Eng baland suvlik va quruqlikdagi tog` – Gavayi orollarida joylashgan. Mauna-Loa nomi bilan ataladigan vulkanik-tog` Everestdan ham balandligi bilan ajralib turadi. Uni Tinch okeani tubidagi qismi bilan qo`shib hisoblaganda umumiy balandligi 10205 metrni tashkil etadi. Shundan 4205 metrlik qismi suv ostida joylashgan.
Eng baland harakatdagi vulqon – Janubiy Amerika materigidagi Lyulyaylyako vulqonidir. Balandligi — 6723 metr.
Eng katta tekislik – Amazonka. Maydoni – 5 000 000 km.kv. Janubiy Amerikaning shimoliy qismida, asosan Amazonka dayosining havzasini egallaydi.
Eng katta cho`l – Sahroi Kabir. Afrikaning shimoliy qismida joylashgan bo`lib, materikning 30% hududini egallaydi. G`arbdan sharqqa 4 800 km ga, shimoldan janubga 800-1200 km masofaga cho`zilgan. Maydoni 8 600 000 km.kv. Cho`l hududida 11 mamlakat joylashgan.