olim bilan bir necha kunlab bahslasha olardi.
Agar uning nuqtai nazari ishonarli darajada
rad qilinsa, o'z fikrida qaysarlik bilan turib ol-
masdi. U yoshlar bilan bahslarda mag'lub
bo'lib qolishdan qo'rqmasligini aytardi va eng
asosiysi — haqiqat va sevimli fanning taraq-
qiyoti der edi.
Nils Borning fizika va, ayniqsa, kvant
mexanikaning yangi fundamental tamoyillari-
ni kashf etishdagi va tushunishdagi hamda
ularni fan boyligiga va uning ish quroliga ay-
lantirishdagi xizmatlari beqiyosdir. U mashhur
olimgina bo'lib qolmay, tinchlik uchun tolmas
qurashchi,
atom energiyasidan tinchlik
maqsadida foydalanish tarafdori bo'lgan.
Urush (1941—45) yillari u atom bombasi
yaratishda ishtirok etishdan bosh tortgan.
Keyinchalik u ko'p marta barcha mamlakat
hukumatlarini atom qurolini taqiqlashga da’vat
etdi.
Nils Bor fiziklarning katta maktabini yarat
di va butun dunyo fiziklari o'rtasidagi hamkor-
likni rivojlantirishga o'zining ulkan hissasini
qo'shdi.
Nils Bor instituti jahondagi asosiy ilmiy
markazlardan biri bo'lib qoldi. Shu institutda
kamol topgan fiziklar jahondagi deyarli bar
cha mamlakatlarda ish olib boradilar.
N. Bor Daniya qirolligi ilmiy jamiyatining
(1917) hamda jahondagi ko'pgina akademi-
yalarva ilmiy jamiyatlarning a’zosi bo'lgan.
BOSIM
Radio orqali ob-havo ma’lumotlari beril-
ganida odatda oxirida: atmosfera bosimi 760
(yoki 759, yoki 754) millimetr simob ustuniga
teng, deb qo'yiladi. Hozir bu so'zlar hech kim-
ni ajablantirmaydi. Bundan 350 yil
ilgari esa
odamlar atmosfera bosimi borligini xayollari-
ga ham keltirishmagan. Shuning uchun 1654
-yili nemis fizigi Otto fon Gerike Magdeburg
shahrida o'tkazgan tajriba hammani hayratga
soldi. U bir-biriga taqalgan ikkita mis yarim-
sharlar ichidagi havoni chiqarib yubordi,
shunda yarimsharlar bir-biriga shunchalik
kuchli yopishib qoldiki, ularni hatto ikki ot bi
lan ikki tomonga tortib ham bir-biridan ajra-
tib bo'lmadi.
Xo'sh, nega shunday bo'ldi? Ularni havo
bosimi bir-biriga qisib qo'ydi. Atrofimizdagi
havo biz o'ylaganchalik u qadar yengil emas,
masalan, kichikroq xonani to'ldirib turgan
havoning og'irligi 40 — 50 kilogramm kela
di. O'z og'irligi tufayli havo yer yuziga ham,
uning ustida turgan narsalarga ham, shu jum
ladan, siz bilan bizga ham bosim ko'rsatadi.
Havo bosimini o'lchaydigan birinchi as
bob ( barometrni italyan fizigi Torrichelli o'ylab
topgan. U bir uchi kavsharlab qo'yilgan 1
metrcha uzunlikdagi shisha naychaga simob
to'ldirdi, so'ngra
naychaning ochiq uchini si-
mobli stakanga tiqdi. Naychadagi simobning
bir qismi stakandagi simobga to'kildi va nay
chaning yuqori uchi havosiz bo'shliqqa aylan-
di. Nima uchun? Chunki stakandagi simob
sirtiga atmosfera bosimi ta’sir qildi. Bu bosim
naychaning pastki ochiq uchiga o'tadi va
unda qolgan simobning to'kilishiga yo'l
qo'ymay-di. Agar naychaga orasi 1 millimetrli
bo'linmalar chizib chiqilsa, naychadagi simob
ustuni balandligiga qarab, atmosfera bosimi
qancha ekanligini aniqlash mumkin. O'sha
davrdan beri atmosfera bosimi simob ustuni
millimetrlarida o'lchanmoqda.
Bosimga faqat havoning o'zigina ega
bo'lmay, balki boshqa narsalar ham ega. Siz
rasm chizayotganingizda qalamingizning uchi
qog'ozni bosadi, yashab turgan uyingiz yer-
www.ziyouz.com kutubxonasi
ga bosim ko'rsatadi.
Porox yonganda hosil
boladigan gaz bosimi to‘p og‘zidan snaryad-
ni zarb bilan itarib chiqaradi. Yer qa’ridagi bo
sim neft quduqlaridan neftni fontan bolib oti-
lishga majbur qiladi. Tovush tolqinlari quloq
pardasiga bosim ko'rsatganligi uchun biz to
vushni eshitamiz. Dengiz tubida suvning bo
simi juda katta. Qancha chuqurroq tushilsa,
bosim shunchalik kattalashadi. Shuning uchun
suv osti qayiglning korpusi juda pishiq bolishi
kerak, aks holda juda chuqur tushgan qayiq-
ni suv bosimi parchalab yuboradi.
Stol ustidagi kitob stolni bosadi. Agar uning
ustiga yana bir necha kitobni qo‘ysangiz, stol-
ga tushayotgan bosim yanada ko‘payadi. De-
mak, narsa qancha og‘ir bolsa, uning tayanch-
ga ko‘rsatadigan bosimi ham shuncha katta
boladi. Lekin bosim tayanch yuzasiga ham
bog'liq. Siz qor ustida tursangiz, botib ketasiz,
lekin oyoqlaringizga changl taqib olsangizchi?
Unda botmaysiz, chunki changllarning yuzasi
botinkalaringiz tagi yuzasidan katta. Demak,
Toshkent botanika bog‘i.
tayanch yuzasi qancha katta bolsa, bosim
shuncha kichik bo'lar ekan.
Fizik olimlar maxsus kameralarda ulkan
bosim hosil qilishni o‘rganib olishdi. Bunday
kameralarda ajoyib xossali yangi
materiallar
yaratiladi. Shunday usul bilan yumshoq grafitni
juda qattiq material — olmosga aylantirish
mumkin. Sun’iy olmoslar sanoatda, masalan,
qattiq qotishmalardan detallar tayyorlashda
juda keng qo'llaniladi.
Mashinasozlik texnologiyasida detallarga
mexanik ishlov berishda ham bosimdan foy
dalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: