REJA: - Shisha ishlab chiqarish
- Energiya tejaydigan shisha paket
- Issiqlik fizik xossalari
Shisha ishlab chiqarish Shisha ishlab chiqarishda asosiy xomashyo sifatida kvars qumi, ohaktosh, soda va natriy sulfati ishlatiladi. Shisha qorishmasini pishirish haroratini pasaytirish uchun soda va natriy sulfati qo‘shiladi. Agar kvars qumi va sodadan iborat qorishmadan shisha olinsa, nim shaffof suvda eruvchan shisha bo‘ladi (Na,SiO,). Qorishma tarkibiga ohaktosh yoki dolomitni kiritish shishaning suvda erimasligini ta’minlaydi. Silikatli shisha 1500 °S haroratda maxsus shisha eritish xumdonlarida olinadi. Massa harorati 800 - 900 °S ga yetganda silikatlar hosil bo‘lish jarayoni boshlanadi. Harorat 1150 - 1200 °S bo‘lganda, massa shaffoflashadi, lekin tarkibida havo pufakchalari bo‘ladi. Shisha massasidagi havo aralashmalari 1500 °S da chiqib ketadi va shisha qiyomiga yetadi. Shisha olish ≪qayiq≫ usulida bo‘lib, cheksiz shisha tasmasini tortish demakdir. Shisha qalinligi tortish tezligi bilan boshqariladi. Vitrina va ko‘zgu oynalari silliqlanadi va shaffoflanadi. Shisha to‘g‘ri fazoviy panjara strukturasiga ega bo‘lmaganligi sababli xossalari barcha nuqtalarda bir xil emas. Bundan tashqari, shishaning muayyan erish harorati bo‘lmaydi. Shishada kechadigan pishirish va toblash jarayonlarini o‘rganish uning tarkibida mikrokristall hosilalar - kristallitlar hosil bo‘lishini ko‘rsatadi. Shishaning bu holati uning ≪mikrogeterogenligi≫ deyiladi. Kristallitlik nazariyasi asosida xossalari mukammallashgan, mo‘rtligi kam shishalar - sitallar yaratiladi. Shishaning o‘ziga xos strukturasi uning shaffofligini, mo‘rt!igini, atmosferamuhitiga, olovga chidamliligini, harorato‘zgarishiga ta’sirchanligini belgilaydi. Nazariy mustahkamligi. Deraza oynalarining cho‘zilishdagi mustahkamligi 6500-8000 MPa bo‘ladi. Shisha strukturasida mikro defektlar boganligi sababli haqiqiy mustahkamligi 30-90 MPabo‘ladi. Shishaning siqilishdagi mustahkamligi 700-1000 MPa, ba’zi hollarda 1200 Mpani tashkil etadi.Nur o‘tkazuvchanligi. Deraza oynalarining nur o ‘tkazuvchanligi 90-92 foiz, profillanganniki 84-86 foiz, shisha bloklamiki 80-85 foiz.Shisha nurni qaytarish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun va faqat 2 foiz numi o‘zi yutgani sababli nur o‘tkazuvchanligi, asosan, numing oynaga tushish burchagiga bog‘liq bo‘ladi. Deraza oynalari infraqizil nurlarni yaxshi, ultrabinafsha nurlarni esa yomon o‘tkazadi. Shisha zich material (2,5-2,6 g/sm3) bo‘lgani uchun tovushni yaxshi o‘tkazadi. Shu sababli binolarga tovush deraza oynalari orqali kirib, binoning ekspluatatsiya holatini yomonlashtiradi. Tovushni izolyatsiyalash deraza oynalarining qalinligi va ular orasidagi masofaga bog‘liq bo‘ladi. Shishaning issiqqa bardoshliligi haroratdan chiziqli kengayish koeffitsiyentiga, shisha xomashyosining kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Qurilish shi-shasining issiqqa chidamliligi 120 °S. Shisha tarkibiga kremniy, bor va shu kabilar qo‘shilib issiqdan chiziqli kengayish koeffitsiyenti, ya’ni issiqqa bardoshliligi oshiriladi. Elektr o‘tkazuvchanlik. Shishaning elektr o‘tkazuvchanligi uning kimyoviy strukturasiga, kremniy, bor, bariy, litiy va shu kabilarning oksidlari miqdoriga, mikroarmatura va fibroarmatura qo‘shilganiga bogliq bo‘ladi. Oddiy silikat shishasining xona haroratidagi solishtirma elektr qarshiligi 10'°—10≫ Om.sm., teshib o‘tish kuchlanishi 450 kV/sm2 tashkil qiladi. Texnologik xususiyatlari. Shishani va undan tayyorlangan buyumlami olmos bilan kesish, arralash, charxlash, shliflash, polirovkalash mumkin. Shishani 800-1000 °S list, nay, tola sifadda cho‘zish, payvandlash va puflab shakl berish, buyum olish mumkin. Shishaning ishlanuvchanligidan foydalanib, qurilish buyumlari, shishapaketlar, tola va matolar tayyorlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |