Matematik modellar qurish
Bu bosqichda qo‘yilgan muammolar konkret matematik bog‘lanishlar va munosabatlar, ya’ni funksiyalar, tengsizlik va xokazolar shaklida ifodalanadi. Matematik modellar qurish jaraeni matematika va tanlangan soha bo‘yicha ilmiy bilimlarning o‘zaro uyg‘unlashuvidan iborat. Bunda matematik modelni yaxshi o‘rganilgan matematik masalalar sinfiga tegishli bo‘lishi uchun xarakat qilinadi. Ba’zan shunday ham bo‘ladiki, qo‘yilgan masalani modellashtirish oldindan ma’lum bo‘lmagan matematik strukturalarga olib kelishi xam mumkin. XX asr o‘rtalaridan boshlab, turli fanlar va ularning amaliyoti ehtiyojlaridan kelib chiqib, matematik dasturlash, o‘yinlar nazariyasi, funksional analiz, o‘isoblash matematikasi kabi fanlari ham o‘z rivojini topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |