“Eng namunali Sardorlar Kengashi” tanlovining
NIZOMI
I. Umumiy qoidalar.
1.1. “Eng namunali Sardorlar Kengashi” tanlovining Nizomi (keyingi
o‘rinlarda “Tanlov” deb yuritiladi) umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, tuman
(shahar),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida
faoliyat olib borayotgan
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar
tashkilotining Sardorlar Kengashi
a’zolari o‘rtasida tashkil etiladigan tanlovni
o‘tkazish tartibini belgilaydi.
II. Tanlovning maqsadi.
2.1.Quyidagilar tanlovning asosiy maqsadi hisoblanadi:
-
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va uning qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti
hamda Sardorlar Kengashining faoliyati samaradorligini oshirish;
-umumiy
o‘rta ta’lim muassasalari, tuman (shahar), Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Sardorlar Kengashi
a’zolarining
o‘zaro do‘stlashishi va tajriba almashishi natijasida ularning ijtimoiy faolligini
oshirish;
- Sardorlar Kengashi
a’zolarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularda yoshlar
bilan ishlash
ko‘nikmalari, ijodiy va intellektual qobiliyatini rivojlantirish;
- Sardorlar Kengashi
a’zolarida yetakchilik va tashabbuskorlik qobiliyatlari,
erishgan yutuqlari va
ilg‘or tajribalarini ommalashtirishdir.
III. Tanlovni tashkil etish
va o‘tkazish tartibi.
3.1.Tanlov umumiy
o‘rta ta’lim muassasalari (maktab), mahalliy hamda
hududiy Sardorlar Kengashi
a’zolari o‘rtasida tashkil etiladi.
3.2.Tanlovda ishtirok tartibi:
-
“Eng namunali maktab Sardorlar Kengashi” tanlovida umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining Sardorlar Kengashi
a’zolari (14 nafar) o‘zlarining maktablari
nomidan qatnashadi.
-
“Eng namunali tuman (shahar) Sardorlar Kengashi” tanlovida mahalliy
Sardorlar Kengashi
a’zolari (14 nafar) o‘zlarining tuman (shahar)lari nomidan
qatnashadi.
-
“Eng namunali hududiy Sardorlar Kengashi” tanlovida hududiy Sardorlar
Kengashi
a’zolari (14 nafar) o‘zlarining hududlari nomidan qatnashadi.
3.3.
“Eng namunali hududiy Sardorlar Kengashi” tanlovi may oyida
“Kamalak” bolalar tashkilotining an’anaviy Anjumani doirasida o‘tkaziladi.
3.4
.“Eng namunali Sardorlar Kengashi” tanlovi uch shartda tashkil etiladi:
I shart:
“Bu bizning faoliyat...”.
Ushbu shartda ishtirokchi jamoalar
Sardorlar Kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlari va faoliyatlarini
badiiy chiqishlar orqali tanishtiradi. Chiqishda
ko‘rgazmali vositalardan
foydalanishga ruxsat etiladi. Shart uchun 5 daqiqa vaqt beriladi. 10 ballik tizimda
baholanadi.
II shart:
“Bizning imkoniyatlarimiz!”.
Ushbu shartda ishtirokchi
jamoalar keyingi
o‘quv yilida Sardorlar Kengashi yo‘nalishlaridan kelib chiqib,
bugungi kunda bolalar
o‘rtasida dolzarb bo‘lgan muammolardan yangi loyiha
tashabbusi bilan ishtirok etadi. Ushbu shart davomida loyiha tayyor jamlanma
shaklida hakamlar h
ay’atiga taqdim etilishi va sahnada ko‘rgazmali vositalardan
foydalangan holda himoya qilinishi lozim. Loyihaning mukammalligi,
g‘oyalarning yangi va kreativligiga qarab hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan 10
ballik tizimda baholanadi.
III shart:
“Intellektual ring”.
Ushbu shartda Sardorlar Kengashi a
’zolari
5 daqiqa ichida ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ma
’naviy-ma’rifiy, O‘zbekiston yoshlar
ittifoqi va
“Kamalak” bolalar tashkiloti hamda Sardorlar Kengashi faoliyatiga oid
10 ta savolga javob berishlari lozim. Ushbu shart 10 ballik tizimda baholanadi.
IV.
Hakamlar hay’ati tarkibini shakllantirish
4.1. Tanlovning hakamlar
hay’ati tarkibi tanlovning miqyosiga qarab
shakllantiriladi.
4.2. Hakamlar
hay’ati tarkibiga ishtirok etadigan jamoalarga aloqasi
bo‘lmagan vakillari kiritilishi lozim.
V.
G‘oliblarni taqdirlash
5.1. Tanlovda
g‘oliblikni ko‘lga kiritgan ishtirokchi jamoa “Kamalak” kubogi,
maxsus diplom hamda esdalik
sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |