STANSIYA VA PODSTANSIYALARNI YASHINDAN HIMOYALASH
Reja:
16.1. Yashinning parametrlari va uning ta’siri. Bino va inshootlarni yashindan ximoyalash.
16.2. Podstansiyalarni atmosfera va ichki o‘takuchlanishlardan ximoyalash.
Ximoya zonalarini hisoblash. Yashindan ximoyalash qurilmalarini konstruktiv bajarish.
Tayanch so‘z va iboralar:
Yashin tushunchasi, o‘ta kuchlanish, ichki o‘ta kuchlanish, tashqi o‘ta kuchlanish, yashinqaytargich, razryadnik, tross, ximoyalash radiusi. Atmosfera va ichki o‘ta kuchlanishlardan ximoyalash, ximoya zonalarini hisoblash, tik yashinqaytargich, trosli yashinqaytargich, yakka yashinqaytargich, ikkita yashinqaytargich, uch va to‘rttali yashinqaytargich
16.1. Yashinning parametrlari va uning ta’siri.
Elektr tizilmalarining izolyatsiyasi sanoat chastotasidagi kuchlanish ostida uzoq muddatli davomli normalg‘ ishlashidan tashqari, ekspluatatsiya sharoitida yuz beradigan qisqa vaqtli tabiatdagi va kommutatsion xarakterdagi o‘ta kuchlanishlarda ham chidamli bo‘lishi kerak.
O‘ta kuchlanish ostida elektr tizilmalarining izolyatsiyasiga kuchlanishning ortishi natijasida xavf tug‘iladi.
Tabiatdagi o‘ta kuchlanish elektr tizilmalariga chaqmoqning tushishi, chaqmoqni yerga o‘tish vaqtida hamda yaqin turgan ob’yektlar va jihoz larga ta’siri natijasida yuzaga keladi. Kommutatsion (ichki) o‘ta kuchlanish turli xil kommutatsiya jihoz larini normal rejimda ekspluatatsiya qilish mobaynida, shuningdek, avariyali va jaroxatlarni bartaraf etishdagi kommutatsion jarayonlarni amalga oshirish vaqtida yuzaga keladi.
Elektr tizilmalarining ishonchli ishlashi faqat qo‘llanilgan izolyatsiyaning mustahkamligi kutilgan kuchlanish sathida uzoq muddatli va o‘ta kuchlanish rejimlariga bardosh berishi orqali kafolatlanadi. Izolyatsiyaning mustahkamligi sanoat chastotasidagi kuchlanish va impuls kuchlanish ostidagi izolyatsiyaga chizilish kuchlanishining ta’siri orqali tavsiflanadi. Elektr tizilmalarining tegishli izolyatsiyasining kafolati sanoat chastotasidagi tekshiruvchi kuchlanishning to‘la impulsi,hamda kommutatsiya impulsining kattaliklari orqali belgilanadi. Bu kattaliklar bildirgich adabiyotlarda keltiriladi ( A-3.J-21.1).
Elektr qurilmalarining izolyatsiyasi tashqi ya’ni ochiq havoda ishlaydigan, hamda ichki, bularga moyli, gazli yoki boshqa turlicha bo‘lib, atrof-muxit haroratidan ximoyalovchi xillariga bo‘linadi. Elektr qurilmalarining ichki izolyatsiyasi tashqi singari kuchlanishnig u yoki bu qutblari impulsiga tekshiriladi. To‘la tabiatan impul’sda front uzunligi Tf=(1,20,36) mks va impuls uzunligi sTi=(5010) mks, kesilgan tabiat impul’sining oldi razryadanish vaqti Ts kamida 2 mks bo‘lishi kerak. Kuch transformatori, kuchlanish transformatori va moyli reaktorlar uchun oldi razryadanish vaqti Ts 2-3 mks bo‘lishi talab etiladi. Elektr qurilmalarining izolyatsiyasini tekshirishda kommutatsiya impul’sining quyidagi formalari qabul qilingan: nodavriy va tebranuvchi standart nodavriy kommutatsiya impul’sining ko‘tarilish vaqti T’=(25050) mks, impul’s davomiyligi Ti=(25001500) mks. Standart tebranuvchi kommutatsiya impul’si izolyatsiyaning tipiga bog‘liq bo‘lib, ko‘tarilish vaqti T’=(504000) mks, impul’s davomiyligi Ti=(5007500) mks.
Bino va inshootlarni yashindan ximoyalash.
Har qanday elektr tizilmalarining izolyatsiyasining mustahkamigi, shu tizilmaning ishchi kuchlanishining maksimal sathidan, shuningdek ichki o‘ta kuchlanishning bo‘lishi mumkin bo‘lgan sathidan yuqori bo‘lishi kerak. Mustahkamlik darajasining ortishi o‘z navbatida elektr tizilmalarining narxini ortishiga olib keladi. Shuning uchun tabiatan va ichki o‘ta kuchlanishlarda izolyatsiyaning mustahkamligi bo‘lishi mumkin bo‘lgan maksimal qiymatlardan katta bo‘lishi iqtisodiy jixatdan samarali emas. Ichki o‘ta kuchlanishlar satxini kamaytirish yo‘llari neytralning yerlatkichlarini ish rejimlarini tanlash, elektr stansiya va tarmoqlarini ulanish sxemalari,o‘chirgichlarda rezistorlar qo‘llash, shuntlovchi kontaktlar qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Elektr tizilmalarini tabiatan o‘ta kuchlanishdan, shuningdek kam ehtimoli bo‘lgan maksimalg‘ ichki o‘ta kuchlanishdan maxsus ximoyalash vositalari bo‘lishi zarur. Asosiy ximoya vositasi sifatida turlicha ventilli razryadniklar qo‘llaniladi. Elektr tizilmalarining ximoyasini ta’minlashda muhim sifatlaridan biri, izolyatsiya koordinatsiyasi bo‘lib, elektr qurilmalarining turli izolyatsiyalari orasidagi zarur bo‘lgan tegishli mustaxkamlikni ta’minlash tushiniladi. Elektr qurilmalarining har qanday rejimlarida izolyatsiyani tegishli mustahkamligi ximoya vositalarini tavsiflariga mos tushishi lozim.
Tabiatan o‘ta kuchlanish yaxlit xolda elektr tarmog‘ining nominal kuchlanishiga bog‘liq bo‘lmay, aksincha ichki o‘ta kuchlanish sathi tarmoqning nominal kuchlanishiga bog‘liq. Shuning uchun kuchlanishi 220 kV gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida o‘ta kuchlanishdan ximoyalanish izolyatsiyasi tabiatan o‘ta kuchlanish sathi bo‘yicha, 330 kV va undan yuqori kuchlanishlarda esa ichki o‘ta kuchlanish sathi bo‘yicha ta’minlanadi. Elektr tizilmalarining asosiy elementlaridan biri, yerlatkich qurilmasi bo‘lib, u elektr tizilmalarini zarur bo‘lgan normal ishlash rejimini ta’minlashi, ularni o‘ta kuchlanishdan ximoyasi, shuningdek elektr tizilmalarni ekspluatatsiyasini xavfsiz bo‘lish sharoitini yaratish uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |