Eng sovuq materik – Antarktida. Ushbu muzli materik geografik o`rniga mos ravishda muz va qor bilan qoplangaligi boisdan unda sovuq iqlim xususiyatlari tarkib topgan. Bu yerda dunyodagi eng sovuq harorat kuzatilgan.
Eng baland materik – Antarktida.
Eng katta qit`a – Osiyo. Maydoni – 44 000 000 km.kv. Qit`a Yevrosiyo materigining sharqiy qismidagi katta hududlarni egallaydi. Yevropa qit`asidan Ural tizmasi orqali bo`linib turadi.
Eng kichik qit`a – Yevropa. Maydoni — 10 000 000 km.kv. Qit`a Yevrosiyo materigining g`arbiy qismidagi hududlarni egallaydi. Osiyo qit`asidan Ural tizmasi orqali bo`linib turadi.
Eng katta orol – Grenlandiya. Maydoni – 2 175 600 km.kv. Orol Tabiiy geografik jihatdan Shimoliya Amerika materigi hududining bo`lagi hisoblanadi. Siyosiy-ma`muriy jihatdan Daniyaga qarashli. Aholisi soni 57 000 kishi. Poytaxti – Nuuk shahri.