Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M


 Axborot to’plash usullari



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

3.3. Axborot to’plash usullari 
 
Ko’p hollarda tadqiqotlar tanlab olish yordamida amalga oshiriladi. Tanlab olish 
rejasini tuzish jarayoni uchta vazifani ketma-ketlikda echishdan iborat: 
1. Tadqiqot ob’yektini aniqlash 
2. Tanlab olish tuzilmasini aniqlash 
3. Tanlab olish hajmini aniqlash. 
Qoidaga ko’ra, tadqiqot ob’yekti kuzatuv ob’yektlari yig’indisidan iborat bo’lib, 
bu qatorga iste’molyailar, kompaniya xodimlari, vositachilar va shu kabilarni kiritish 
mumkin.  Sploshnoy  tadqiqotlar  -  tadqiqot  va  tanlab  olish  yordamidagi  tadqiqot 
turlariga  taqsimlanadi.  Odatda,  yalpi  tadqiqotni  amalga  oshirishning  imkoni  doim 
ham bo’lavermaydi. Bunga bir qator sabablarni ko’rsatish mumkin: 
-  ayrim elementlar bilan aloqa o’rnatish imkoniyatining yo’qligi; 


 
70 
-  umumiy tadqiqot o’tkazish uchun sarflanuvchi  xarajalarning juda kattaligi  va 
o’zini oqlamasligi;  
-  tadqiqot o’tkazish uchun ajratilgan muddatning juda qisqaligi. 
Tanlab olish strukutrasiga ikki xil yondashuv - ehtimolli va determinasiyalangan 
yondashuv mavjud. 
Ehtimolli  yondashuvda  ob’yektlar  yig’indisining  har  bir  elementi  ma’lum  bir 
ehtimollilik  bilan  tanlab  olinishi  mumkinligi  nazarda  tutiladi.  Determinasiyalangan 
yondashuvda esa ob’yektlar yig’indisining elementlari yo  qulaylik  nuqtai  nazaridan, 
yo  tadqiqotchining  qaroriga  ko’ra,  yo  guruh  kontingentlariga  asoslangan  usullar 
yordamida tanlab olinishi nazarda tutiladi. 
Qulaylik  nuqtai  nazaridan  tanlab  olishni  shakllantirish  usuli  ular  bilan  aloqa 
o’rnatishning oddiyligidan kelib chiqqan  holda istalgan elementlarni tanlab olishdan 
iborat.  Tadqiqotchining  qaroriga  asoslangan  usul  uning  fikriga  ko’ra  xarakterli 
bo’lgan elementlarni tanlab olishdan  iborat. Kontingent guruhlariga asoslangan  usul 
ilgari  olingan  tavsifnomalarga  mos  ravishda  xarakterli  elementlarni  tanlab  olishdan 
iborat. 
Tanlab  olish  strukturasi  tanlab  olingandan  so’ng  tanlab  olish  hajmi,  ya’ni 
tanlangan  elementlar  soni  aniqlanadi.  Bunda  tanlab  olish  hajmi  qanchalik  katta 
bo’lsa,  uning  aniqligi  va  uni  tadqiq  etish  uchun  sarflanuvchi  xarajatlar  ham 
shunchalik  katta  bo’ladi.  Ehtimoliy  yondashuvda  tanlab  olish  hajmi  statistika 
formulalari  yordamida  aniqlanadi,  determinasiyalangan  yondashuvda  hisob-kitob 
yo’li  bilan  aniqlashning  imoni  bo’lmaydi  va  bu  holatda  tanlab  olish  hajmi  empirik 
yo’l bilan aniqlanadi. 
Axborot to’plashning to’rt xil asosiy turi mavjud: Kuzatuv; Tajriba; O’xshatish-
Imitasiya; So’rov. 
Kuzatuv ob’yekt faoliyatini u bilan muloqotga kirishmasdan hamda uning xulq-
atvoriga  ta’sir  ko’rsatishi  mumkin  bo’lgan  omillarni  nazorat  qilmasdan  qayd  qilib 
borish  vositasida  axborot  to’plash  usulini  ifodalaydi.  Kuzatuv  ochiq  va  yashirin 
tarzda  olib  borilishi  mumkin.  Bunda  tadqiqot  quroli  sifatida  yashirin  kamera  yoki 
maxsus  ko’zgulardan  foydalaniladi.  Ushbu  usulning  afzalliklari  quyidagilardan 


 
71 
iborat:  oddiylik,  nisbatan  arzonlik,  noto’g’ri  tasvirlashga  yo’l  qo’ymaslik.  Bu 
usulning  asosiy  kamchiligi  esa  u  kuzatuv  ob’yektlarining  ichki  xulq-atvor  motivlari 
va  ular  tomonidan  qaror  qabul  qilish  jarayonlarini  uzil-kesil  belgilashga  imkon 
bermasligidan iborat. 
Tajriba  usuli  o’rganiluvchi  ob’yektlar  xulq-atvori  haqidagi  ma’lumotlarni 
to’plash  usuli  bo’lib,  tadqiqotchilarning  ushbu  fob’yektlar  faoliyatiga  ta’sir 
ko’rsatishi  mumkin  bo’lgan  barcha  omillar  ustidan  nazorat  o’rnatishini  nazarda 
tutadi.  Tajribadan  maqsad  –  marketing  omillari  va  o’rganiluvchi  ob’yektlar  xulq-
atvori  o’rtasidagi  sabab-oqibatli  aloqalar  o’rnatishdir.  Mazkur  usulning  afzalliklari 
qatorida  quyidagilarni  sanab  o’tish  mumkin:  ob’yektiv  xarakter  hamda  marketing 
omillari  va  o’rganiluvchi  ob’yektlar  xulq-atvori  o’rtasidagi  sabab-oqibatli  aloqalar 
o’rnatish imkoniyati. Bu usulning kamchiligi esa barcha marketing omillarini nazorat 
qilishning  qiyinligi,  laboratoriya  sharoitlarida  ijtimoiy-iqtisodiy  ob’yektning  normal 
xulq-atvorini  takror  ishlab  chiqarishning  murakkabligi  va  xarajatlarning  kattaligi 
hisoblanadi. 
O’xshatish-Imitasiya  usuli  EHM yordamida oldindan  ishlab chiqilgan, tadqiqot 
olb’ektining  xulq-atvorini  to’g’ri  aks  etitruvchi  matematik  model  yordamida 
generasianuvchi  ma’lumotlar  to’plash  usulini  ifodalaydi.  Uning  afzalligi  marketing 
xatti-harakatlari  ko’plab  variantlarini  operativ  tahlil  qilish  va  shu  asosda  ularning 
orasidan  eng  yaxshisini  tanlash  imkoniyatidan  iborat.  Uning  asosiy  kamchiligi  esa 
modelning o’zini tuzishning qiyin va ko’p mehnat talab qilishi hisoblanadi. 
So’rov  usuli  deganda  tadqiqot  ob’yektalri  bilan  muloqot  o’rnatish  yo’li  bilan 
ma’lumotlar to’plash usuli tushuniladi. Tadqiqot quroli sifatida bir qator savollardan 
tuzilgan  so’rovnoma-anketadan  foydalaniladi.  ushbu  usulning  afzalligi  uni  qo’llash 
msohasining  amalda  deyarli  cheklanmaganligi  bilan  asoslanadi.  Asosiy  kamchiligi 
esa ko’p mehnat talab qilishi, so’rovlarni o’tkazish uchun sarflanuvchi xarajatlarning 
kattaligi,  shuningdek,  noto’g’ri  yoki  xolisona  bo’lmagan  javoblar  tufayli  olingan 
axborotlarning aniqlik darajasi pasayish ehtimoli hisoblanadi. 
So’rov orqali axborot to’plashga tayyorgarlik ko’rish quyidagi vazifalarning hal 
qilinishini nazarda tutadi: 


 
72 
-  muloqot  qiluvchilar  bilan  aloqa  qilish  usulini  tanlash.  Tadqiqotchining 
ob’yekt bilan aloqa qilishi  uchun  uchta  usuldan  foydalaniladi: telefon orqali, pochta 
orqali va shaxsan intervyu orqali; 
-  anketa  so’rovnomasini  tayyorlash.  Anketadagi  savollar  puxta  o’ylab 
chiqilgan va juda sodda bo’lishi lozim; 
-  test o’tkazish va anketani qayta ishlash. 
Marketing  tadqiqotlarini  o’tkazishning keyingi  bosqichi  birlamchi  axborotlarni 
tizimlashtirish  va  va tahlil qilish  hisoblanadi. U javob  variantlarini tasniflash, ularni 
kodlash  va  tahlil  qilish  uchun  qulay  shaklga  keltirishdan  iborat.  Axborotni  tahlil 
qilish  tizimlashtirlgan  axborotlarni  statistik  usullar  yordamida  baholashgdag  iborat. 
Tahlilning  yakuniy  natijalari  ko’pincha  firmaning  kelajakdagi  faoliyatiga  oid 
tavsiyalar shaklida bo’ladi. 
Tadqiqotning  yakuniy  bosqichida  tadqiqot  natijalari  bo’yicha  hisobot  taqdim 
etiladi va u ikki xil variantda – batafsil va qisqartirilgan shaklda beriladi. 
Hozirgi  paytda  marketing  tadqiqotlari  mahalliy  kompaniyalar  tomonidan 
kamdan-kam  o’tkaziladi.  Buning  sababi  birinchidan,  respublikadagi  iqtisodiy  va 
siyosiy  vaziyat  rivojlanishining  barqaror  emasligi  va  oldindan  aytib  berish 
imkonining  yo’qligi,  natijada  ko’plab  korxonalarning  joriy  foydaga  asosiy  e’tiborni 
qaratishlarida  bo’lsa,  ikkinchi  tomondan,  bunday  tadqiqotlarni  o’tkazishga  doir 
ijobiy  tajribalarning  yo’qligi  va  mahalliy  korxonalar  tomonidan  ular  keltiruvchi 
foydaning to’g’ri baholanmasligi hisoblanadi. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish