Eng chuqur g`or – Jan Bernar. Fransiyaning Alp tog` tizmasida joylashgan. Chuqurligi – 1535 metr.
Eng chuqur joy – O`lik dengiz yaqinida joylashgan. Ushbu hudud Isroil va Iordaniya hududida joylashgan. Dengiz sathidan chuqurligi –405 metr.
Eng, Eng, Eng… (Gidrosfera bo`yicha)
Eng uzun daryo – Nil. Uzunligi – 6671 km. Daryo Sharqiy Afrika tog`liklaridan boshlanib (Kagera daryosidan) shimolga tomon harakatlanadi va O`rta dengiziga quyiladi.
Eng qisqa daryo – 17,7 metrni tashkil etadi. Ushbu dunyodagi eng qisqa daryo AQSHning Montana shtatidagi Greyt-Fols degan manzilidan oqib o`tuvchi va Missisipi daryosiga quyiluvchi Rou-River daryosining bir irmog`i aynan shu uzunlikdagi masofaga ega xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |