Mil. avv. 2- ming yillikda Janubiy Yunoniston va Krit orolida ilk shahar-davlatlar vujudga kela boshladi (Knoss, Miken). Krit orolidagi sivilizatsiya afsonaviy podsho Minos nomi bilan Minoy sivilizatsiyasi deb
atalgan. Mazkur sivilizatsiya kuchli zilzila va suv toshqiniga sabab bo‘lgan vulqon otilishi oqibatida vayron bo‘lgan. Ko‘p o‘tmay qayta tiklangan.
Qit’adagi Yunoniston hududidan jangovar qabilalar bostirib kiradi, ularni axeylar deyishgan. Aynan axeylar Minoy sivilizatsiyasi barbod bo‘lishini nihoyasiga yetkazdilar. Doriylarning Janubiy Yunonistonga bostirib kirishi Miken davlatining tugatilishi va Sparta davlatining vujudga kelishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |