Moliya tizimi
Moliya tizimi - bu davlatning hamda korxonalarni pul mablag`larini shakllantirish, taqsimlash va ishlatish usullari majmuasidir.
Umuman moliya tizimini qo`yidagicha ifodalash mumkin(sxema):
Moliya tizimining asosini xo`jalik yurituvchi subyeklar moliyasi tashkil etadi, chunki ular moddiy ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadi va ular ishtirokida yalpi ichki maxsulot va milliy daromad yaratiladi.
Xo`jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy - huquqiy shaklidan kelib chiqib ular moliyasining shakllanishi va undan foydalanish o`ziga xos xususiyatlarga ega.
Jumladan, ijtimoiy tashkilotlar, kasaba uyushmalari, yoshlar va faxriylar tashkilotlari ,ijodiy uyushmalar, sport jamiyatlari va shu kabilardan iborat bo`lib, ularning moliyaviy resurslari asosan tashkilot azolik badallari,tijorat faoliyatidan olingan daromadlar, xomiylar va xayriya mablag`lari hisobiga tashkil topadi va shu tashkilotlar nizomiga asosan foydalaniladi. Ayrim korxona va tashkilotlar moliyasining xususiyatlari mavzuning 5 savolida yoritilgan.
Davlat budjeti moliya tizimining bosh bug`ini hisoblanadi. U yordamida davlat boshqaruv organlari funksiyalarini taminlash uchun markazlashgan pul fondlari shakllantiriladi va ishlatiladi.
Davlat budjeti mamlakatning asosiy moliya rejasi hisoblanadi va Oliy Majlis tomonidan qonun holida tasdiqlanadi. Davlat budjeti orqali davlat Xalq xujaligi tarakiyotini, ijtimoiy - madaniy tadbirlarni, mudofani,davlat xokimiyati va boshqaruv organlarini saqlash moliyalashtiriladi.
Moliya tizimini boshqarish
O`zbekiston Respublikasida moliyaviy munosabatlar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar va tuman (shahar) xokimliklari qoshidagi moliya organlari va boshqa organlar tomonidan boshqariladi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutlok vakolatlari jumlasiga boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo`li bilan tartibga solish; Vazirlar Maxkamasining takdimiga binoan O`zbekiston Respublikasining budjetini kabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni joriy qilish… kiradi.
Moliya tizimini boshqarishda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining moliya bo`yicha me`yoriy xujjatlar doirasida moliyaviy masalalarni Respublika mikiyosida muvofiqlashtirishda, moliyani markazlashgan tartibda boshqarilishini ta`minlashda ahamiyati katta.
Moliya tizimini boshqarishda O`zbekiston Respublikasi VazirlarMaxkamasi qoshidagi Moliya Vazirligi aloxida vakolatga ega. O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan 1992 yil 23 noyabrdagi 553 – sonli karor bilan tasdiklangan «O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi haqidagi nizom»ga asosan faoliyat ko`rsatadi. Nizomda Moliya Vazirligining asosiy vazifalari,funksiyalari va hukuklari hamda uni faoliyatini tashkil qilish tartibi belgilab berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |