Respublikada iqtisodiyot barqaror o‘sishini ta’minlashga va aholining farovonlik darajasini
oshirishga, yoqilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan talab-ehtiyojni uzluksiz qanoatlantirishga
qaratilgan neft-gaz, elektr energetika, ko‘mir, kimyo, qurilish indust riyasini rivojlantirishning uzoq
muddatli strategiyasi amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, yoqilg‘i-energetika tarmog‘ining mavjud quvvatlari energiya resurslariga ortib
borayotgan talab-ehtiyojni to‘liq darajada ta’minlamayapti, mamlakatimiz iqtisodiyotining energiya
sarfi hajmi rivojlangan mamlakatlarning o‘rtacha ko‘rsatkichidan ancha yuqoridir.
Hozirgi vaqtda asosan gidroelektrostansiyalar ishlab chiqarayotgan qayta tiklanuvchi energiya
manbalari hissasiga mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi umumiy hajmining atigi o‘n
foizi to‘g‘ri kelmoqda. Nihoyatda katta salohiyat mavjud bo‘lishiga qaramasdan, quyosh va shamol
singari qayta tiklanuvchi energiya manbalarining imkoniyatlaridan to‘liq darajada foydalanilmayapti.
Shu munosabat bilan, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish,
energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish davlat
siyosatining hozirgi bosqichdagi dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishi lozim.
Ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olib, mavjud resurslarni va ishga solinmagan salohiyatni jalb etish
orqali energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi
energiya manbalarini keng joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya sarfi
hajmini keskin kamaytirish borasidagi ishlarni kompleks tashkil etish, shuningdek, yoqilg‘i-
energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish
to‘g‘risida”gi Qonunida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi imtiyoz va
preferensiyalar, shu jumladan quyidagilar:
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan sanadan e’tiboran besh yil muddatga soliqning barcha turlarini to‘lashdan;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq bo‘lgan)
o‘rnatganlik uchun ular foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran o‘n yil muddatga mol-mulk
solig‘ini hamda ushbu qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘ini to‘lashdan;
ishlab turgan energetika resurslari tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan yashash uchun mo‘ljallangan
joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan foydalanilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi
nazarda tutilgan;
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-noyabrdagi “Energiya resurslaridan oqilona
foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3379-son qarori bilan o‘rnatilgan tartibga
muvofiq, 2018-yil 1-yanvardan boshlab:
davlat organlari va muassasalarining bino va inshootlari, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joy fondini
loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, qurish va foydalanishga topshirishda ularda energiya
samarador va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanilganligi yuzasidan shaharsozlik
normalari va qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi;
yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari, barcha bino va inshootlarni loyihalashtirish,
rekonstruksiya qilish va qurishda, issiq suv ta’minoti uchun sertifikatlangan quyosh suv isitkich
qurilmalarini, shuningdek, energiya tejamkor lampalarni majburiy tartibda o‘rnatish ko‘zda tutiladi.
2. Energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta
tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha vazirlik va idoralarning, iqtisodiyot
tarmoqlari hamda ijtimoiy soha korxonalari va tashkilotlarining ishi qoniqarsiz deb topilsin. 3.
Ma’muriy binolarda, aholi punktlarida va ishlab chiqarish obyektlarida energiya samaradorligini
oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan foydalanish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilinishi yuzasidan davlat va
xo‘jalik boshqaruvi organlarining birinchi rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashining raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar hokimlari shaxsan javobgar
ekanligi ko‘rsatib o‘tilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion
rivojlanish vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda
tutuvchi 2019 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning
energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta
tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish kompleks dasturi (keyingi o‘rinlarda — Kompleks
dastur) ma’qullansin:
a) quyidagilarni:
qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirishning maqsadli parametrlarini 1-
ilovaga muvofiq tasdiqlash, ularning ulushini 2030-yilga borib elektr energiyasini ishlab chiqarish
umumiy hajmining 25 foizidan ko‘prog‘iga yetkazish;
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini yanada oshirish hamda qayta
tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish5. O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti,
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy
budjetlarining mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning o‘zlariga tegishli mablag‘lari,
shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining imtiyozli kredit
resurslari, xorijiy donorlarning texnik ko‘magi mablag‘lari (grantlari) Kompleks dasturning chora-
tadbirlarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda
bir oy muddatda Kompleks dasturni amalga oshirishga kredit resurslarini va texnik ko‘mak
mablag‘lari (grantlarni) jalb etish maqsadida xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya
tashkilotlari va xorijiy donorlar bilan muzokaralar olib borsin.
6. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq 2020-yil 1-yanvardan quyidagi tadbirlar O‘zbekiston
Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan har yili tasdiqlanadigan parametrlar doirasida
moliyalashtiriladi:
a) jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya
samarador gaz-goryelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq:
quyosh fotoelektrik stansiyalari uchun — 3 million so‘mdan;
quyosh suv isitkichlar uchun — 1,5 million so‘mdan;
gaz-goryelkali qurilmalar uchun — 200 ming so‘mdan oshmaydigan miqdorda kompensatsiyalar
taqdim etish;
b) jismoniy va yuridik shaxslarga qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya
samarador gaz-goryelkali qurilmalar va qozonlar, shuningdek, energiya samarador boshqa
uskunalarni xarid qilishga tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashga
quyidagi kompensatsiyalarni taqdim etish:
jismoniy shaxslarga — 500 million so‘mdan oshmaydigan kreditlar bo‘yicha — O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 8 foizli
punktdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
yuridik shaxslarga — 5 milliard so‘mdan oshmaydigan kreditlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 5 foizli punktdan ko‘p
bo‘lmagan miqdorda;
v) energiya samarador, energiya tejovchi texnologiyalar va uskunalarga, shuningdek, ularni sinash
metodlariga nisbatan talablarni o‘rnatadigan xalqaro standartlarni ishlab chiqish va qabul qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Energetika vazirligi ikki oy muddatda ushbu bandda
nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish mexanizmini belgilasin.
7. Belgilansinki, har yili: 15-sentabrga qadar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek,
energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha
hududiy komissiyalar kelgusi yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya
samarador va energiya tejovchi boshqa uskunalar bilan jihozlanishi, shuningdek, issiqlik himoyasini
yaxshilash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish lozim bo‘lgan obyektlar ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda –
Ro‘yxat)ga kiritish uchun Energetika vazirligiga takliflar kiritadi;
1-oktabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish
vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha, shuningdek, tuman va shaharlar kesimida
moliyalashtirishning aniq hajmlari va manbalarini ko‘rsatgan holda Ro‘yxatni shakllantiradi;
15-oktabrga qadar Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish
masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi Ro‘yxatni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
Ro‘yxatda nazarda tutilgan moliyaviy mablag‘larning hajmi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston
Respublikasining har yili tasdiqlanadigan Davlat budjeti parametrlariga kiritiladi.
8. Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
a) yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari barcha binolar va inshootlarni loyihalashtirish,
rekonstruksiya qilish va qurishda:
qurilish normalari va qoidalariga muvofiq binolarning energiya samaradorligini ta’minlash;
loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishda qurilish normalari va qoidalarining talablarini inobatga
olgan holda binolar va inshootlar energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari bo‘limini taqdim etish
majburiy tartibda nazarda tutiladi;
b) davlat organlari va tashkilotlari o‘z balansidagi binolar va inshootlarda yoritish tizimlari uchun
svetodiodli manbalarni o‘z ichiga olgan sensorli datchiklar, energiya samarador gaz-goryelkali
qurilmalarni o‘rnatishga majburdir;
v) mahsulot (uskunalar, tovarlar) va texnologiyalarning energiya samaradorligi darajasi yoki texnik
ko‘rsatkichlarini belgilash ularni O‘zbekiston Respublikasining akkreditatsiya qilingan organlari
tomonidan sertifikatlashtirishda majburiy hisoblanadi.
Qurilish vazirligi Energetika vazirligi va “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda 2019-yil 1-noyabrga
qadar:
yangidan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan bino hamda inshootlarning energiya
samaradorligiga nisbatan talablarni tubdan oshirish maqsadida shaharsozlik normalari va qoidalarini
qayta ko‘rib chiqsin;
bino va inshootlarning energiya samaradorligi darajasini (A, B, V va boshqa darajalar) belgilash
bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
9. “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat
vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligining 4-ilovadagi ro‘yxat bo‘yicha mamlakatimiz korxonalari
va tashkilotlarida energetika menejmenti tizimini xalqaro standartga (ISO 50001) muvofiq 2019-yil
1-dekabrdan 2023-yil 1-yanvarga qadar bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik
berilsin, mazkur tizimda quyidagilar nazarda tutiladi:
energiya iste’moli samaradorligini baholashning shaffofligi va xolisligi, korxonalarning energiya sarfi
hajmini pasaytirish, shuningdek, atmosferaga chiqariladigan chiqindilarni kamaytirish;
resurslarni, birinchi navbatda moliyaviy mablag‘larni minimal darajada sarflab energiya iste’molini
boshqarish samaradorligiga erishish, korxonalar aktivlarining kapitallashuv darajasini oshirish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish.
10. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “O‘zstandart” agentligi mas’ul vazirlik va
idoralar bilan birgalikda: bir oy muddatda energiya samarador, energiya tejovchi texnologiya va
uskunalarga nisbatan talablarni o‘rnatuvchi standartlashtirish bo‘yicha amaldagi normativ
hujjatlarni xatlovdan o‘tkazsin;
ikki oy muddatda 2019-2020-yillar davomida energiya samarador, energiya tejovchi texnologiyalar,
uskunalar va ularni sinash metodlariga nisbatan talablar o‘rnatuvchi zarur xalqaro standartlarni
qabul qilish tarmoq grafigini tasdiqlasin;
ikki oy muddatda 2020-yil 1-avgustga qadar energiya sarflovchi uskunalarni energiya samarador va
energiyani tejash ko‘rsatkichlariga muvofiqligini sinovdan o‘tkazuvchi zamonaviy laboratoriyalar
tashkil qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
11. 2019-yil 1-sentabrdan boshlab ilgari foydalanilgan generator uskunalari, kuchlanishni
pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellar, shuningdek, energiya samaradorligi D toifadagi
energiya sarflovchi uskunalarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish taqiqlansin.
Belgilansinki, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari uchun elektr texnika uskunalari va
qurilmalarini, shuningdek, butlovchi buyumlar va materiallarni xarid qilish “Hududiy elektr
tarmoqlari” AJ tomonidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
12. Quyidagilar:
Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha
respublika komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) yangilangan tarkibi 5-
ilovaga muvofiq;
energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha
hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Respublika komissiyasi (A.N. Aripov):
2019-yil 15-oktabrga qadar energiya samaradorligini oshirish va yoqilg‘i-energetika resurslarini
tejash ko‘rsatkichlarini aniqlash metodikasini tasdiqlasin;
2019-yil 20-oktabrga qadar kelgusida energiya samaradorligini baholash va yoqilg‘i-energetika
resurslarini tejash maqsadida energiya sarfi hajmi katta bo‘lgan korxonalar kesimida iqtisodiyot
tarmoqlari ro‘yxatini shakllantirsin;
2019-yil 20-dekabrga qadar 2020 — 2022-yillarda kamida 2,4 milliard kVt/soat elektr energiyasi, 2,4
milliard metr kub tabiiy gaz va 20 ming tonna neft mahsulotlarini tejashni nazarda tutuvchi
iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha energiya samaradorligini oshirish va yoqilg‘i-energetika resurslarini
tejash maqsadli ko‘rsatkichlarini tasdiqlasin;
zarur hollarda Kompleks dastur parametrlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin;
mazkur qarorda belgilangan vazifalarni bajarish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etsin va
muvofiqlashtirsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Respublika komissiyasi to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlasin.
13. Belgilansinki,:
a) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi:
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirishni ta’minlash, mulkchilik
shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar barcha toifadagi iste’molchilarda energiya tejovchi
texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish sohasida
yagona davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini
oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini
rivojlantirish sohasidagi loyihalarni muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, ularni amalga
oshirish davrida monitoring va hisobotlarni yuritish uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi organ sifatida
ishtirok etadi;
Respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi;
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha xalqaro agentlikda (IRENA) O‘zbekiston
Respublikasining milliy muvofiqlashtiruvchi organi hisoblanadi;
b) qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va
dasturlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan kelishilishi shart.
14. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar
yuklansin: iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish,
iqtisodiyotning energiya sarfi hajmini pasaytirish sohasida yagona davlat siyosatini olib borish,
shuningdek, energiya tejovchi ilg‘or texnologiyalar faol joriy etilishini rag‘batlantirish;
energiya samaradorligini oshirish maqsadida, shu jumladan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillashtirish
va o‘tkazish orqali investitsiya loyihalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
davlat organlari va tashkilotlarida, iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlarining ishlab chiqarish
jarayonlariga zamonaviy energiya samarador va energiya tejovchi texnologiyalar joriy etilishini
rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish, shuningdek, energiya resurslarini sarflash
samaradorligi monitoringini amalga oshirish;
xalqaro tajribani hisobga olib va zarur bo‘lganda, xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda energetika
auditi sohasidagi mutaxassislar va energetika xizmatlarini yetkazib beruvchilar malakasini oshirish
uchun treninglarni tashkillashtirish;
energiya auditorlari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilash, yoqilg‘i-energetika resurslari
iste’molchilari majburiy energetik tekshiruvdan o‘tkazilishi va tegishli tavsiyalar bajarilishining
monitoringini, shuningdek, energiya servis kompaniyalari faoliyati monitoringini amalga oshirish;
idoraviy mansubligidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar yuridik shaxslarga nisbatan yoqilg‘i-
energetika resurslaridan samarasiz foydalanganlik uchun iqtisodiy jazo choralarini qo‘llash.
15. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining markaziy apparati tuzilmasida Iqtisodiyot
tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorlik va energiya tejamkorlik bo‘yicha departament
tashkil qilinsin.
Tashkil etilayotgan bo‘linmani to‘ldirish maqsadida Energetika vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan 10 nafar boshqaruv xodimlaridan iborat
qo‘shimcha shtat birliklari quyidagilar hisobidan ajratilsin:
2 ta birlik — Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish
inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda – O‘zneftgazinspeksiya) hududiy bo‘linmalarining tegishli shtat sonini
qisqartirish hisobiga;
3 ta birlik — Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (keyingi
o‘rinlarda – O‘zenergoinspeksiya) hududiy bo‘linmalarining tegishli shtat sonini qisqartirish hisobiga;
5 nafari — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan
nazorat qilish inspeksiyasi hududiy bo‘linmalarining tegishli shtat sonini qisqartirish hisobiga.
16. Energetika vazirligi ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik
to‘g‘risidagi kodeksiga O‘zenergoinspeksiya va O‘zneftgazinspeksiyaning taqdimnomalarini
bajarmaganlik, shuningdek, majburiy energetik tekshiruvlar va ekspertizalar o‘tkazmaganlik uchun
javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. “O‘zeltexsanoat” uyushmasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va
tarmoq korxonalari bilan birgalikda 2020-yilning oxiriga qadar reaktiv quvvatni tiklovchi qurilmalar
(kondensator batareyalari), rele himoyasi mikroprotsessor bloklari, chastotali o‘zgartirgichlar, bir
tekis ishga tushirish qurilmalari hamda energiya tejovchi boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni
o‘zlashtirish choralarini ko‘rsin.
18. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bir
hafta muddatda quyosh suv isitkichlari, energiya samarador gaz-goryelkali qurilmalar hamda
energiya tejovchi boshqa turdagi uskunalarning afzalliklarini, shu jumladan davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari, uskunalarning qiymati va iste’molchilarning mablag‘lari tejalishi
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aholi o‘rtasida keng yoritish bo‘yicha media-rejani tasdiqlasin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar
kiritilsin. 20. Energetika vazirligi ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib
chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
takliflar kiritsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |