Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

8.4. Narx strategiyalari 
 
Xalqaro  bozorda  qo’llansvchi  narx  strategiyalari  o’rtasida  quyidagilarni  ajratib 
ko’rsatish mumkin:
1
 
1. «Qaymog’ini olish» strategiyasi. Bu strategiya xalqaro bozor sub’yekti kuchli 
reklamadan  foydalangan  holda  o’z  tovarini  ishlab  chiqarish  narxlaridan  katta  farq 
qiluvchi nisbatan past narxlarda sotish orqali yuqori moliyaviy natijalarga erishishini 
nazarda  tutadi.  Odatda  mazkur  strategiya  ishlab  chiqaruvchi  tanlangan  bozor 
segmentida  xarid  qobiliyatining  yuqoriligiga  ishonch  hosil  qilgan  paytda  yangi 
tovarlarni  sotishda  qo’llanadi.  Uning  afzalligi  shundaki,  firma  qisqa  vaqt  ichida 
tashqi  bozordagi  marketing  xarajatlarini  qoplash  va  iloji  boricha  kelajakda  o’z 
mahsulolarini  chet  ellik  hamkorlarga  (xaridorlarga)  sotishda  mahsulot  narxini 
pasaytirish mexanizmidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. 
2.  «Kirib  borish»  strategiyasi.  Bu  strategiya  firmaning  qisqa  vaqt  ichida  katta 
bozor  ulushini  egallab  olish  maqsadida  nisatan  past  narxlarda  tovar  bilan  tashqi 
bozorga kirib borishni  nazarda tutadi va ba’zida «yorib kirish» strategiyasi deb  ham 
nomlanadi.  U  xalq  iste’moli  tovarlari  oddiy  texnologiyalar  uchun  ishlab  chiqarish-
texnika  yo’nalishidagi  mahsulotlar  uchun  xarakterlidir.  Tashqi  bozorga  yorib 
kirilgandan  so’ng  narx  normal  darajagacha  ko’tariladi.  Ushbu  strategiyaning 
kamchiligi  xalqaro  bozorga  kirib  olgandan  so’ng  firma  uzoq  vaqt  mobaynida  mos 
keluvchi  narxlarni  bozordagi  o’rtacha  narxlarga  yaqinlashtirish  uchun  harakat 
qilishidan  iborat,  chunki  bu  paytda  xaridorlar  dastlabki  past  narxlarga  ko’nikib 
qolgan bo’ladi. 
3.  «Sikib  chiqarish  siyosati»  strategiyasi.  Mazkur  ko’p  hollarda  strategiya 
xalqaro bozor sub’yektlari tomonidan boshqa sotuvchilarning xuddi shunday tovarlari 
paydo  bo’lishining  oldini  oluvchi  juda  past  narxlardan  foydalanish  hisobiga  amalga 
oshiriladi.  Bunday  narx  siyosatini  faqatgina  yuqori  sifatli  va  ommaviy  ishlab 
chiqariluvchi  modifikatsiyalangan  tovar  ishlab  chiqaruvchi  yirik  kompaniya  va 
                                                
1
  Карпова  С.В.  Международный  маркетинг.  Учебник  и  практикум  для  бакалавров.  –  М.:  Дашков  и  Ко, 
2018. – 64 – 78с. 


 
188 
firmalar  qo’llashi  mumkin.  Garchi  bu  tovarlar  dastlabki  shaklida  xalqaro  bozorda 
hayotiylik davrini yakunlashga yaqin bo’lsa ham. 
4.  «Narx  etakchisi»  strategiyasi.  U  etakchi  firma  va  ishlab  chiqaruvchi 
kompaniyaning  narx  shakllanish  mexanizmidan  foydalanadi.  Bu  esa  etakchi 
«ayyorlik» qilmayotgan va adashmayotgan hollarda ergashib boruvchi firmalar uchun 
o’ziga xos afzalliklarga ega. 
5. 
«Tabaqalashtirilgan 
narx» 
strategiyasi. 
Ushbu 
strategiya 
oson 
segmentlanuvchi  tashqi  bozorda  talab  darajasi  yuqori,  shuningdek,  xaridorlarning 
taqsimlangan  narxlarni  qabul  qilish  imkoniyatlari  mavjud  hollarda  samarali  bo’ladi. 
Mazkur  strategiya  xalqaro  bozorning  turli  qismlarida  turli  mahsulotlarni  turli 
narxlarda  sotishni  rag’batlantirish  yoki  ushlab  turishga  imkon  beradi.  Bundan 
tashqari,  xalqaro  bozorda  narx  strategiyasini  ishlab  chiqishda  narx  siyosati 
shakllanishining  raqobatchilarga  yo’nalishi,  eksport  narxlarining  xalqaro  sifat  va 
moslik standartlari darajasiga bog’liqligi, xalqaro bozor kon’yunkturasining, ayniqsa, 
qishloq  xo’jalik  mahsulolari  sohasida  barqaror  emasligikabi  omillarni  ham  inobatga 
olish zarur. 
Xalqaro  bozorga  chiqishda  narx  diskriminasiyasi  deb  nomlanuvchi  siyosatni 
amalga  oshirish  katta  qiziqish  uyg’otadi.  Bu  siyosatga  ko’ra  bir  xil  tovar  yoki 
xizmatga  jami  ishlab  chiqarish  va  muomala  xarajatlaridan  qat’i  nazar  turli  xil  sotuv 
narxlarining  belgilanishi  ko’zda  tutiladi.  Mazkur  narx  siyosatini  sotuvchi  xalqaro 
bozorni talabning turli  narx moslashuvchanligiga ega bo’lgan alohida iste’molchilar 
guruhlariga  taqsimlash  imkoniyatiga  ega  bo’lgan  hollardagina  amalga  oshirish 
mumkin.  Bunday  sharoitlarda  sotuvchi  xarid  narxini  o’zi  uchun  maqbul  deb 
hisoblovchi  chet  ellik  xaridorlar  uchun  bir  narx,  bunday  yuqori  narxda  sotib  olishga 
rozi  bo’lmagan  xaridorlar  uchun  esa  arzonroq  narx  belgilaydi.  Bunda  xalqaro 
bozorning  turli  segmentlaridagi  xaridorlar  guruhlarini  bir-biridan  ajratib  qo’yish 
uchun mos keluvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.  
 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish