bu kapitalning reeksporti uchun xizmat qiladi. 
Respublikamiz  iqtisodiyotning  rivojlanishida  xorijiy  kapitalning  ishtirok  etishi 
ijobiy tendensiyalar bilan bir qatorda salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarmoqda. Bu 
avvalo  g’arb  firmalarining  energiya  manbalarini  qazib  chiqarish  va  eksport  qilishga 
jalb etilishi, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar faoliyatini jiddiy ekologik nazorat 
qilinmasligidir.  Salbiy  oqibatlarning  oldini  olish  uchun  davlat  tomonidan  jiddiy 
nazorat o’rnatish zarur. Mahalliy  investorlar kapitalni  xavfsizlantirish  maqsadida o’z 
mablag’larini  xorijiy  qimmatli  qog’ozlar  va  ko’chmas  mulkni  sotib  olib,  xorijiy 
banklarga kiritadilar. Ko’plab jismoniy va huquqiy shaxslar chet elda o’z firmalarini 
ochadilar. Bunday qarorning maqsadga muvofiqligiga ishonch hosil qilish uchun chet 
elda  kompaniya  tuzishning  iqtisodiy  jihatdan  maqsadga  muvofiqligi  va  muayyan 
tovarlar  bo’yicha tashqi  iqtisodiy  faoliyat yo’nalishini aniqlanadi; bu  tovarlarni chet 
elda  to’liq  ishlab  chiqarish  va  ishlab  chiqarishni  xorijiy  ishlab  chiqaruvchilar  bilan 
kooperasiyalashni  yo’lga  qo’yish  masalasi  ko’rib  chiqiladi;  ishlab  chiqarish 
mo’ljallanayotgan mahsulotga bo’lajak talab aniqlanadi.  

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish