Amir Temur davridagi ilm-fan Amir Temur zamonida musiqa, badiiy adabiyot, rassomlik san’ati rivoj topib, yoshlarga she’r yozish, rasm chizish, musiqa asboblarini chalish, kitobxonlik, lison ilmi, husnixat o’rgatilar edi. Bu san’at turlari o’sha davr tarbiyasi tarkibiga kiritilgan edi. Amir Temur jismoniy tarbiyaga ham katta e’tibor bergan. Sharqda dilovarlik tarbiyasi, ya’ni yoshlarda mardlik, jasurlikni tarbiyalash asosiy masalalardan sanalgan. Yigitlar bolalikdan merganlik, chavandozlik, suvda suzish, ovchilik, qilichbozlik, shaxmat o’yini kabilarni mohir murabbiylardan o’rganib, bu borada mashq qilar edilar. Amir temurning o’zi kuchli lashkarboshi sifatida harbiy ilmning «Ming askar» uslubi asoschilaridan biri bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |