3. Eron inqilobdan so'ng
Oyatullo Xumayniy o'z hokimiyatini mustahkamlash uchun uning rejimiga qarshi chiqqanlarni qatag'on qilishni uyushtirdi. Natijada 1982—1984- yillar davomida 70 mingdan ortiq kishi o'idirildi. Iroq jahon jamoatchiligi talabi Eron rahbariyatini o'z ichki siyosatini yumshatishga majbur etdi. 1989-yilda (Xumayniy vafotidan so'ng) mamlakat prezidentligiga saylangan Ali Akbar Xoshimiy Rafsanjoniy (1934-yilda tug'ilgan) iqtisodiy islohot o'tkaza boshladi. Ayni paytda ijtimoiy hayotni liberallashtirish yo'lini tutdi.
Biroq bu yo'l katta qiyinchiliklarga duch keldi. Bu, bir tomondan, 1980— 1988-yillarda davom etgan Eron — Iroq urushi oqibatida ko'rilgan katta iqtisodiy yo'qotish (350 mlrd dollar zarar ko'rildi, 700 ming eronlik o'idi) bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan, AQSHning Eronni xalqaro terrorizm markazlaridan biri deb e'lon qilishi bilan bog'liq edi. AQSH Eron bilan savdo aloqalarini to'xtatib qo'ydi. Boshqa G'arb davlatlari esa Eronga ilg'or texnologiya kiritishni taqiqlab qo'yishdi. Aholining ishlab chiqarish sur'atiga nisbatan tez ko'payishi, jahon bozorida neft narxining pasayishi, ayni paytda, Eronda neft ishlab chiqarishning 2 baravar kamayishi vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Shunday sharoitda, 1997-yil avgustida Muhammad Xotamiy mamlakat prezidentligiga saylandi. U shia ruhoniylarining yangi avlodiga mansub edi. U tashqi siyosatda AQSH va G'arbning boshqa davlatlari bilan munosabatlarni yumshatishga intildi.
Rossiya bilan munosabatlarni yanada rivojlantira boshladi. Rossiya Eronga kimyo sanoatini rivojlantirishda, atom elektr stansiyasi qurishda hamda armiyani zamonaviy qurollar bilan qayta qurollantirishda yordam bermoqda. Ayni paytda O'rta Osiyo Respublikalari bilan ham savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanmoqda. 1996-yilda Mashhad (Eron) — Saraxs (Turkmaniston) ternir yo'li qurilishini tugallashga muvaffaq bo'lindi. Buning natijasida O'rta Osiyo respublikalari Fors ko'rfaziga chiqish imkoniga ega bo'ldilar.
Eron rahbariyati Afg'onistondagi voqealarga faol aralashib keldi. Uning bu aralashuvi Afg'onistondagi muxolifatchi kuchlardan biri — Shimoliy Alyans (Ittifoqi)ni qo'llab-quwatlashdan iborat bo'ldi. 2001-yilda bo'lib o'tgan prezidentlik saylovida yana Muhammad Xotamiy g'alaba qozondi.
Eronda jamiyat hayotini liberallashtirish siyosati davom etdi. 2005-yilgi saylovlarda Mahmud Ahmadiy Najot mamlakat prezidenti lavozimiga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |