Eng yangi tarix” fani bo`yicha II qism (1945-2010-yillar) Bakalavriat yo`nalishi: 5220200-Tarix mamlakatlar va mintaqalar bo`yicha



Download 1.37 Mb.
bet3/23
Sana11.01.2017
Hajmi1.37 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23

1948 yildagi Berlin inqirozi va Germaniyaning parchalanishi.

1947 yilning boshidayoq Germaniyaning taraqqiyot yo‘llari to‘g‘risidagi ittifoqchilar o‘rtasidagi siyosiy muzokora boshiberk ko‘chaga kirib qolgani yaqqol bo‘lib qolgan edi. TIVKning Moskvadagi 1947 yil mart-aprelida bo‘lib o‘tgan sessiyasida Sovet delegatsiyasi tayyor mahsulotni reparatsiya (tovon) hisobiga undirishni yana talab qila boshladi. Uning raqiblari tovon-undirishni bas qilish va nemislarga iqtisodiy tizimni tiklashga imkon berishni talab qilishdi. bahs-munozara biror aniq natijaga olib kelmadi. Barcha Germaniya yerlari vakillarining tiklash chora-tadbirlarining yagona strategiyasini ishlab chiqishga qaratilgan yig‘ilishini o‘tkazishga bo‘lgan urinishlar ham zoye ketdi. TIVKning navbatdagi 1947 yil dekabrida Londonda bo‘lib o‘tgan sessiyasi ham mutlaqo natijasi bo‘ldi. Unda hattoki keyingi sessiyani qachon va qayerda o‘tkazish kelishib olinmadi.

Germaniya masalasining keskinlashishi SSSRning tovon undirishiga qattiq turib olishidan tashqari AQShning tashqi siyosati o‘zgarishi bilan ham bog‘liq edi. “Trumen doktrinasi”ning qabul qilinishi va ikkala “buyuk davlatlar” o‘rtasida ochiqchasiga qarama-qarshilik boshlanishi eng avvalo yevropa mamlakatlari taqdiriga ta’sir ko‘rsatdi. AQSH Yevropaga harbiy blok strategiyasi nuqtai nazaridan qaray boshladi. Bu yo‘nalishdagi ilk qadam “Yevropaning tiklanishi va rivojlanishi” (Marshall rejasi) dasturining ishlab chiqilishi bo‘ldi. 1947 yilning iyunida qabul qilingan va 1947 yil iyulida Parij konferensiyasida ko‘rilgan bu xujjat 1948 yil aprelda AQShda qonun kuchga kirdi. avvaliga na Germaniya (butunlay), na uning g‘arbiy mintaqalari iqtisodiy yordam dasturi qatnashishchi sifatida qaralmadi. Vaziyat 1948 yilda o‘zgardi.

1948 yil yanvarida Bizoniya vazirlar majlisida bu yerlarda iqtisodiy islohotni tayyorlash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Oliy sud va Markaziy Bank tashkil qilindi. Iqtisodiy kengash va direktoratga birlashtirilgan markaziy boshqarmalarning vazifalari kengaytirildi. Fransiya hukumati bilan kelishuvga erishildi. Tovon to‘lovlar evaziga Fransiyaga Saar viloyatining garovga berilishidan so‘ng Fransiya o‘z okkupatsion zonasining AQSH va Angliya okkupatsion zonasiga qo‘shib olinishiga rozi bo‘ldi. 1948 yil fevralida Trizoniya tashkil etildi. Saar viloyati ega 1955 yildagi referendum natijalariga ko‘ra 1957 yilda GFR tarkibiga kiritilishiga qadar Fransiya ixtiyorida qoldi.

1948 yilning fevral-iyun oylarida Germaniya masalasi bo‘yicha London konferensiyasi bo‘lib o‘tdiki, unda ilk bor sovet delegatsiyasi ishtirok etmadi, ammo Belgiya, Gollandiya va Lyuksemburg vakillari qatnashgan edilar. Konferensiya yangi Germaniya davlatining konstitutsiyasini ishlab chiqish uchun ta’sis yig‘ilishini chaqirishga qaror qildi. O‘sha davrda AQSH ma’muriyati Marshall rejasini Germaniyaning g‘arbiy okkupatsion zonalariga joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu masalaga oid shartnomada ta’kidlanishicha G‘arbiy Germaniya iqtisodiyotining tiklanishi individual erkinlik, erkin idoralar, “sog‘lom iqtisodiy muhit”, mustahkam xorijiy aloqalar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash tamoyillariga asoslangan Yevropa rivojlanish rejasining asosiy qismi edi. Iqtisodiy islohot ustidan AQShning maxsus organlarining nazorat qilishi, nemis bozorida bojxona cheklashlarini bekor qilish, monopoliyaga barham berish siyosatini davom ettirish ta’minlandi. Marshall rejasi amalga oshirila boshlaganining birinchi yilidayoq G‘arbiy Germaniya AQShdan 2,422 mlrd dollar (bu ko‘rsatkich Fransiya va Buyuk Britaniya birgalikda olgan mablag‘iga teng bo‘lib, Italiya olgan mablag‘dan qariyb 3,5 baravar ko‘p) mablag‘ oldi. Ammo Germaniyada ishlab chiqarilgan mahsulotning bir qismi qarz hisobiga AQShga jo‘natila boshlaganligi sababli, oqibatda Germaniya hisobiga AQSH yordamida eng katta qismi emas balki, 10%i (6,7 mlrd.dollar) to‘g‘ri keldi.

Germaniyada iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy muammosi “qattiq valyuta”ni yaratish, giperinflyatsiyaning halokatli oqibatlarini bartaraf etishdan iborat bo‘ldi. Iqtisodiy kengashda 1947 yildan beri markazlashgan rejaviy xo‘jalik va monetor siyosat tarafdorlari o‘rtasidagi qizg‘in bahs-munozaralar davom etmoqda edi. Lyudvig Erxard rahbarligidagi bir guruh mutaxassislar qadrsizlangan pulning katta hajmidan qutulishga qaratilgan moliyaviy islohot loyihasini tayyorladi. Erxardni o‘zining fikricha bunday islohotni amalga oshirish ishlab chiqarishni faol rag‘batlantirish va iste’molchilarning eng nochor qatlamini himoya qilish, iste’molchi bozorini barqarorlashtirish va iste’molchi va ishlab chiqarishni yo‘naltirishga qaratilgan bir qator qo‘shimcha chora-tadbirlar bilan birga yo‘lga qo‘yilishi kerak edi. Avvaliga AQShning ushbu islohotni barcha 1948 yilga kelib 4 ta okkupatsiya zonalarining hammasida o‘tkazish haqiqatdan uzoq edi va ko‘zda tutilgan ishlar faqat Trizoniya doirasida tayyorlana boshlandi.

G‘arbiy zonalarda pul islohoti 1948 yil 20 iyunda boshlandi. Almashishning rasmiy nisbati 10 reyxsmarkaga 1 yangi nemis markasi qilib belgilandi (bundan tashqari har bir fuqaro 1:1 kurs bo‘yicha 40 markani almashtira olishi mumkin edi. Avvaliga almashtirilgan pulning faqatgina 5%ini qo‘lga olish mumkin edi. Daromadlarning qonuniyligi aniqlangach soliq hukumati tomonidan yana 20%, keyinchalik, 10% berilardi. qolgan 65% bekor qilinardi. Almashinuv kursining so‘ngi kvotasiga ko‘ra 6,5, nemis markasiga 100 reyxsmarka to‘g‘ri keldi. Pensiya (nafaqa), oylik maosh, ijtimoiy yordamlar 1:1 nisbatda qayta hisoblandi. Davlatning barcha oldingi qarzlari bekor qilindi. Shunday qilib, katta pul hajmi qisqartirildi. “Ishonchli pullar”ning paydo bo‘lishi “qora bozor”ga barham berdi va barter ayirboshlashlar tizimini izdan chiqardi.

Islohot boshlanishidan ikki kun o‘tgach markazlashgan rejalashtirishni bekor qiluvchi va narxlarni erkinlashtiruvchi qonun xujjatlari kuchga kiritildi. Ammo shu bilan bir vaqtda transport va pochta xizmati, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, uy-joy narxlari ustidan cheklovchi nazorat saqlab qolindi. Haqiqiy ishlab chiqarish IZDERJKAsi va “haqqoniy daromad”ni hisobga oluvchi “maqbul narxlar” ro‘yxatlari muntazam nashr etilardi. Aholini eng zarur mollar bilan arzon narxlarda ta’minlashga qaratilgan maxsus “har bir kishi uchun” dasturi qabul qilingan edi. Erxard monopoliyaning eng ashaddiy shakllariga yo‘l qo‘ymaslik siyosatini saqlab qolish, “davlat tadbirkorligi” (jamiyat uchun zarur bo‘lgan xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarishda, transport, energetika, axborot infratuzilmasini rivojlantirishda davlatning bevosita aralashuvi) tizimini rivojlantirishni talab qilishda davom etdi.

Bunday iqtisodiy mexanizmni Erxard jamiyat va shaxs manfaatlarini birday qondiruvchi “sotsial bozor xo‘jaligi” deb baholadi.

1948 yildagi muvaffaqiyatli iqtisodiy islohot Germaniyada siyosiy vaziyatning keskinlashuvi bilan birga o‘tdi. G‘arbiy zonalarda pullarni almashtirishga tayyorgarlik ketayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga qaramasdan (G‘arb gubernatorlari ko‘zda tutilgan islohot to‘g‘risida sovet tomoniga islohot amalga oshirila boshlashidan ikki kun qolganda xabar berishgandi, ammo operativ ma’lumotlar butun tayyorgarlik jarayonini kuzatishga imkon berardi) GSHM Sharqiy Germaniyada iste’mol bozorini izdan chiqaruvchi katta hajmdagi qiymatini yo‘qotgan eski markalarining paydo bo‘lishini oldini olishga qaratilgan hech qanday chora ko‘rmadi. Albatta, 1946 yil 30 iyunda yopilgan zonalararo chegara bunga to‘sqinlik qilishi mumkin edi, ammo to‘rtta sektorga bo‘lingan Berlin bundan mustasno edi. 24 iyunda Sovet qo‘shinlari G‘arbiy Berlinni qurshab olib uni g‘arbiy zonalardan uzib qo‘yishdi. Bu harakat ko‘proq siyosiy xarakterga ega edi. Shunday qilib, G‘arbdan katta pul hajmi oqib kelishi xavfi bartaraf qilindi. G‘arbiy Berlinning muhosara qilinishi esa G‘arb mamlakatlariga tazyiq o‘tkazish vositasi edi. Ammo harakat kutilganidan teskari natijaga olib keldi.

G‘arbiy Berlin aholisini qutqarish uchun AQSH havo ko‘prigini barpo etdi. Keyingi 324 kun davomida har bir necha daqiqada transport samolyotlari Tenpelxou aerodromining qo‘nish polosasiga qo‘nib turardi. Har kuni shaharga 13000 tonna oziq-ovqat kelib turardiki, bu oldingi oylardagi mahsulotlarga nisbatan 3 marta ko‘p edi. Javob chorasi sifatida G‘arb tomoni sovet zonasiga mahsulot kiritishga nisbatan embargo joriy qilishdi. Keskin muzokoralardan so‘ng 1948 yil 30 avgustda Berlinda g‘arbiy markani bekor qilish to‘g‘risida ikki tomonlama kelishuvga kelindi. Ammo uni amalga oshirish texnik sabablarga ko‘ra uzoq cho‘zildi va G‘arbiy Germaniya davlatchiligi rasmiylasha borgani sayin amri mahol bo‘lib qoldi.

Berlin muammosi eng qizg‘in pallaga kirganda 1948 yil 15-22 iyulda Ryudesxaymda G‘arbiy yerlarning vazir-prezidentlari yig‘ilishi bo‘lib, unda Berlin ober-burgomistri Ernst-Reyter tezda G‘arbiy Germaniya davlati - “yadro”ni tuzib unga G‘arbiy Berlinni qo‘shishga da’vat etdi. Yig‘ilish qatnashchilari 1948 yil 1 sentabrda ta’sis majlisini chaqirish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlashdi. Ammo keyinchalik, ayirmachilik to‘g‘risidagi bahs-munozaralardan qutulish uchun “ta’sis majlisi” va “konstitutsiya” atamalari olib tashlandi. Yer landtaglari vakillari tarkibidan parlament kengashi tuzildiki u Germaniya birlashishiga qadar vaqtincha konstitutsiya vazifasini bajaruvchi Asosiy qonunni ishlab chiqish vakolatiga ega bo‘ldi.

1949 yil aprelda Parlament kengashiga uchta hukmron davlat tomonidan ishlab chiqilgan va AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiyaning G‘arbiy Germaniya tashqi siyosati, tashqi savdosi va xorijdagi mablag‘lari ustidan nazorat qilishini va ularning konstitutsiyaviy nazoratini mustahkamlovchi “Okkupatsion statut” topshirildi. 1949 yil 8 mayda parlament kengashi 12 mayda harbiy gubernatorlar tomonidan ma’qullangan (tasodifan o‘sha kunda Berlin “muhosarasi” va g‘arbiy “kontrmuhosara”ni to‘xtatish to‘g‘risidagi ittifoqchilar shartnomasi kuchga kirgandi) Germaniya Federativ Respublikasining asosiy qonunini va bu kun GFR tashkil etilgan kun bo‘ldi. 20 iyunda Germaniyada harbiy gubernatorlar institutining Bosh komissarlar institutiga aylantirilishi g‘arbiy Germaniyani cheklangan suverenitet bilan ta’minladi.

Bir vaqtda Sharqiy Germaniya davlatchiligi ham shakllana bordi. 1947 yildayoq sovet zonasida Nemis Xalq Kongressi (NXK) faoliyat ko‘rsata boshlagan edi. Uning 1947 yil dekabrida bo‘lib o‘tgan birinchi sessiyasi davomida yagona Germaniya uchun keng ommaviy harakatni shakllantirish masalasi qo‘yilgan edi. 1948 yildagi ikkinchi NXK barcha nemis yerlarida Germaniyaning yagonaligi to‘g‘risidagi referendum o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Ammo bir vaqtda Nemis Xalq Kengashi ham tashkil qilindiki u sharqiy Germaniya davlati konstitutsiyasi loyihasini tuzish vakolatiga ega bo‘ldi. Bu loyiha GYASP vakillari tomonidan ishlab chiqildi va 1949 yil 19 martdagi NXK yig‘ilishida qabul qilindi. 1949 yilning 29-30 mayida bo‘lib o‘tgan uchinchi NXK Germaniya Demokratik Respublikasi konstitutsiyasini tasdiqladi va demokratik Germaniya partiyalararo milliy frontini yetakchi siyosiy kuch deb e’lon qildi. 1949 yil 7 oktabrida muvaqqat xalq palatasi tashkil qilindi va bu kun GDR tashkil etilgan kun bo‘ldi. Germaniyaning parchalanishi yakunlandi. 1949 yil may-iyunida Parijda bo‘lib o‘tgan TIVK bu jarayonga to‘sqinlik qilmadi. Germaniya muammosi urushdan keyingi davr tarixidagi eng murakkab masalalardan biriga aylandi.




2. GFR va GDR 50-70 yillarda GFRning konstitutsiyaviy tuzumi.
Nihoyatda murakkab vaziyatga qaramasdan G‘arbiy Germaniyaning yetakchi siyosiy kuchlari qisqa muddatda mamlakatning mo‘tadil va samarali rivojlanishi uchun asosi bo‘la oladigan konstitutsiyaviy loyihani yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. XDI, XII, EDP va GSDP konstitutsiyaviy-huquqiy qurilish sohasida yagona tamoyillarga ega edilar. Yangi nemis konstitutsion ongi davlatni na jamiyat taraqqiyotiga hukmronlik qiluvchi va uni yo‘naltiruvchi kuch va na insonni siyosiy va ijtimoiyo tazyiqdan himoya qiluvchi “tungi soqchi” sifatida ham ko‘rishga qarshi edi. Konstitutsiyaviy doktrinaning asosi erkinlik va ijtimoiy javobgarlik g‘oyalari inson huquqlarini himoya qilish va individualizmni cheklash, millatni umumiy ijobiy maqsadlar va manfaatlarga ega haqiqiy ijtimoiy organizm deb e’tirof etish, fuqarolik jamiyatini boshqarishda davlat rolining oshganligi va shu bilan birgalikda uning sinfiy yoki irqiy hukmronlik vositasi emasligini e’tirof etish tashkil qilardi. Konstitutsiyaviy nazorat doirasi ijtimoiy munosabatlarning asosiy va muhim turlari-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, tashqi siyosiy munosabatlarni qamrab oldi. Har bir individning to‘laqonli rivojlanishi uchun sharoit yaratish zaruratini e’tirof etgan nemis konstitutsionalizmi inson va jamiyatning huquq va burchlarining ajralmasligiga tayanardi. U davlatni erkinlik, adolat, birdamlik kabi tayanch qadriyatlar asosida tuzilgan hamjamiyat deb e’tirof qilardi.

GFRning Asosiy qonuni demokratik va sotsial federativ davlat tuzishni e’lon qildi. Asosiy qonun ijodkorlari konstitutsion qurilishning asosiy maqsadi nemis xalqining butun dunyoda tinchlik uchun xizmat qilishi, uning teng huquqli a’zo sifatida birlashgan Yevropaga kirishi va “Xudo va odamlar oldidagi majburiyatining bajarishi” deb e’tirof etishdi. Konstitutsiyaning birinchi bo‘limida inson huquqlari, jumladan, yashashga va shaxsiy daxlsizlikka, e’tiqod va vijdon erkinligi saylovlarda qatnashish va ittifoqlarga birlashishi, harakatlanish va kasb tanlash, adolat sohasidagi daxlsiz huquqlar mustahkamlangan edi. Davlat maxsus javobgar bo‘lgan sohalar nikoh va oila hamda maktab ta’lim tizimi deb belgilandi. Asosiy qonun umumiy faravonlik tushunchasini kiritdi va mulk instituti uchun uning nufuzini belgiladi. (“Mulkka egalik qilish javobgarlikni keltirib chiqaradi: unga egalik qilish umumiy faravonlikka xizmat qilishdir”). Konstitutsion tuzumni qulatishga qaratilgan har qanday urinishga qarshi kurashish-nemis xalqining maxsus jamoaviy huquqi deb belgilandi.

Germaniya Federativ Respublikasi 9 ta yerni birlashtirdi (G‘arbiy Berlin muxtoriyatni saqlab qoldi, ammo G‘arbiy Germaniya parlamentida o‘z vakillariga ega edi; Saar viloyati 1957 yilda 10-chi yer bo‘ldi).Federatsiyaning har bir subyektiga o‘z konstitutsiyasi, vakillik va boshqaruv organlari, qonunchiligiga ega bo‘lish huquqi berildi. Federatsiya va yerlarning vakolatlari aniq belgilab qo‘yilgan edi. Asosiy qonun Federatsiyaning so‘zsiz qonunlari amal qiluvchi va “raqobat qiluvchi qonunchilik” doiralarini aniq ajratib berdi. Federativ qonunlar doirasiga tashqi siyosat, mudofaa, fuqarolik instituti, harakat erkinligi, moliya, bojxona va savdo huquqlari kirdi. Yerlar bu sohalarda faqat konstitutsiya ko‘rsatmasiga ko‘ra o‘z qonunlariga ega bo‘lishlari mumkin edi. Yer siyosatining konstitutsiyaga mos kelmasligini oldini olish uchun Federatsiya ekzekutsiya (majburlash) huquqiga ega bo‘ldi. Raqobat qiluvchi qonunchilik sohalarida (fuqarolik, jinoyat, protsessual huquqlari, sud amaliyoti va advakatura ittifoq va birlashmalar tuzish huquqi va h.k.)yerlar afzallikka ega bo‘lishdi. Federatsiya bu sohalarda faqatgina umumiy manfaatlarni himoya qilish, mamlakatning huquqiy va iqtisodiy yagonaligini saqlab qolish uchungina o‘z qonunlarini qabul qilishi mumkin. Buning uchun federatsiya “cheklovchi ko‘rsatmalar”ni nashr etadi va yerlar qonunchiligi bu ko‘rsatmalar asosida ishlab chiqiladi. Subsidiya tamoyiliga asoslangan fderalizmning bu ko‘rinishi Germaniyada “kooperativ” federalizm deb nomlandi.

GFRda hukumat markaziy organlarining tuzilishi konstitutsiyaviy tuzumning strategik maqsadi-demokratik va sotsial davlatni shakllantirishni aks ettirdi. Demokratiya xalq suvereniteti tamoyilini kuchaytirish, hokimiyatni taqsimlash tizimi, umumiy saylov huquqi va referendum amaliyotini joriy qilish orqali ta’minlandi. Konstitutsiya adolat (odil sudlov) sohasi, konstitutsion adliya, sudlar korpusining huquqiy mavqeini chuqur (batafsil) nazorat qilardi. qurolli kuchlarning huquqiy bazasini yaratish, “mudofaa holati”ni belgilash, favqulodda holatlar qonunchiligini shakllantirishga maxsus bo‘limlar bag‘ishlandi. Sotsial mamlakatni yaratish esa nafaqat keng ko‘lamdagi fuqarolik huquqlarini mustahkamlash, balki siyosiy faollikni ta’minlash, davlat javobgarligini, uning nemis xalqi umumiy manfaatlarini himoya qilishi, ijtimoiy taraqqiyot dinamikasini ta’minlashni talab qildi. Buning ta’sirida hokimiyatni taqsimlash tamoyili nemis konstitutsiyaviy tuzumida o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ldi.

Markaziy hokimiyat tuzilmasi kansler rahbarligida parlament, prezident va federal hukumatdan iborat bo‘ldi. Parlament oliy hokimiyat organi bo‘lib, konstitutsiyaga ko‘ra bir palatali deyiladi. Ammo parlament tizimiga ikkita organ-fuqarolar tomonidan saylanuvchi Bundestag (Federal syezd) va yerlar hukumatlari tomonidan tayinlanuvchi Bundestag (Federal kengash) kiradi. Rasman parlament qismi bo‘lmagan Bundestag amalda Yuqori palata vazifasini bajara boshladi. Uning tarkibiga 4 yilga yer hukumatlari tarkibidan saylanuvchi 69 kishi kirdi. Bundesrat qonun chiqaruvchilik jarayonida muhokama qilish va nazorat qilish funksiyalariga ega bo‘ldi, ammo uning vetosi Bundestagning ko‘pchilik a’zolari tomonidan rad etilishi mumkin. Bundestagning afzallikka ega bo‘lishi faqatgina quyi palata nemis xalqining bevosita vakillik organi bo‘lganligi bilan sharhlanardi. Bundestagning 496 ta a’zosi 4 yil muddatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralash tarzdagi umumiy saylovlarda (yarmi bir mandatli okruglarda nisbiy ko‘pchilikning afzalligi asosiyda, yarmi - ko‘p mandatli yer okruglarida partiya ro‘yxatlari va proporsional tizim asosida) saylanar edi. qonun chiqarishdan tashqari Bundestagning nufuzli mavqei uning prezident va kanslerni saylashdagi roli bilan aniqlanadi.

Asosiy qonunga ko‘ra respublika prezidenti Bundestag a’zolari va teng sondagi yer landtaglari tomonidan saylangan deputatlardan iborat maxsus organ- Federal majlis tomonidan saylanadi. Prezident faqatgina vakillik va tashkilotchilik vakolatlariga (veto huquqisiz) ega bo‘ldi. Kansler saylovi va Bundestag ixtiyorida bo‘lib, kanslerga ishonchsizlik bildirish ham (bu hukumatning iste’foga chiqishiga olib keladi) Bundestag ixtiyoridadir. bu huquqning cheklanishi faqatgina “konstruktiv ishonchsizlik ovozi” amaliyoti bo‘ldiki, unga ko‘ra, Bundestag yangi nomzodni tasdiqlagandagina kansler iste’foga chiqishi mumkin. Konstitutsiyaga ko‘ra federal kansler butun ijro etuvchi hokimiyatga jumladan, hukumat tarkibini tayishlan va qonun chiqaruvchilik tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega. Kansler Bundestagda muhim qonun loyihalari muhokamasida o‘ziga ishonch votumi (ovozi) masalasini qo‘yishi va ishonchsizlik bildirilgan vaziyatda prezident orqali parlamentni tarqatib yuborish imkoniyatiga ega. Kansler saylov tartibiga ko‘ra parlamentdagi ko‘pchilik vakilidir (va, albatta, eng yirik partiya rahbari hamdir) va keng hokimiyat vakolatlariga ega. Shu sababli GFR davlat modeli kansler respublikasi nomini oldi. Uning maqbulligi sotsial davlatning hayoti uchun zarur bo‘lgan qudratli siyosiy markaz bilan belgilanadi.

GFR K.Adenauerning kanslerligi davrida.

GFRda konstitutsiyaviy tuzumning samarali amal qilishiga mamlakatdagi siyosiy barqarorlik yordam berdi. 1949 yilning 14 avgustida bo‘lib o‘tgan Bundestagning birinchi saylovlari uchta yetakchi siyosiy yo‘nalishlarning afzalligini yaqqol ko‘rsatdi. XDI 25,2% (115 mandat) ovozga ega bo‘lib XII bilan birga (5,8% ovoz, 24 mandat) ko‘pchilikni tashkil etdi. Muxolifotdagi GSDPni saylovchilarning 29,2%i (131 mandat) qo‘llab-quvvatlashdi. EDP (11,2% ovoz, 52 mandat) hukumat koalitsiyasiga kirganiga qaramasdan, “uchinchi kuch”ga ylandi. 12 sentabrda mamlakat prezidenti EDP rahbari T.Xeyye bo‘ldi, 15 sentabrda esa K.Adenauer federal kansler lavozimini egalladi. shakllangan “ikki yarimlik” partiya modeli keyinchalik ham saqlanib qoldi. 1952 yildagi saylov tizimi islohoti katta rol uynadi. Unga ko‘ra partiyalarning o‘z deputatlarini parlamentga o‘tkazishlarida 5% lik cheklanish joriy qilingan edi.

Xristian demokratlarning mafkuraviy konsepsiyasi GFRning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgiladi. 1953 yil saylovlari arafasida qabul qilingan XDIning Gamburg dasturida G‘arbiy Germaniya davlatida konstitutsiyaviy -huquqiy tuzumning va sotsial bozor xo‘jaligining milliy iqtisodiy tizim sifatida asosiy tamoyillari, partiyaning nemis xalqi ma’naviy tiklanishiga yo‘nalganligi belgilab qo‘yildi. XDI rahbariyati qat’iy ravishda antikommunistik yo‘lni tanlash, sharqiy Germaniya davlatini tan olmaslik, Shimoliy Atlantika ittifoqi va Yevropadagi integratsion strukturalar bilan yaqindan hamkorlik qilishga harakat qilardi. K.Adenauer rahbarligida XDI 1983, 1957, 1961 yillarda saylovlarda g‘olib chiqdi (va mos ravishda 36,;% va 191 mandat, 39,7% ovoz va 217 mandat, 35,8% va 192 mandatga ega bo‘ldi) Bavariyadagi XSI bu yillar davomida o‘z muxtoriyatini saqlab qoldi, ammo 1951 yildan “ishchilar hamdo‘stligi” doirasida hamkorlikni mustahkamladi. XDIG‘XSI bloki turg‘un parlamentdagi ko‘pchilikka asos bo‘ldi, yagona fraksiyani tashkil etib, birlashgan siyosat olib bordi. O‘zining mintaqaviy faoliyatiga qaramasdan F.Y. Shtraus partiyasi saylovchilarning ko‘p ovoziga ega bo‘lib, hatto deputatlik mandatlari soni bo‘yicha EDPni “uchinchi partiya” o‘rnidan siljitishga muvaffaq bo‘ldi. XII 1953 yil saylovlarida 8,8% ovoz va 52 mandatga, 1957 yilda - 10,5% ovoz va 53 mandatga 1961 yilda- 9,5% ovoz va 50 mandatga ega bo‘ldi. XDIG‘XII bloki vakili G.Lyubke 1959 yilda prezident lavozimiga saylandi.

Erkin demokratlar partiyasi 50-yillarda o‘z mafkurasini belgilash kabi murakkab jarayonni boshdan kechirayotgan edi. 1949 yilda EDP hukumat koalitsiyasi a’zosiga aylandi va Adenauer mahkamasida bir nechta ikkinchi darajali vazirlik lavozimlariga ega bo‘ldi. Ammo xristian demokratlar bilan hamkorlik partiya saylovchilarining birlashishiga halaqit berar va uning siyosiy ta’sirining pasayishiga olib kelishi mumkin edi. 1954 yilda partiya rahbari lavozimligiga T.Deler kelganidan so‘ng EDPning XDIG‘XSIdan uzoqlashishi boshlandi. Ikki yildan so‘ng uning vazirlari hukumat tarkibini tark etishdi va 1957 yil saylovlarida u muxolifot tomoniga o‘tdi. Avvaliga bu omad keltirmadi. Agar 1953 yilda EDPni 9,5% saylovchilar (48 mandat) qo‘llagan bo‘lsa, 1957 yilga kelib bu ko‘rsatkich 7,1% ga (41 mandat) tushdi. Ammo o‘z siyosiy va elektoral yo‘lining izlanishi davom ettirildi. E.Mende rahbarligidagi Dyuseldorf guruhi ta’sirida EDPning dasturiy asoslari yaqqol liberal xarakterga ega bo‘ldi. Partiya iqtisdiyotga davlat aralashuvini qisqartirish va soliq siyosatini liberallashtirish, uchun fuqarolik huquqlarini cheklashga qarshi (u qonun tartibotni mustahkamlasada) faol kurasha boshladi. EDP byurokratiyaga barham berish va o‘zga millat vakillari va boshqa dinga e’tiqodchilarga nisbatan o‘zaro bag‘rikenglik g‘oyalarini himoya qilardi. 1961 yildagi saylovlarda EDP 12,8% ovoz va 67 mandatga ega bo‘ldi. XDIG‘XSI fraksiyasining qisqarishi hisobiga erkin demokratlar yanada teng huququli hamkorlar sifatida hukumat koalitsiyasiga kirish huquqiga ega bo‘lishdi. O‘sha paytdan boshlab EDP shunday “sharnir partiya” vazifasini o‘tay boshladiki, uhukumat koalitsiyasidagi ko‘pchilik va muxolifotning o‘zaro nisbatiga katta ta’sir ko‘rsata olardi.

Murosasiz K.Shumaxer rahbarlik qilayotgan GSDP “prinsipial muxolifot”ga aylanib qoldi. Sotsial-demokratlar sotsial (ijtimoiy) bozor xo‘jaligiga qarshi chiqib, iqtisodiyotda ijtimoiy tashabbusni kuchaytirishga da’vat etishardi. Tashqi siyosat sohasida GSDP Adenauer hukumatining antikommunistik yo‘lini qo‘llab-quvvatlar, ammo yagona Germaniyani barpo etishni kechiktiruvchi har bir qadamni qoralar edi. GSDP rahbariyati hukumatning G‘arbiy Germaniyaning to‘la suvereniteti tiklanmasdan uni qayta qurollantirish, Shimoliy Atlantika blokining harbiy-siyosiy tuzilmalariga kiritish, G‘arbiy Yevropadagi integratsiya jarayoniga jalb etishga bo‘lgan urinishlariga shubha bilan qarar edi. 1952 yilda Shumaxer vafot etganidan so‘ng va Erix Ollenxauerning partiya rahbari lavozimiga saylanishi bilan GSDP dasturining asta-sekin tuzatilishi boshlanib ketdi. U ikkinchi jahon urushidan so‘ng sotsialistik internatsional poydevorga bo‘lgan demokratik sotsializm konsepsiyasiga yaqinlashdi. Yangi avlod sotsial-demokratlari nafaqat proletariat diktaturasi va kapitalizmga inqilobiy yo‘l bilan barham berish balki sinfiy kurashning ijtimoiy taraqqiyotning asosi deb qaraydigan konsepsiyadan voz kechishdi. GSDPning mafkuraviy radikalizm (keskinlik)dan voz kechishi uning saylovchilari doirasining tezda kengayishiga olib keldi. 1953 yildagi saylovlardayoq 28,8% ovozga (ya’ni, 4 yil oldingiga ko‘ra kamroq) ega bo‘lib, GSDP parlamentdagi o‘z fraksiyasini 151 deputatga yetkazdi. 1957 yildagi faol saylov kompaniyasi 31,8% ovoz va 169 ta deputat mandatlarini taqdim etdi. GSDP mafkuraviy konsepsiyasining yangilanishi 1959 yilda Bad-Bodesbergdagi syezdda “Prinsipial dastur”ning qabul qilinishi bilan yakunlandi. Unda sotsializmga “axloqiy imperativ” nuqtai nazaridan baho berilib, partiyaning siyosiy vazifalari zamonaviy ijtimoiy muammolarning - pragmatik tahlili asosida belgilanar edi. Bad-Godesberg dasturining mualliflari Gorbort Verner boshchiligidagi xristian demokratlarning tashqi siyosatini ma’qullab, GFRning umumiy bozorga kirishini qo‘llab-quvvatlashdi va iqtisodiyotni milliylashtirish (davlat tasarrufiga o‘tkazish) g‘oyasidan voz kechishdi. 1960 yilda GSDP rahbari etib, partiyaning islohotchi qanoti vakili bo‘lgan G‘arbiy Berlin burgoministri Villi Brandt saylandi. U partiyaning yangilangan dasturiga tayanib, GSDPni mamlakat siyosiy tizimiga qo‘shish, “realpolitik” tamoyillarining qaror topishiga harakat qildi. Bu strategiya muvaffaqiyat keltira boshladi. 1961 yildagi saylovlarda GSDP 36,2% ovoz va 190 mandatga ega bo‘ldi.



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa