Eng qimmat xalqaro brendlar (25ta surat) Amerikaning Forbes nashri dunyodagi eng qimmat 100ta brend reytingini chop etdi



Download 46,97 Kb.
bet1/16
Sana03.01.2022
Hajmi46,97 Kb.
#313982
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Eng qimmat xalqaro brendlar


Eng qimmat xalqaro brendlar (25ta surat) Amerikaning Forbes nashri dunyodagi eng qimmat 100ta brend reytingini chop etdi. Tahririyat kompaniyalarning so'nggi uch yil ichidagi foydasini hamda brendning turli tarmoqlardagi (masalan, lyuks toifasidagi iste'mol mahsulotlarida brend foydaga sezilarli ta'sir ko'rsatadi, ammo avia va neft kompaniyalarida esa - yo'q) daromadga ta'sir ko'rsatish koeffitsiyentini hisobga olgan. Lifehaq.uz ga a'zo bo'lish 0 Shares Yoqdi Amerikaning Apple kompaniyasi ketma-ket oltinchi marta reytingni boshlab berdi. Apple brendining qiymati bir yil ichida 6 foizga o’sib, Forbes hisob-kitoblariga ko’ra 2016 yilda 154,1 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Kompaniya har yili reklamaga 1,8 mlrd. AQSH dollari sarflaydi, deya qayd etmoqda nashr. Dunyodagi eng qimmat 25ta brend – quyidagi fotogalereyada. 1. Apple Brend qiymati: $154,1 mlrd. Bir yil ichidagi o’zgarish: +6% Reklama harajatlari: $1,8 mlrd Joriy yilda Apple o’n yildan ortiq davr ichida birinchi marta tushumni qisqartirdi – kompaniyaning mart oyida yakuniga yetgan ikkinchi moliyaviy chorakdagi tushumi o’tgan yilgi ko’rsatkichga nisbatan 12,8 foizga kamroq bo’lib, atigi 50,6 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Buning sababi – yangi iPhone qurilmalariga talabning pasayishidir, deya izoh berdi Apple moliya direktori Luka Maestri. O’tgan yili odamlar smartfonlarni ko’proq xarid qilganlar, ammo joriy yilda eski iPhone qurilmalarini yangilariga alishtirayotgan soni qisqarmoqda, dedi u. Ikkinchi chorakda butun dunyo bo’ylab ushbu kompaniyaning atigi 51,2 mln. dona smartfoni sotib olindi. Bir yil avval xuddi shu davrda bu ko’rsatkich 61,2 mln. donani tashkil qilgan edi. Shuningdek, Apple ishlab chiqaradigan boshqa qurilmalarga bo’lgan talab ham pasaymoqda. Mart oyi boshida kompaniya hozirda iPad Pro deb nomlangan bazaviy 10 dyuymli planshetining yangilangan versiyasini ko’rsatgan bo’lishiga qaramay, o’tgan chorakda iPad ta’minoti 19 foizga kamayib, 10,3 mln. donani tashkil qildi. Mac brendi ostidagi noutbuklar va stol kompyuterlarining savdosi ham 12 foizga, 4 mln. donagacha qisqardi. 2. Google Brend qiymati: $82,5 mlrd Bir yil ichidagi o’zgarish: +26% Reklama harajatlari: $3,2 mlrd Google avvalgidek AQShdagi asosiy izlash tizimi bo’lib qolmoqda. 2016 yilning aprel oyida Yevropa komissiyasi Google kompaniyasini monopoliyaga qarshi qonunlarni buzishda aybladi. Idoraning tergov ishi bir yildan ortiq vaqt davom etdi. Bu haqida rasmiy e’lon 2015 yil 15 aprelda berilgan. 20 aprel kuni Yevropa komissiyasi Google kompaniyasiga shikoyatlar to’g’risidagi rasmiy xatni yubordi. Android qurilmasiga Yevropa komissiyasining e’tiborini Google tomonidan tahqirlanish bo’yicha shikoyat qilgan ilovalarning ishlab chiqaruvchilari tortdilar. Shikoyatlardan biri Rossiyaning “Yandeks” tizimidan kelib tushgan. Avvalroq Rossiyaning Federal monopoliyaga qarshi xizmati (FMX) “Yandeks” shikoyati bo’yicha Google kompaniyasiga qarshi ish qo’zg’atdi. Rossiya kompaniyasi 2015 yilning fevral oyida Google monopoliyaga qarshi me’yorlarni buzgan holda, Android negizidagi mobil qurilmalarning ishlab chiqaruvchilariga o’z shartlarini qo’yayotganligidan shikoyat qildi. FMX 2015 yilning kuzida Google kompaniyasini monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzishda aybdor deb topdi. Idora Amerika kompaniyasidan qoidabuzarliklar bartaraf etilishini talab qildi. Shunga qaramay, Google 12 may kuni NASDAQ fond birjasida savdo qilib, tarixda birinchi marta AQShdagi eng qimmat kompaniyaga aylandi. Savdo ochilishida kompaniyaning kapitalizatsiyasi 493 mlrd. AQSH dollarni tashkil etgan. Yil boshidan internet-izlovchi kapitalizatsiyasini 4,5 foizga qisqartirdi va faqatgina Apple qimmatli qog’ozlari yanada tezkor arzonlashgani tufayli undan o’zib keta oldi. 3. Microsoft Brend qiymati: $75,2 mlrd Bir yil ichidagi o’zgarish: +9% Reklama harajatlari: $1,9 mlrd 2014 yilning fevral oyidan kompaniyani hindistonlik Satya Nadella boshqarmoqda. 2015 yilning noyabr oyida Microsoft va Google bir-biriga nisbatan patent huquqlari bo’yicha barcha sud nizolarini tartibga solishga kelishib oldilar. Kompaniyalarning aytishicha, ularning kelishuvi ayrim texnologiyalar, jumladan mobil telefonlar, WiFi, shuningdek Microsoft tomonidan ishlab chiqariladigan Xbox o’yin platformalarida ishlatiladigan patentlar va boshqa Windows mahsulotlarining huquqlariga taalluqlidir. Sud jarayonlarining to’xtatilishi kompaniyalarning AQSH va Germaniyada olib borilayotgan bir-biriga qarshi 18ta sud ishini tartibga soladi. Tomonlar kelishuvning moliyaviy shartlarini e’lon qilmadilar. 4.Coca-Cola Brend qiymati: $58,5 mlrd Bir yil ichidagi o’zgarish: +4% Reklama harajatlari: $4 mlrd 2014 yilda Coca-Cola mahsulotining AQShdagi sotuvlari 0,1 foizga o’sdi. Biroq, mazkur kichik o’sish ham kompaniya uchun ahamiyatli bo’ldi, chunki bu Coca-Cola savdolarining 2000 yildan buyon ichki bozorda birinchi marta o’sishi. 2015 yilning may oyida Coca-Cola Rossiyada Coca-Cola Light ichimligining ishlab chiqarilishini to’xtatdi va Rossiya bozoriga boshqa – Coca-Cola Zero past kaloriyali ichimligini olib kirdi. So’nggi 15 yil davomida Rossiyada Coca-Cola brendi ostidagi ichimlik savdos to’tr barobarga o’sdi va 2014 yilda 859,1 mln. litrga yetdi, deb yozadi Canadean nashri. Kompaniyaning alkogolsiz gazlangan ichimliklar bozoridagi ulushi 9 foizdan 18,5 foizgacha o’sdi. Biroq, o’sish ko’rsatkichi 2012 yilda 19,6 foiz, 2013 yilda – 10,3 foiz bo’lganiga qaramay, 2014 yilda ichimlikning Rossiyadagi sotuvlari atigi 1,1 foizni tashkil etdi. 2015 yilning birinchi choragida Rossiyada Coca-Cola ichimligining umumiy sotuvlari tabiiy ko’rsatkichda 7-8 foizga pasaydi. 5.Facebook Brend qiymati: $52,6 mlrd Bir yil ichidagi o’zgarish: +44% Reklama harajatlari: $281 mln Facebook o’tgan yilgi reytingga nisbatan yana besh pog’onaga ko’tarilib, ro’yxatdagi birinchi beshtalikdan joy oldi. 2016 yilning aprelida kompaniya uch yil ichida Sukerbergni qo’riqlashga 12,5 mln. AQSH dollari sarflanigi ma’lum bo’ldi. 2013 yilda Sukerbergning xavfsizligini ta’minlashga 2,65 mln., 2014 yilda – 5,6 mln. va 2015 yilda – 4,26 mln. AQSH dollari sarflangan. Ijtimoiy tarmoq vakillari Sukerbergning xavfsizligiga oid bu qadar katta harajatlarni “uning kompaniya asoschisi, raisi va rahbari vazifasidagi holati tufayli xavfsizligiga alohida tahdidlar” deya izohladilar. Bu Standard & Poor’s 500 Index ro’yxatidagi kompaniyalar orasida rahbarlarni qo’riqlashga ketkazilgan eng katta harajatlar. 6. Toyota Brend qiymati: $42,1 mlrd Bir yil ichidagi o’zgarish: +11% Reklama harajatlari: $3,6 mlrd Toyota 2015 yilning oktyabr oyida avtotrassada mustaqil harakatlana oladigan Lexus GS sedani negizida ishlangan avtomobil g’oyasini taqdim etdi. Bunday avtomobilning haqiqiy modeli 2020 yilgacha paydo bo’lishi kutilmoqda. Bir oy o’tgach konsern sun’iy ong va robototexnikani o’rganish bo’yicha ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etishga 1 mlrd. AQSH dollari yo’llashini e’lon qildi. 7. IBM Brend qiymati: $41,4 mlrd Bir yil ichidagi o’zgarish: -17% Reklama harajatlari: $1,3 mlrd So’nggi paytda kompaniya qiyinchiliklarga duch kelmoqda – ketma-ket bir necha chorak davomida IBM qurilmalarining sotuvlari pasaymoqda. Biroq, IBM tushkunlikka tushayotgani yo’q va qurilmalar ishlab chiqaruvchisidan bulutli hisob-kitoblar bo’yicha bozor yetakchisiga aylanishni ko’zlamoqda. 2015 yilning 1-choragida kompaniya yaratgan “bulutlar”dan olingan daromad 60 foizga o’sdi 8. Disney Brend qiymati: $39,5 mlrd Bir yil ichidagi o’zgarish: +14% Reklama harajatlari: $2,6 mlrd Walt Disney 2014 yilda Gollivudning eng daromadli kinostudiyasiga aylandi va 7,2 mlrd. AQSH dollariga teng tushumda uning foydasi 1,7 mlrd. AQSH dollarini tashkil qildi. Kinokompaniyaning bunday rentabelligiga bosh rolni Anjelina Joli ijro etgan “Malefisenta” filmining omadli kassa tushumlari sabab bo’ldi. Film kinostudiyaga xalqaro ijaradan 758 mln. AQSH dollarini olib keldi. 9. McDonald’s Brend qiymati: $39,1 mlrd Bir yil ichidagi o’zgarish: -1% Reklama harajatlari: $719 mln McDonald’s har kuni dunyoning 100ta davlatida qariyb 69 mln. mijozga xizmat ko’rsatadi. Biroq so’nggi vaqtda brend AQShda ovqatlanish odatlarining o’zgarishi va Osiyoda taom sifatiga bo’lgan yuqori talablarga to’qnash kelmoqda. McDonald’s sotuvlari pasaymoqda. Kompaniya AQSH, Xitoy va Yaponiyadagi zarar keltirayotgan restoranlarini yopmoqda. 10. GE Brend qiymati: $36,7 mlrd Bir yil ichidagi o’zgarish: -2% Reklama harajatlari: oshkor etilmagan General Electric – tashkil topgan 1896 yildan buyon Dow Jones Industrial Average indeksiga kiradigan yagona kompaniyadir. 11.Samsung Brend qiymati: $36,1 mlrd Bir yil ichidagi o’zgarish: -5% Reklama harajatlari: $3,3 mlrd An office worker walks by a logo of Samsung C&T Corp., at its head office in Seoul, South Korea, Friday, July 17, 2015. Samsung shareholders approved Friday a highly contested deal that strengthens the Samsung family’s grip on the world’s largest smartphone maker. Samsung construction company Samsung C&T said that 69.5 percent of shareholders who voted supported the takeover of it by another Samsung company, Cheil Industries.(AP Photo/Ahn Young-joon) 12. Amazon Brend qiymati: $35,2 mlrd Bir yil ichidagi o’zgarish: 25% Reklama harajatlari: $3,8 mlrd 13. AT&T Brend qiymati: $32,6 mlrd Bir yil ichidagi o’zgarish: 12% Reklama harajatlari: $3,6 mlrd 14. BMW Brend qiymati: $28,8 mlrd Bir yil ichidagi o’zgarish: +4% Reklama harajatlari: oshkor etilmagan 15. Cisco Brend qiymati: $28,4 mlrd Bir yil ichidagi o’zgarish: +3% Reklama harajatlari: $202 mln 16. Oracle Brend qiymati: $28 mlrd Bir yil ichidagi o’zgarish: +4% Reklama harajatlari: $55 mln 17. Intel Brend qiymati: $27,7 mlrd Reklama harajatlari: $1,8 mlrd Bir yil ichidagi o’zgarish: +7% Reklama harajatlari: $1,8 mlrd 18. Nike Brend qiymati: $27,5 mlrd Bir yil ichidagi o’zgarish: +5% Reklama harajatlari: $3,2 mlrd 19. Louis Vuitton (Christian Dior) Brend qiymati: $27,3 mlrd Bir yil ichidagi o’zgarish: -3% Reklama harajatlari: $4,4 mlrd 20. Mercedes-Benz (Daimler) Brend qiymati: $26 mlrd Bir yil ichidagi o’zgarish: +16% Reklama harajatlari: oshkor etilmagan 21. Verizon Brend qiymati: $25,8 mlrd Bir yil ichidagi o’zgarish: +5% Reklama harajatlari: $2,7 mlrd 22. Walmart Brend qiymati: $25,4 mlrd Bir yil ichidagi o’zgarish: +3% Reklama harajatlari: $2,5 mlrd 23. Honda Brend qiymati: $25,2 mlrd Bir yil ichidagi o’zgarish: +8% Reklama harajatlari: oshkor etilmagan 24. American Express Brend qiymati: $24,3 mlrd Bir yil ichidagi o’zgarish: +4% Reklama harajatlari: $3,1 mlrd 25. Budweiser (Anheuser-Busch InBev) Brend qiymati: $23,4 mlrd Bir yil ichidagi o’zgarish: +5% Reklama harajatlari: oshkor etilmagan
Manba: http://lifehaq.uz/ © LifeHaq.uz

Download 46,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish