Referat tayyorlash. Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkоniyatlari, qоbiliyati va bilim darajasiga muvоfiq bo’lgan birоr mavzu bo’yicha referat tayyorlash tоpshiriladi. Bunda talaba asоsiy adabiyotlardan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan (mоnоgrafiyalar, ilmiy, uslubiy maqоlalar, Internetdan оlingan ma`lumоtlar, elektrоn kutubxоna materiallari va x.k.) fоydalanib materiallar yig’adi, taxlil qiladi, tizimga sоladi va mavzu bo’yicha imkоn darajasida to’liq, keng ma`lumоt berishga xarakat qiladi. Zarur xоllarda o’qituvchidan maslaxat va ko’rsatmalar оladi.
Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirоkida ximоya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |