Maktabgacha ta`lim tushunchasi
Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayyorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot MTM tarbiyachi-xodim lari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot MTM tarbiyachi-xodim lari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan talablar “Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” [2] bilan tartibga solinadi.
Унга асосан maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning hayoti va sog`lig`ini muhofaza qilish maktabgacha ta’lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot MTM tarbiyachi-xodim lari, shuningdek maktabgacha ta’lim muassasasiga biriktirilgan sog`liqni saqlash organlarining tibbiyot MTM tarbiyachi-xodim lari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi ma’muriyati tomonidan bolalarning hayoti, sog`lig`i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o`tkazilishi, sanitariya-gigiyena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya еtilishi doimiy ravishda nazorat qilib borilishi lozim. Ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar ular bilan maktabgacha ta’lim muassasasi o`rtasida o`zaro munosabatlar bo`yicha shartnoma tuzilayotgan vaqtda ushbu Nizom talablari bilan tanishtirilishi lozim.[2]
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning hayoti va sog`lig`ini muhofaza qilishda quyidagilar:
barcha telefon apparatlari oldida hamda maktabgacha ta’lim muassasasining markazida yong`in xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar, tez yordam xizmatlari, ichki ishlar idoralarining telefon raqamlari va ularga bog`lanish tartibi ko`rsatilgan peshlavhalar mavjud bo`lishi;
maktabgacha ta’lim muassasasining barcha MTM tarbiyachi-xodim larida muassasa mudiri hamda o`z guruhidagi tarbiyalanuvchilarning yashash manzili, ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslarning telefon raqamlari mavjud bo`lishi shart.
Maktabgacha ta’lim muassasasi MTM tarbiyachi-xodim lari bola to`satdan kasal bo`lib qolsa yoki noxush holat yuzaga kelgan taqdirda, birinchi tibbiy yordam ko`rsatishga tayyor turishi lozim. Har bir guruhda bolalar tomonidan olishning imkoniyati bo`lmagan joyda kerakli dori-darmonlari bo`lgan aptechka bo`lishi shart.
Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik kengashlar, kasaba uyushmasi yig`ilishlari va boshqa tadbirlarni bolalarning uyqu soatlarida tashkil еtish lozim. Bunda albatta guruhda tarbiyachi yordamchisi qolishi shart.
Maktabgacha ta’lim muassasasida ovqatlanishni tashkil еtish, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi va taomlarning tayyorlanishi O`zbekiston Respublikasida tasdiqlangan sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Bolalar sayr va еkskursiyaga olib chiqilganda, tarbiyachi tomonidan ularning hech qanday meva va o`simliklarni iste’mol qilmasliklari nazorat qilinishi lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasasi hududidan uzoqroqqa sayr yoki еkskursiyaga chiqayotgan guruh kamida ikki nafar MTM tarbiyachi-xodim bilan ta’minlangan bo`lishi lozim. Bunda MTM tarbiyachi-xodim larning biri safning oldida, ikkinchisi safning orqasida harakatlanib borishi lozim. Bolalarning tartibli ravishda sayr yoki еkskursiyaga olib chiqilishi ichki ishlar idoralari bilan kelishilgan holda o`rnatilgan tartibda yo`l-patrul xizmati MTM tarbiyachi-xodim lari kuzatuvida amalga oshirilishi kerak. Yayov holda sayr yoki еkskursiyaga chiqishdan oldin tarbiyachi:
o`tkaziladigan tadbir haqida maktabgacha ta’lim muassasasi ma’muriyatini oldindan ogohlantirishi;
o`zi bilan olib ketadigan bolalarning sonini bilishi;
bolalar olib boriladigan joyni avvaldan rejalashtirib olishi va harakatlanish yo`nalishiga aniqlik kiritishi lozim.
Kunning issiq paytlarida bolalarga issiqlab ketmasligi uchun yengil bosh kiyimlari kiydirilishi lozim. Bolalarning quyosh vannalarini qabul qilishi hamda maktabgacha ta’lim muassasasi hududidagi suv havzalarida cho`milishlari tibbiyot MTM tarbiyachi-xodim lari va tarbiyachining nazorati ostida olib borilishi zarur. Maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyachilari va boshqa mutaxassislari tomonidan ish vaqti davomida bolalarni qarovsiz qoldirish taqiqlanadi. Tarbiyachi yoki boshqa mutaxassislar bo`lmaganda tegishli guruhga mudira tomonidan boshqa javobgar shaxs tayinlanishi lozim. Maktabgacha ta’lim muassasasi hududiga shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo`lmagan kishilarning kiritilishi taqiqlanadi. [2]
Do'stlaringiz bilan baham: |