Dehqonchilik Xitoyda azaldan e’tiborli va faxrli kasb hisoblab kelingan. Asosiy dehqonchilik ekinlari javdar va bug‘doy bo‘lgan. Keyinchalik xitoyliklar sholi yetishtira boshladilar, sholi urug‘i Hindistondan keltirilgan.
Xitoy aholisi «choy» daraxtini ham yetishtirganlar, uning barglaridan shifobaxsh ichimlik bo‘lmish «choy» tayyorlanadi. Choy tez orada butun jahonga tarqaldi. Tut daraxtini yetishtirish Xitoy aholisining asosiy mashg‘ulotlaridan biri bo‘lgan. Tut bargi bilan ipak qurti boqiladi. Ipak qurtlari pillalarga tolalarni o‘raydi, pilladan esa nihoyatda yengil va nafis mato bo‘lmish ipak shoyi tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |