Bog'liq 3.UYLARDA UMUMFOYDALANTIRUVCHI ELEKTR QABUL QILGICHLAR
maishiy iste’molchilar — elektr energiyasidan maishiy ehtiyojlar uchun foydalanuvchi aholi (uy egaligi/kvartiralar xonalari va hududini yoritish, elektr-maishiy va boshqa asboblardan foydalanish, ovqat tayyorlash, isitish va issiq suv ta’minoti).
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2019-y., 09/19/520/3332-son) 4. Iste’mol qilingan elektr energiyasini hisobga olish uchun “O‘zstandart” agentligi yoki O‘zbekiston Respublikasining o‘lchov vositasi turini tasdiqlash to‘g‘risidagi sertifikatiga ega bo‘lgan hududiy bo‘linmalar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (EHNAT) mos keladigan hisobga olish asboblari qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang. Byuro iste’molchilar bilan birgalikda iste’mol qilingan elektr energiyasining amaldagi miqdorini aniqlash uchun ulardagi elektr energiyasini hisobga olish asboblari (maishiy iste’molchilardan tashqari) ko‘rsatkichlarini har oyda yozib olishi va zarur bo‘lganda elektr energiyasini hisobga olish asboblarini ulash sxemasini tekshirib ko‘rishi kerak. Iste’molchi tomonidan elektr energiyasi sarfi to‘g‘risida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va Byuroga belgilangan shakl bo‘yicha o‘z qo‘li bilan, faksimil, elektron yoki pochta aloqasi orqali taqdim etilgan hisobot yuridik shaxslar hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar uchun iste’mol qilingan elektr energiyasining amaldagi hajmini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son) EHNATning joriy etilishi munosabati bilan iste’molchilarning hisobga olish asboblaridagi ko‘rsatkichlar avtomatlashtirilgan tizimning texnik parametrlariga muvofiq, biroq bir oyda kamida bir marta yoki iste’molchining buyurtmasi bo‘yicha yozib olinadi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari shaxsiy hisobraqam va hisobga olish asboblarining holati haqida batafsil ma’lumotlar doimiy asosda shakllantirilishini va idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimiga real vaqt rejimida yuborilishini ta’minlaydi.
5. Iste’molchi o‘ziga tegishli elektr tarmoqlariga kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan qo‘shimcha elektr qurilmalarini ruxsat etilgan quvvat miqdori darajasida ulashi mumkin (elektr energiyasini isitish va issiq suv ta’minoti uchun qo‘llashdan tashqari).
Oldingi tahrirga qarang. 6. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, iste’mol qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, texnik qoidalar va me’yorlar talablariga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazorati qonun hujjatlariga muvofiq O‘zenergoinspeksiya tomonidan amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son) Oldingi tahrirga qarang. 7. Elektr energiyasining isrof qilib sarflanishi va iste’molchi elektr qurilmalarining avariya xavfini tug‘diradigan yoki odamlar hayotiga xavf soladigan qoniqarsiz texnik holati aniqlanganda, “O‘zenergoinspeksiya” elektr energiyasi yetkazib berishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.
“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan iste’molchida energiyadan nooqilona foydalanganlik, elektr energiyasini tejash bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni bajarmaslik holatlari aniqlangan taqdirda (imzolangan dalolatnomaga muvofiq), hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasidan nooqilona foydalanish bo‘yicha aniqlangan holatlardan kelib chiqqan holda energiya iste’molining shartnomadagi miqdorini kamaytirishga haqlidir.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2019-y., 09/19/520/3332-son) 8. Hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlaridagi avariyalarning oldini olish va bartaraf etish yoki odamlar xavfsizligini ta’minlash ishlari bilan bog‘liq kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur bo‘lganda, iste’molchi bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan, biroq uni darhol xabardor qilgan holda elektr energiyasini uzatishni uzib qo‘yish yoki cheklashga ruxsat etiladi.
9. Obyektning elektr ta’minoti loyihasida ko‘zda tutilgan o‘zaro zahiralanuvchi manbalarni avtomatik ishga tushirish yoki asosiy manbani qayta avtomatik tiklash vaqtida elektr energiyasining uzib qo‘yilishi (sabablaridan qat’i nazar) elektr ta’minotida tanaffus deb hisoblanmaydi.
10. Vakolatli davlat organlari maxsus qoidalar bo‘yicha foydalaniladigan elektr qurilmalarini qonun hujjatlariga muvofiq energetika nazoratidan o‘tkazadi.
11. Davlat energetika nazoratining amalga oshirilishi iste’molchilarni foydalanilayotgan elektr tarmoqlari, asboblar va uskunalarning zarur texnik holati va xavfsizligi ta’minlanishi, elektr energiyasi iste’molining belgilangan rejimiga rioya etilishi uchun javobgarlikdan, shuningdek, elektr energiyasidan foydalanish paytida paydo bo‘ladigan avariyalar, yong‘inlar, elektr energiyasini hisobga olish asboblarining nosozliklari va boshqa qoida buzarliklar to‘g‘risida hududiy elektr tarmoqlari tashkilotlarini darhol xabardor qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.
12. Elektr tarmoqlari, asboblar va uskunalarning texnik holatiga va ularni ekspluatatsiya qilishga qo‘yiladigan talablar, shuningdek, ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi elektr energetika sohasidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.