Epizootik va epifototik kasalliklar. Ulardan saqlanish va ularga qarshi kurash



Download 48,12 Kb.
bet3/8
Sana03.11.2022
Hajmi48,12 Kb.
#859732
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
18 EPIZOOTIK VA EPIFOTOTIK KASALLIKLAR. ULARDAN SAQLANISH VA ULARGA QARSHI KURASH

Diagnozi. Laboratoriya tekshiruvi uchun gemokulturaga qon, o‘pka turida balg‘am, bubon turida bezdan punktat olinadi. O‘lgan kemiruvchilarning jasadi ham tekshiriladi. Olinadigan material juda yuqumli ekanligini hisobga olib, u og‘zi zich berkiladigan shisha idishlarga solinadi. Ustidan 5-10% li lizol eritmasida ho‘llangan latta o‘raladi va boshqa idish ichiga solinadi. Uni ham o‘rab, qopqog‘i zich yopiladigan qutichaga solib, plombalanadi va maxsus odam orqali laboratoriyaga jo‘natiladi.
Davolash. Bemor maxsus izolyatorga yotqiziladi. Antibiotiklardan streptomitsin, tetratsiklin, levomitsin yaxshi natija beradi. Ko‘pincha 2 xil antibiotik kombinatsiyasi yoki antibiotik bilan sulfanilamid preparatlar aralashtirib beriladi. Yurak preparatlari, vitaminlar keng qo‘llaniladi. Dezintoksikatsiya maqsadida gemodez, Ringer suyuqligi, reopoliglyukin, 5% li glyukoza eritmasi va boshqalarning birortasi quyiladi. Tounga qarshi gamma-globulin ishlatiladi.
Profilaktikasi. Keyingi yillarda o‘lat onda-sonda uchraydi. O‘zbekistonda 1990-yilda oxirgi marta o‘lat bilan og‘rigan bemor qayd qilingan. Mamlakatimizda o‘latga qarshi kurash stansiyalari (Toshkent va Nukus shahri) va otryadlari (Buxoro va Zarafshon) mavjud. Ularning maqsadi o‘latning ustidan epidemiologik nazorat olib borish. Ular tabiiy o‘choqda kemiruvchilarni tekshirish, ular orasida deratizatsiya tadbirlarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Bemor bilan aloqada bo‘lganlar 6 kun izolyatsiya qilinadi. Maxsus profilaktika maqsadida tounga qarshi vaksina ishlatiladi. Emlangandan so‘nggi immunitet bir yilcha saqlanadi.
Kuydirgi – og‘ir intoksikatsiya, yuqori harorat, teri yoki ichki a’zolarning jarohatlanishi bilan kechadigan o‘tkir yuqumli kasallik. Bu kasallikni kuydirgi tayoqchasi qo‘zg‘atadi. Organizmdan tashqarida spora holida uchraydi. Mikrob kuchli toksin ishlab chiqaradi. Kuydirgi tayoqchasi dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida tez nobud bo‘ladi, lekin sporasi tashqi muhitda juda turg‘un. Suvda bir necha yil, tuproqda o‘n yillab saqlanadi. Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai kasal uy hayvonlaridir. Mikrob ular organizmidan tashqariga chiqib, turli yo‘l bilan odam organizmiga tushishi mumkin. Kasal hayvon go‘shtidan tayyorlangan ovqat vositasida ham kasallik yuqadi. Hayvonlar terisini oshlashda va mo‘yna orqali ham kuydirgi yuqib qoladi. Shu boisdan kasallik ko‘proq chorva mollari bilan bog‘liq odamlarda uchraydi. Keyingi yillarda, Rossiya, Moldava, Ukraina, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston respublikalarida kuydirgi kasalligi sporodik holda uchrab turadi. Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri o‘rta hisobda 2-3 kun. Uning teri, ichak, o‘pka va septik shakllari mavjud. Teri shakli eng ko‘p uchraydi. Mikrob tushgan joy terisida dastlab dog‘, toshma, so‘ngra vezikula, pustula va yara hosil bo‘ladi. Yara yuzasi qoramtir parda bilan qoplanadi. U strup deb ataladi. Strup ostida infiltrat hosil bo‘lib, atrofida mayda yangi pufakchalar shakllanadi. Yara va uning atrofi og‘rimaydi. Bemor darmonsizlik, lohaslik, bosh og‘rishidan shikoyat ga yetadi va 5-6 kun shu holda saqlanadi. 2-4 haftadan°qiladi. Isitmasi 39-40 keyin yara bitadi. Kasallikning boshqa formalari juda og‘ir o‘tadi va ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi.

Download 48,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish