Markaziy boshqaruvning tashkil etilishi
arkaziy boshqaruv organlari mamlakat-ning siyosiy tarqoqligi va qirol hokimiyatining kuchsizligi sharoitlarida tarkibiy jihatdan rasmiy-lashtirilmagan va aniq o`rnatilmagan edi. Saroy-votchina tizimi vassallik munosabatlariga asoslangan boshqaruv bilan qo`shilib ketgandi.
Korolinglar davridan qirol saroyi saqlanib qolgandi. U feodallar va saroy xizmatchilari (ministrlar)dan iborat edi. XII asrning oxirigacha qirol ma`muriyatida seneshal asosiy rol o`ynagan. U qirol saroyining boshlig`i hisoblanib, armiyaga qo`mondonlik qilar, davlat hujjatlarini imzolardi. Seneshal mansabi Fransiyadagi eng taniqli oilalardan birining qo`lida edi. Vaqt o`tishi bilan bu mansab shunchalik kuchayadiki, hatto Filip II Avgust (1191 yilda) uni almashtirmaydigan qiladi. Keyinchalik bu mansab tugatilib, harbiy ishlarda seneshaldan keyin konnetabl - qirol otliq askar-larining boshlig`i turgan. Uning yordamchisi marshal, XIII asrdan boshlab qirollik admirali hisoblangan. Qirol xazinachisi davlat arxivi va xazi-naga boshchilik qilgan. Unga kamerger yordam bergan. Xazinachining funksiyasi XIII asrda qisqartirilgan edi.
Qirollik devonxonasiga kansler rahbarlik qilib, u qirol hujjatlarini tahrirdan o`tkazib, qirolga imzo uchun taqdim etgan, ularga muhr qo`ygan. Kanslerning davlat ishlariga ta`siri juda katta edi. Shu sababli XIII asrda qirol hokimiyatining kuchayishi bilan bu mansab uzoq vaqtgacha (Lyudvik IX davridan to 1315 yilgacha) almashtirilmagandi.
Ministrlar dastlab qirollik domenidagi dunyoviy feodallar va ruho-niylardan chiqqan. XIII asrda markaziy boshqaruv organlariga shaharlar-ning vakillari, mayda va o`rta feodallar (qirolning ritsarlari), shuningdek, yuristlar (legistlar) tez-tez jalb etilgan.
Feodal munosabatlarning rivojlanishi qirol vassallari yig`ini - qirol kuriyasi (curin regis)da o`z ifodasini topadi. Bu organ Korolinglar davrida vujudga kelgandi. Ilk Kapetinglar davrida Kuriya deyarli ahamiyatga ega bo`lmadi, chunki perlar va boshqa qudratli vassallar uning majlislariga kelishmaydi. Dastlab unda faqat qirolning vassallari ishtirok etishadi. Kuriyada siyosiy, moliyaviy, sud xarakteriga ega bo`lgan masalalar muhokama qilingan. Qirollar Kuriyadan urush va tinchlik, salb yurishlari, rim papasi bilan munosabatlar to`g`risidagi va boshqa masalalarni hal etishda maslahatlar so`raganlar. Kuriya tasdig`iga qirolning hujjatlari qo`yilgan. XIII asrdan murakkab huquqiy masalalarni hal etish uchun Kuriya majlislariga ko`pincha legistlar taklif qilina boshlagan.
B
Do'stlaringiz bilan baham: |