Oldingi tahrirga qarang. Boshqa davlat organlari va tashkilotlar ham qonunchilikka muvofiq davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va o‘z faoliyatini ustav hamda maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi litsenziya asosida amalga oshiradi.
Yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti shaklida ta’lim xizmatlari ko‘rsatadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligini belgilangan tartibda xabardor qilganidan keyin maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga haqli.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ko‘pi bilan yigirma besh nafar maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolaning ta’lim va tarbiya olishiga yo‘l qo‘yiladi.
[OKOZ: 1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.79.00 Nodavlat ta’lim muassasalari (xususiy, jamoat birlashmalari, diniy va boshqa tashkilotlarining ta’lim muassasalari). Nodavlat va diniy ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash]
Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi litsenziya yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tganidan keyin beriladi.
Litsenziya berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini to‘xtatib turish, shuningdek litsenziyani bekor qilish yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
[OKOZ: 1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.64.00 Ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiyasi]
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi Davlat inspeksiyasi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi besh yilda bir marta amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari:
shaharlar, shaharchalar va boshqa aholi punktlari tashkil etilganda;
turar joy majmualari qurilganda;
tegishli hududda maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning qonunchilikda belgilangan cheklangan soni oshganda majburiy tartibda tashkil etiladi.
Bir nechta ko‘p kvartirali uydan yoki yakka tartibdagi uylar guruhlaridan iborat bo‘lgan yangi turar joy majmualarini loyihalashtirish va qurishda ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatlarida yoxud alohida bino tarzida har bir ikki yuzta kvartira yoki yakka tartibdagi uylar uchun kamida ellikta o‘rindan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim tashkilotining mavjud bo‘lishi shartligi nazarda tutiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti:
maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi asosida o‘z ta’lim dasturini ishlab chiqishga;
bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan shartnoma asosida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturida nazarda tutilganidan tashqari qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga;
bolaning qonuniy vakillari bilan ta’lim va tarbiya borasida hamkorlikni amalga oshirishga haqli.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti:
davlat maktabgacha ta’lim va tarbiya standarti talablariga mos keladigan maktabgacha ta’lim darajasini ta’minlashi;
bolalarning rivojlanishi, ta’lim va tarbiya olishi uchun xavfsiz shart-sharoitlar yaratishi;
bolaga ta’lim va tarbiya berish masalalari yuzasidan uning qonuniy vakillariga maslahat yordamini berishi;
bolaning hayotiga yoki sog‘lig‘iga tahdidlar, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risida vakolatli organlarni xabardor qilishi shart.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
[