Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

8.7. Eksport xarajatlari 
 
Tashqi  savdo  narxlarining  shakllanishida  tijoratchilar  mahsulotlarni  boshqa 
mamlakatga etkazib berish bilan bog’liq qo’shimcha xarajatlarni ham inobatga olishi 
lozim. Odatda eksportchi oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi: 
•  tovarni  ishlab  chiqarish  va  sotish  bo’yicha  barcha  xarajatlarni  hisob-
kitoblarga kiritishi mumkinmi? 
•  o’z  tovarini  uning  bevosita  eng  yuqori  xarajatlarini  (materiallar,  xodimlar, 
tovar  qadoqlashsi  va  uni  jo’natish  xarajatlari)  qisman  qoplashi  mumkin  bo’lgan 
narxda sotishga majburmi? 


 
197 
Eksport  narx  kalkulyasiyasi  ichki  narx  kalkulyasiyasidan  sotuvchi  bo’yicha 
qo’shimcha xarajatlarga, jumladan, quyidagilarga farq qiladi
1

•  sotuvchi va vakillarga komission to’lovlar; 
•  xaridor mamlakatdagi import  bo’yicha bojxona xarajatlari; 
•  mamlakat tashqarisidagi transport xarajatlari; 
•  xalqaro sug’o’rta xarajatlari; 
•  kutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zarur bo’lgan zahiralar; 
•  xalqaro  shartnomalarni  tuzish,  sertifikat  va  boshqa  hujjatlarni 
rasmiylashtirish uchun xarajatlar. 
Xalqaro  savdo  amaliyoti  xarajatlarni  hisobga  olgan  holda  narx  shakllanishining 
ikkita  asosiy  yo’nalishini  ajratib  ko’rsatadi:  a)  o’rtacha  xarajatlar  plyus  tovar 
tannarxiga belgilangan ustama ko’rinishidagi real olinishi mumkin bo’lgan foyda; b) 
ishlab  chiqarish  xarajatlari,  muomala  xarajatlari,  yuklama  xarajatlar  plyus 
kutilayotgan foyda.  
Xarajatlarni  hisoblash  va  ularni  qisqartirishning  asosiy  yo’llarini  izlab  topish 
xalqaro  bozorni  tanlagan  ishlab  chiqaruvchilar  uchun 
narx  shakllanishi 
mexanizmining  asosi  bo’lib  xizmat  qiladi.  Bozorda  mavjud  talabni  hisobga  olgan 
holda  narxni  hisoblash  modelini  tanlashda  mazkur  tovar  bozorining  holatini  –  uning 
segmentasiyasi, talabning narx elastikligi va xaridor xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatuvchi 
boshqa  ko’plab  omillarni  o’rganish  zarur.  Bu  holda  ishlab  chiqarish  xarajatlari 
narxning  eng  kam  darajasini  hisoblash  uchun  belgi  vazifasini  bajaradi.  Tashqi 
bozorga  chiqishda  eksportchi  narx  o’zgargan  holatda  talabning  o’zgarish 
intensivligini  aks  ettiruvchi  talabning  narx  elastiklik  darajasini  belgilashi  muhim. 
Elastik  talabda  bu  koeffisient  birdan  katta,  noelastik  talabda  esa  birga  teng  yoki 
undan  kichik  (narx  va  sotish  hajmi  bir  xil  o’zgarganda)  bo’ladi.  Narx  elastikligini 
taklifga,  ya’ni  tovar  ishlab  chiqarishga  nisbatan  ham  qo’llasa  bo’ladi.  Narxning 
o’zgarishi  ishlab  chiqarish  hajmining  o’zgarishiga  olib  kelgan  hollarda  taklif  ham 
                                                
1
  Аникеева-Науменко  Л.О.,  Пересветова  Е.Б.  Международный  маркетинг:  Учебное  пособие  для 
бакалавров – М.: МГУПС (МИИТ), 2015. –  280 с. 


 
198 
elastik  hisoblanadi.  Noelastik  taklif  narx  o’zgarishida  ishlab  chiqarish  hajmi  teskari 
tomonga o’zgarishi bilan tavsiflanadi. 
Narxni  hisoblashda  bozor  raqobatchiligidan  kelib  chiqqan  holda  bir  vaqtning 
o’zida  tovar  narxi,  jami  xarajatlar  va  bozor  talabi  darajasi  o’rtasidagi  nisbatlarda 
barqaror  holatni  saqlab  qolish  qiyin.  Birinchi  o’ringa  raqobatchilarning  pozisiyasi  -
ularning  narxi,  jami  xarajatlari,  hisob-kitob  va  to’lov  shakllari  chiqadi.  Bunday 
holatda  asosiy  raqobatchining  narxiga  e’tibor  qaratish,  shartnoma  shartlarini 
shakllantirishga  harakat  qilish,  asosiy  raqobatchchilarga  qaraganda  jozibador  va 
foydaliroq servis xizmatini taqdim etish lozim. 
Eksportchi xaridorlar qiziqishini o’z tovarlariga jalb qilish va xalqaro bozordagi 
ulushini  kengaytirish  uchun  ko’p  hollarda  yangi  tovarga  pasaytirilgan  narx 
strategiyasini  qo’llaydi.  Eksport  narxlari  odatda  firmaning  tashqi  savdo  bo’limi 
xodimlari  tomonidan  «tovarni  kim  sotsa,  uning  narxini  o’sha  belgilaydi»  tamoyili 
bo’yicha  belgilanadi.  Eksport  qiluvchi  sotuvchi  zimmasidagi  barcha  xarajatlar 
mahsulot  narxiga  kiritiladi  va  ko’p  hollarda  tovar  narxining  yarmini  tashkil  etadi. 
Odatda  narxni  hisoblash  bevosita  ishlab  chiqarish  xarajatlari  (asosiy  va  qo’shimcha 
materiallar  qiymati,  energiya  manbalari,  ishchi  kuchi,  asosiy  fondlar  amortizasiyasi) 
va  bevosita  ishlab  chiqarish  xarajatlarining  kamida  25  %ini  tashkil  etuvchi  yuklama 
xarajatlarni  kiritadi.  Bunda  nafaqat  xarajatlarni  qoplashi,  balki  ishlab  chiqarishning 
rivojlanishini ta’minlovchi  ma’lum bir foyda  miqdorini  ham  hisobga olish zarur. Bu 
miqdor bugungi kunda 15 %dan 50 %gacha bo’lishi mumkin. 
 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish