KURASHISH CHORALARI: Imkon qadar chidamli navlarni ekish tavsiya etiladi. Kasallikka moyil navlarda o’z vaqtida fungitsid purkab turish zarur. BELGILAR: Zararlangan o’simliklar nimjon bo’lib qoladi. Ularda, o’sishdan umumiy to’xtash kuzatiladi, barglarning rangi esa och yashildan sariqqacha bo’ladi. Bunday o’simliklarda so’lishga moyillik kuzatiladi, chunki ularda suv yutish jadalligi pasayib ketadi. Garchi nematoda bilan zararlangan odatda nobud bo’lsada ba’zan ular o’suv davrining oxirigacha qiyinchilik bilan yashab qolishi mumkin. Kasallik hosildorlik va meva sifatining keskin pasayishiga olib keladi. Zararlangan o’simlik ildizi bilan sug’urib olinsa ildizlarda yakka yoki guruh bo’lib joylashgan, nematodalar tomonidan kuzatilgan tugunchasimon shishlarni ko’rish mumkin. Ildizlarning fitopatogen zamburug’lar yoki bakteriyalar bilan ikkilamchi zararlanishi – odatiy hol. Kasallik yengil, qumli tuproqlarda va tuproqning harorati o’rtacha bo’lganda ayniqsa zararlidir. Nematodalar tuproqda uzoq yillar mobaynida saqlanishi mumkin. Ular sug’orish suvlari, zararlangan o’simlik materiali bilan tarqaladi. Tuproqni fumigatsiya qilish yoki sterillash shish hosil qiluvchi nematodaga qarshi kurashning samarali uuli hisoblanadi. Yerni chuqur shudgorlash, almashlab ekishga rioya qilish va kasallikka moyil begona o’tlarni yo’qotish kabi agrotexnik tadbirlar kasallikning zararini kamaytirishga imkon beradi. Qovoqdoshlarni chidamli payvandlarga ulash, garchi qimmat bo’lsada kasallikka qarshi kurashning samarali usullaridan biri hisoblanadi. Kasallikning birinchi belgilari poyada, bandi va barglarda xira sariq dog’lar ko’rinishida paydo bo’ladi. Kasallikning birinchi belgilari poyada, bandi va barglarda xira sariq dog’lar ko’rinishida paydo bo’ladi. Bargning ustki yoki ostki yuzasi zararlanishi mumkin. Dog’lar kattalashadi, zamburug’ sporalarining oqkukunsimon g’ubori bilan qoplanadi. Zararlangan barglar asta-sekin sariq, so’ngra jigarrang tus oladi va qog’ozsimon bo’lib qoladi. Chidamli navlarni ekish tavsiya etiladi. Chidamli navlar mavjud bo’lmaganda o’simliklarga o’z vaqtida fungitsid purkash juda samarali usul hisoblanadi. Issiqxonalarda yetishtirishda o’simlikning g’ovlab ketishiga olib keluvchi agrotexnik tadbirlarni istisno etish yaxshi natija beradi. Begona o’tlarni yo’qotish va sanitar sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar kasallikning rivojlanishini to’xtatishi mumkin. Bodring mevasi asosan 7-10 kunligida yangi uzilgan holida iste’mol qilinadi. Bodring yuqori mazaliligi hamda parhez xususiyati bilan yer yuzida keng tarqalgan. Ushbu sabzavot ishtahani ochadi hamda ovqatlarni hazm qilishga yordam beradi. Aprel avgust oylarida gullaydi mevasi sentyabr oyida yetiladi. Bodring tarkibida ko’p miqdorda suv, kaliy, natriy, kalsiy, magniy, temir va fosfor tuzlari, yod, karotin, vitamin, V1, V2 ,V6, PP, C pantoten kislota va boshqa moddalar bo’ladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |