Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M


 Marketing xizmatini yaratishning xorijiy tajribalari



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

9.5. Marketing xizmatini yaratishning xorijiy tajribalari. 
 
Marketing  xizmatini  tashkil  etish  bo’yicha  chet  el  tajribalarini  «Nestle» 
korporatsiyasi va uning tashkiliy strukturasi misolida ko’rib chiqamiz (9.5-rasm).  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
9.5-rasm.  «Nestle»  korporatsiyasi  mahsulotlarni  boshqarish  va  marketing 
xizmatlari bo’limining tashkiliy strukturasi
1
 
 
Firmaning  shtab-kvartirasida  marketing  funksiyalari  mahsulotlarni  boshqarish 
va  marketing  xizmatlari  bo’limida  amalga  oshiriladi.  Bu  strukturani  mahsulotlar 
direktorlari  boshqarib,  ular  jahonning  barcha  mintaqalarida  mahsulot  faoliyatini 
                                                
1
 
Медведев П.М. Организация маркетинговой службы с нуля. – СПб.: Питер. 2008,  119c. 
Mahsulotlarni boshqarish va marketing xizmatlari bo’limi 
Mahsulot 
direktorlari 
Marketing servis 
xizmati rahbarlari 
Marketing bo’yicha 
maslahatchi 
Spirtli 
ichimliklar 
Bolalar va 
parxez ozuqasi 
Sut mahsulotlari 
Muzlatilgan 
mahsulotlar 
Reklama va sotuvni 
rag’batlantirish 
Qadoqlash 
Marketing tadqiqotlari 
Xodimlarni tanlash va savdoni 
tashkil etish sohasidagi 
xizmatlar 
Xizmatlar va iste’molchilar 
Marketing 
kommunikatsiyalari 
Grafika va 
nashriyot ishlari 
Ma’muriyat 
Tijorat sektoriyati 


 
215 
yaxshilash  maqsadida  mahalliy  mahsulot  boshqaruvchilari  bilan  ishlashadi. 
Marketing  iste’molchilar  ehtiyojlari  atrofida  mujassamlanib,  bu  ehtiyojlarni 
korporatsiyaning mintaqaviy tashkilotlaridan boshqa hech kim aniq belgilay olmaydi. 
Shu sababli marketing funksiyasi iloji boricha markazlashtirilmaydi. Garchi «Nestle» 
korporatsiyasi  operativ  kompaniyalarga  mos  keluvchi  bozorlarda  faoliyat  yuritishda 
to’liq mustaqillik bersada, u belgilangan standartlar, maqsadlar va siyosatni tanlashda 
yagona korporativ yo’nalishni yuritishga harakat qiladi. Mahsulotlarni boshqarish va 
marketing  xizmatlari  bozori  ushbu  korporativ  maqsadlarni  aniqlash  harakatlantirish 
uchun javobgardir. 
Mahsulot dasturlari direktorlarining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: 
•  ayrim  mahsulot  turlari  bo’yicha  mintaqaviy  va  global  bozor  strategiyalarini 
aniqlash; 
•  yangi mahsulot g’oyalarini izlash va ularni ishlab chiqishni tashkil etish; 
•  mintaqa va bozorlar o’rtasida mahsulotlar to’g’risidagi axborot almashinishni 
ta’minlash; 
•  istisno hollarda mintaqalar o’rtasida axborot almashinishda yordamga muhtoj 
bozorlarga tezkor yordam ko’rsatilishini ta’minlash. 
Mahsulot  dasturi  direktori  bundan  tashqari,  mahsulot  markasi,  qadoqlashsi, 
mahsulotni sotish  joyini aniqlash  va reklama sohasida  ham  rahbarlik ko’rsatmalarini 
beradi.  Oliy  rahbariyat  bu  ko’rsatmalarni  tasdiqlagandan  so’ng  mintaqaviy 
boshqaruvchilarga  yuboradi,  ular  esa  mahsulot  direktorlari  strategiyalarini  mahalliy 
bozor sharoitlariga moslashtiradilar. Bir qator hollarda bir turdagi mahsulotlar guruhi 
uchun  turli  xil  bozor  segmentlari  tanlangan  va  ularning  mahsulotni  harakatlantirish 
bo’yicha  faoliyati  bitta  mamlakat  doirasidan  chetga  chiqqanda  mahsulot  direktori 
turli  mamlakatlardan  ikki  yoki  undan  ortiq  tashkilotning  marketing  harakatlarini 
muvofiqlashtirishga harakat qilib ko’rishi mumkin. 
Mahsulot  direktori  shuningdek,  yangi  mahsulot  ishlab  chiqishda  ham  asosiy 
figuralardan  biri  hisoblanadi.  Yangi  mahsulotni  ishlab  chiqish  bo’yicha  texnologik 
loyihalarni  amalga  oshirgan  ayrim  tadqiqotchilik  kompaniyalari  bu  haqida  mos 
keluvchi mahsulot direktorini xabardor qilishlari lozim. Mahsulot direktori esa yangi 


 
216 
g’oyaning bozor salohiyati yuqori bo’lgan hollarda uni keyinchalik amalga oshirishga 
ko’maklashishi zarur. Yangi  mahsulotni ishlab chiqish bo’yicha barcha bosqichlarda 
mahsulot  direktorlari,  tadqiqotchilik  kompaniyalari  va  mintaqaviy  boshqaruvchilar 
o’rtasida  doimiy  aloqalar  o’ringa  ega  bo’ladi.  Agar  mahalliy  boshqaruvchi  yangi 
mahsulot  haqida  g’oyani  qabul  qilgan  bo’lsa,  u  bu  haqida  mahsulot  direktorini 
xabardor  qilishi,  direktor  esa  tadqiqotchilik  kompaniyasi  bilan  birga  mazkur  g’oya 
bo’yicha  ishlashi  lozim.  Biroq  mahsulot  direktorlari  va  ularning  apparati  yangi 
mahsulot  g’oyalarini  izlash  va  ularni  ishlab  chiqish  bo’yicha  ko’proq  mustaqil 
faoliyat yuritmoqdalar. Mahsulot direktorlari shuningdek, yangi g’oyalarning amalga 
oshirilishini investisiyalashga ham ko’maklashishlari lozim. 
Yangi  mahsulot  konsepsiyasining  tijorat  muvaffaqiyatiga  erishishi  uchun 
mahsulot  direktori  odatda  hali  tekshirib  ko’rilmagan  mahsulot  bilan  moliyaviy 
tavakkalchilikka  jazm  etish  uchun  bir  yoki  ikkita  ishonchli  va  katta  bozorni  tanlab 
oladi.  Mintaqaviy  boshqaruvchi  tomonidan  qo’llab-quvvatlanuvchi  mahsulot 
direktorlari  muayyan  mamlakatdagi  boshqaruvchini  zarur  investisiyalarni  amalga 
oshirishga  ishontirishi  lozim.  Agar  bironta  mahsulot  bozorlardan  birida 
muaffaqiyatga erishmagan bo’lsa, boshqa mamlakatdagi tashkilotlarni bozorga yangi 
tovar  bilan  chiqishga  ko’ndirish  osonroq  kechadi.  Tashqi  raqobatchilar  bilan 
ko’rashishdan tashqari, korporatsiya ichida alohida mahsulotlar o’rtasida ham kuchli 
raqobat mavjud. 
Mahsulot  direktorlari  shuningdek,  mavjud  tovarlarni  yangi  bozorlarga  kiritish 
mkoniyatlarini  ham  izlaydilar.  Iste’molchilar  mahsulotlardan  foydalangan  yoki 
mahalliy  xom-ashyo  materiallari  o’ziga  xos  bo’lgan  hollarda  mahsulot  direktori 
tadqiqotchilik kompaniyalari bilan mahsulotni yangi sharoitlarga moslashtirish ustida 
ishlashi  zarur.  Mahsulot  direktori  mintaqaviy  boshqaruvchini  zarur  investisiyalar 
kiritishga undashi lozim. 
Mintaqaviy 
boshqaruvchilar 
joriy 
faoliyat 
davomida 
investisiya 
tavakkalchiligiga borishga javoban ularga yordam ko’rsatilishini so’rashi mumkin. 
Mahsulot direktorlari shuningdek, tomonlar o’rtasida bilim va tajriba almashish 
bilan  ham  shug’ullanadilar.  Marketing  xizmatlari  bilan  birgalikda  ular  muayyan 


 
217 
vaziyatlar  bo’yicha  har  oylik  ichki  «Marketing  kommunikatsiyalari»  nashri  uchun 
maqolalar  tayyorlaydilar.  Bilim  va  tajriba  almashish  korporatsiya  shtab-kvartirasi 
xodimlarining  turli  mamlakatlarda  joylashgan  tashkilotlarga  tashrif  buyurishi  va 
marketing  xizmati  xodimlarining  malakasini  oshirish  yo’li  bilan  ham  amalga 
oshiriladi. 
Zarur hollarda mahsulot direktorlari va marketing xizmatlari turli mamlakatlarda 
joylashgan  tashkilotlarga  tezkor  yordam  ko’rsatadilar.  Biroq  bu  kamdan-kam 
hollardagina amalga oshiriladi. 
Marketing  xizmati  rahbarlari  marketing  xizmatining  alohida  funksiyalari  uchun 
ma’qullangan  korporativ  siyosatni  amalga  oshirish  bo’yicha  ko’rsatmalarni  bajarish 
doirasida  mahalliy  marketing  tashkilotlari,  mintaqaviy  boshqaruvchilar  va  mahsulot 
direktorlarining maslahatchilari vazifasini bajaradi. 
Reklama va sotuvni rag’batlantirish bo’linmasi o’z rahbarini hisobga olganda 4 
kishidan  iborat bo’ladi. Qadoqlash bo’limining asosiy  vazifasi sifatli  va arzon o’rov 
materiallarini  ishlab  chiqishdan  iborat.  «Nestle»  korporatsiyasi  qadoqlash  va 
etiketkalarining  uchdan  ikki  qismi  (yiliga  2000ta  qadoqlash  va  3000ta  etiketka 
loyihasi)  mazkur  bo’linma  tomonidan  ishlab  chiqilgan.  Ko’p  hollarda  bu  bo’linma 
xodimlari  mahsulot  direktorlariga  va  istisno  tariqasida  bevosita  operasion 
kompaniyalarga  xizmat  ko’rsatadi.  Ular  shuningdek,  korporatsiya  shtab-kvartirasi 
tomonidan  amalga  oshiriluvchi  savdo  markasiga  oid  siyosatni  ishlab  chiqishda  ham 
ishtirok etadilar. 
Yuqorida aytilganlarni umumlashtirgach, marketing rahbarining quyidagi asosiy 
funksiyalarini ajratib ko’rsatish mumkin: 
• marketing  strategiya  va  maqsadlarini  tanlash,  buning  uchun  zarur  resurslarni 
aniqlash; 
• marketing  faoliyatining, jumladan, sotuvning detallashtirilgan rejalarini  ishlab 
chiqish; 
• marketing faoliyati natijalarini baholash; 
• marketing xizmati xodimlarini tanlash, o’qitish va ularga maslahat berish. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish