Эргаш Ғозиев



Download 10,54 Mb.
bet8/78
Sana19.02.2022
Hajmi10,54 Mb.
#459187
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78
Bog'liq
ontogenez psikhologiyasi

Kuzatish metodi. Ontogenez psixologiyasida bu metodning ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (o’zini o’zi) kuzatish turlari bor. Inson psixikasidagi o’zgarishlarni har xil vaziyatlarda kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 1) kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; 2) kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi; 3) sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi; 4) tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi; 5) kuzatish qancha vaqt davom etishi qat’iylashtiriladi; 6) kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o’yin, o’qish, mehnat, sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; 7) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o’tkazilishi) tayinlanadi; 8) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitofon, videomagnitofon, kinokamera, mobil telefon va boshqalar) taxt qilinadi.
Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlarning diqqati, his-tuyg’ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va hokazolari o’rganiladi. Ammo o’ta murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xo­tira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetmaydi. Masalan, go’dak bolani kuzatishda uning harakatlari, o’yinchoqlarga munosabati, his-tuyg’usi, talpinishi, mayli, xohishi aniqlanadi. O’quvchining darsdagi holatini kuzatishda esa diqqatining xususiyati, tashqi qo’zg’atuvchi bilan ta’sirlanishi, temperamenti, xatti-harakatining sur’ati, emotsional kechinmasining o’zgarishi to’g’risida ma’lumotlar to’plashga imkoniyati tug’iladi. O’spirin yoshlarning sport faoliyatini kuzatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, his-tuyg’usining o’zgarish xususiyatlari, g’alabaga intilishi, o’zining harakatini idora qila olishi yuzasidan materiallar yig’ish mumkin. Ishchining dastgoh yonidagi faoliyatini kuzatish natijasida uning o’z diqqatini taqsimlashi, qiyin damlarda o’zini tutishi, imo-ishoralari, tashqi qo’zg’atuvchidan ta’sirlanish darajasi haqida keng ma’lumotlar yig’iladi. Keksalarning muloqot jarayonini kuzatish ularning xarak­teri, nutq faoliyati, his-tuyg’usi, ekstravertivligi yoki introvertivligi, qiziquvchanligi va ruhiyatining boshqa xususiyatlarini aniqlash demakdir.
Tashqi kuzatishda ba’zan tafakkur bo’yicha ham ma’lumotlar olish: ish ustidagi kayfiyatini, fikrning muayyan ob’ektga yo’naltirilganini, tashqi qo’zg’atuvchilar ta’siriga berilmaslikni, chehradagi tashvish va iztirobni, ko’zdagi g’ayritabiiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni kuzatib tafakkurning kechishidagi o’zgarishni aniqlash mumkin. Bulardan tashqari, qo’lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyotning beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o’zgarishlar bo’yicha ma’lumot beradi.
Psixologiya fanida o’zini o’zi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham foydalaniladi. Ko’pincha tajribali psixolog yoki o’rta, maxsus o’rta va oliy ta’lim tizimidagi yuqori malakali mohir o’qituvchi o’zini o’zi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o’z tafakkurini kuzatib o’zidagi emotsional o’zgarish haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanizmlari vujudga kelishi za kechishi haqida ma’lumot oladi. Fikrlash faoliyati zaiflashganini sezadi. Natijada tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati va qay tarzda, qanday tezlikda, qay shaklda ro’y berishini kuzatadi.
Uzoq va yaqin chet el psixologiyasida o’zini o’zi kuzatishning in­son ruhiyatini o’rganishdagi rolini ifodalovchi ilmiy-amaliy materiallar to’plangan. Introspeksiya yo’nalishining yirik namoyandalari o’zlarini o’zlari kuzatganlar va to’plagan materiallarini tahlil qilib umumiy psixologik qonuniyatlarni yaratishga harakat qilganlar. Lekin inson turli vaziyatlarda o’zini bir xil boshqara olmaydi va shuning uchun bu metodning ilmiy ahamiyati unchali katta emas, lekin hozirgi zamon elektron apparatlari bu jarayonni kuchaytirish imkoniyatiga ega.
SHunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga zaif tomonlari ham mavjud. SHu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi.
Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o’rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob’ekti va subekti tanlanadi, mavzusi, o’tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o’tkazish rejalashtiriladi, o’rganilayotgai narsa bilan uzviy bog’liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o’zgarishlarni o’rganishdir. Suhbat orqali turli yoshdagi odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, tiyrakligi, bilim saviyasi, e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to’g’risida ma’lumotlar olinadi, Suhbat chog’ida o’zaro izchil bog’langan savollar beriladi:
− Xotira deb nimani aytiladi?
− Xotira idrok qilingan narsa va hodisalarni esda qoldirish, mustahkamlash hamda zarur vaqtda esga tushirishdan iborat psixik jarayondir.
− Xotiraning nerv-fiziologik asoslari nimalardan iborat?
− Xotiraning nerv fiziogik asoslari bosh miya katta yarim sharlari qobig’ida muvaqqat nerv bog’lanishlarining hosil bo’lishi, mustahkamlanishi va keyinchalik faollashuvidir.
− Xotiraning samaradorligi nimalarga bog’liq?
− Esda olib qolishda harakatning tugallanmaganligiga, shaxsning qiziqishi va mayllariga, faoliyatga munosabati, kayfiyati va irodaviy zo’r berishiga, xarakterologik sifatlariga bog’liq.
− Xotiraning qanday turlari mavjud?
− Harakat, obrazli, so’z-mantiq, emotsional, qisqa va uzoq muddatli, operativ, ixtiyorsiz, ixtiyoriy, produktiv, reproduktiv, faol va sust xotira turlari bor.
Suhbat paytida fikrlar mantiqiy izchillikka ega bo’lishi shart. Biroq mashg’ulot sinaluvchilarni toliqtirib qo’ymasligi, ularning yoshiga, saviyasiga, mutaxassisligiga mutlaqo mos bo’lishi zarur.
Dialog shaklidagi suhbatlar ham o’z ko’lami, mo­hiyati, mazmuni, shakli, xususiyati, sur’ati, mavzusi, ob’ektga yo’nalganligi bilan bir-biridan farqlanadi. Suhbatning yana bir turiga misol:
− Opajon, eson-omon yuribsizmi? Uydagilaringiz yaxshimi?
− Opang qoqindiq, ming qatla shukur, tinch yuribmiz.
− Nechuk, qanday shamol uchirdi?
− Ko’zimdan o’taverding, o’taverding, keyin yo’lga otlandim.
− Qiynalmasdan yetib keldingizmi?
− Aytarli qiynalmadim. Avval avtobusga, so’ng tramvayga o’tirdim, lekin metroga tushgim kelmadi.
Suhbat metodining yuqorida ta’kidlangan ijobiy jihatlari bilan birga ayrim zaif tomonlari ham mavjud. Qaytariq so’zlar, «g’aliz» iboralar, nutqning tezligi, fikrning mavhumligi, zerikarligi muvaffaqiyatsizlikka sabab bo’ladi. SHuningdek, savol-javobning bir xil shaklda emasligi, sinaluvchida o’ziga xos ishlash uslubi, oshkoralik yetishmasligi, iymanish, uyalish atroflicha ma’lumotlar olishni qiyinlashtiradi va shu sababli boshqa metodlarga murojaat qilishga to’g’ri keladi.

Download 10,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish