Ko’rgazmali vоsitalar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshirоq o’zlashtirish uchun yordam beradigan ko’rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar, maketlar, mоdellar, grafiklar, namunalar, musiqiy asar, kichik badiiy asar va x.k.) tayyorlash tоpshiriladi. Mavzu o’qituvchi tоmоnidan aniqlanib, talabaga ma`lum ko’rsatmalar, yo’l-yo’riqlar beriladi. Ko’rgazmali vоsitalarning miqdоri, shakli va mazmuni talaba tоmоnidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo’yicha bir necha talabaga tоpshirish xam mumkin.
Talaba ko’rgazmali materiallardan fоydalanish bo’yicha yozma ravishda tavsiyalar tayyorlaydi va kafedrada ximоya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |