XL= ·L=2π·f·L=2·3,14·50·3=942 (Ω)
O’zgaruvchan tok zanjiri eng umumiy xolda R aktiv qarshiliklik o’tkazgich va L induktivli g’altak mavjud bo’lganda:
(Ω)
Elektr zanjiridan oqayotgan I1 tok:
(A)
ga teng.
6.12-masala. Keltirilgan elektr zanjirida R1=4 Ω li aktiv qarshilik va L=2 Gn li induktivlik ulangan bo’lib, tarmoqning umumiy qarshiligi Z ni aniqlang.
6.13-masala. Keltirilgan elektr zanjirida R1=10 Ω li aktiv qarshilik va L=4 Gn li induktivlik ulangan bo’lib, elektr zanjiridan oqayotgan tok I1=10 A ni tashkil etadi. Tarmoqning kuchlanishi U1 aniqlansin.
6.14-masala. Keltirilgan elektr zanjirida R1=8 Ω li aktiv qarshilik, L=3 Gn li induktivlik va S=5 mkF li kondensator batareyasi (sig’im) ulangan bo’lib, zanjirdan I1=5 A tok oqib o’tadi. Tarmoqqa ulangan elektr zanjirining U1 kuchlanishini aniqlang.
6.15-masala. Keltirilgan elektr zanjirida R1=10 Ω li aktiv qarshilik, L=5 Gn li induktivlik va S=8 mkF li kondensator batareyasi (sig’im) ulangan bo’lib, tarmoqqa ulangan umumiy qarshilik Z ni aniqlang.
6.16-masala. Keltirilgan elektr zanjirida R1=10 Ω li aktiv qarshilik, L=4,5 Gn li induktivlik va S=5,5 mkF li kondensator batareyasi (sig’im) ulangan bo’lib, zanjirdan I1=6,5 A tok oqib o’tadi. Tarmoqning UL kuchlanishini aniqlang.
4. Nazorat savollari
1. Qarshilikdan o’tayotgan elektr toki bajarayotgan ishning miqdori qanday formula orqali aniqlanadi?
2. Quvvat deb qanday kattalikka aytiladi va uning o’lchov birligi?
3. Quvvat va energiya orasidagi farqni tushuntirib bering.
4. Elektr energiya manbaining foydali ish koeffitsienti qanday nisbat bilan aniqlanadi?
5. Foydali ish koeffitsientini foizlarda aniklash formulasini keltiring.
6. Elektr energiyasining o’lchov birligi ayting.
1. O’zgaruvchan tok zanjirida S elektr sig’im mavjud bo’lganida vujudga keladigan XC reaktiv qarshilik nima deb nomlanadi?
2. O’zgaruvchan tok zanjirida L induktivlik mavjud bo’lganda vujudga keladigan XL reaktiv qarshilik nima deb nomlanadi?
3. O’zgaruvchan tok zanjiri eng umumiy xolda R aktiv qarshiliklik o’tkazgich, L induktivli g’altak, S sig’imli kondensator va tok manbaidan iborat bo’lganida, uchta qarshilik R, XL, va XC ketma-ket ulangan bo’lib, zanjirning to’la qarshiligi Z qanday aniqlanadi?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Steven W. Blume, Electric ‘ower system basics, 2007.
2. N.Jabborov, M.Yakubov, Elektrotexnika va elektronika asoslaridan masalalar to’plami, O’quv qo’llanma, Toshkent, 2004.
3. M.Ismoilov, M.G.Xaliulin, «Elementar fizika masalalari», Toshkent, 1993.
3-MODUL. ELEKTR ENERGETIKA SOHASI
MAVZU. TRANSFORMATOR VA ELEKTR MASHINALARI BILAN TANISHISH
Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarga transformator va elektr mashinalariga oid ma’lumotlarni berish, hamda bilim va ko’nikmalarni masalalar yordamida shakllantirishdan iborat.
Mashg’ulotning rejasi: 1. Nazariy qism.
2. Amaliy mashg’ulotga doir namunaviy masalalar yYechish.
3. Amaliy mashg’ulotni bajarishga oid mustaqil variantlar.
4. Nazorat savollari.
Tayanch so’zlar va iboralar: transformator, cho’lg’am, elektromagnit, transformator koeffitsienti, energiya, o’zgarmas tok, generator, quvvat, yakor, cho’lg’am, chastota.
1. Nazariy qism.
Transformatorlarning birlamchi cho’lg’amida elektr energiya elektromagnit energiyaga va ikkilamchi cho’lg’amida elektromagnit energiya qayta elektr energiyaga aylanadi (7.1-rasm).
7.1-rasm. Transformatorning prinsipial sxemasi
Birlamchi va ikkilamchi cho’lg’amda induksiyalangan EYuKlar quyidagicha ifodalanadi:
bunda, f - transformatsiyalanayotgan o’zgaruvchan tokning chastotasi, (Gts);
Do'stlaringiz bilan baham: |