ELEKTR STANSIYA VA PODSTANSIYA MAYDONIGA TQ NING JOYLASHUVI
Reja:
12.1. Elektr stansiya va podstansiya maydoniga TQ ning joylashuvi. 12.2. Tuman va uzlaviy podstansiyaga TQ ning joylashuvi
Tayanch sO‘z va iboralar:
umumiy ma’lumotlar, TQni joylashtirish, asosiy talablar, qisqa tutashuv toklarini kamaytirish choralari
12.1. Elektr stansiya va podstansiya maydoniga TQ ning joylashuvi.
Issiqlik elektr stansiyalarida inshootlarning umumiy joylashtirilishi (kompanovkasi) oldingi mavzularda ko‘rib o‘tilgan edi. Bu yerda shuni qayd qilish lozimki, IEM dagi 6 (10) kV ln GTQ, odatda, bosh korpus oldida, turbina bo‘limi tomonida joylashgan bo‘lib, uning orqasida OTQ bo‘ladi. Blokli issiqlik stansiyalarida OTQ bosh korpusning turbina bo‘lim tomonida suv keltiruvchi kanal orqasida yoki qozon bo‘limi tomonida joylashadi. Oxirgi holda kuchaytiruvchi transformatorlardan kelayotgan liniyalarni bosh korpus ustidan oshirib o‘tkazish kerak bo‘ladi. Agar elektr stansiyalarda ikkita kuchaytirilgan kuchlanish qo‘llanilsa, unda bog‘lovchi avtotransformator, odatda, yuqori kuchlanishli TQ yoniga o‘rnatiladi. 35 kV li YTQ larga o‘z ehtiyojining zahiradagi transformatori kabel bilan akkumulyatorlar batareyalarining panellari uchun xona nazarda tutiladi. Agar 500 kV li shuntlovchi reaktorlar o‘rnatish mo‘ljallangan bo‘lsa, ular temir yo‘l izi bo‘ylab o‘rnatiladi.
Ko‘ndalang bog‘langan issiqlik elektr stansiyalarida (IEM) 6 va 0,4 kVli O‘z ehtiyojining taqsimlash qurilmalari turbina va qozon bo‘limlar o‘rtasida deaerator xonasi tagida joylashadi.
12.2. Tuman va uzlaviy podstansiyaga TQ ning joylashuvi
Podstansiya maydonidagi hamma inshootlar shunday joylashtirilishi lozimki, qurish va montaj paytida, shuningdek, asbob–uskunalarni ta’mir qilishda turli harakatlanuvchi va statsionar yuk ko‘tarish qurilmalaridan foydalanish mumkin bo‘lsin. 12.1–rasmdan ko‘rinadiki, 110 kV li o‘chirgichlar qatori bo‘ylab va transformatorlar oldidagi yo‘ldan o‘tish mumkin. Bundan tashqari 35 kV li OTQ ga asbob–uskunalarni to‘siqning olinadigan zvenosi orqali olib kelish mumkin. Kuch transformatorlari podstansiyaning o‘rtasiga joylashib, 110, 35 va 6–10 kV li bog‘lanishning minimal uzunligini ta’minlaydi. 35 kV li OTQ ni transformatorlarning o‘ng yoki chap tarafiga joylashtirish variantlarini qo‘llash mumqin. Ko‘rilayotgan podstansiyadagi 110 kV li OTQ zavodda ishlab chiqarilgan yirik uzellardan tayyorlangan. 35 kV li OTQ KT’–35 da qo‘llaniladigan bloklardan tayyorlangan. 6–10 kV li TQ K–37 seriyali KTQ shkaflaridan tayyorlangan. podstansiya maydonida o‘chirgichlarning boshqarish tizimiga siqilgan havo yuborish uchun kompressor agregatini o‘rnatish mo‘ljallangan. O‘z ehtiyojining nazorat va kuch kabellari hamda havo yo‘llari yer ustidagi novlarga YTQ tiziladi. Umum podstansiya boshqarish punkti (O‘U) da o‘z ehtiyojining va releli ximoyaning boshqarish panellari, aloqa qurilmalari, tashqaridan keladigan brigada uchun ustaxona; xizmat xonasi va boshqalar joylashgan.
Agar transformator podstansiyada reviziya qilinsa, u holda transformatorning kojuxi yoki o‘zagini ko‘tarishga yordam beradigan ajraladigan portalni o‘rnatish uchun maxsus joy qilinadi. Kuchli transformatorli (avtotransformatorli) podstansiyalarda transformatorning shinalari mahkamlangan umumiy portal yordamida reviziya qilinadi, portalning kuchaytirilgan traversasi esa kojux yoki o‘zakni ko‘tarishga mo‘ljallangan.
Ochiq tok o‘tkazuvchilar
Generator va transformatorlarni 6–10 kV li taqsimlash qurilmalari bilan elektrik ulash egiluvchan tok o‘tkazuvchi yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bunday tok o‘tkazuvchilar aylana bo‘ylab bir xil taqsimlangan alyuminiy simlar bog‘lamidan tashkil to‘gan bo‘lib, siljimasligi uchun ularni halqa oboymalarga mahkamlanadi. Tok o‘tkazuvchi simlar mahkamlangan halqa, mexanik yuklamani qabul qiluvchi po‘lat-alyuminiy simlarga mahkamlanadi. Simlar soni tokning tejamli zichligini hisobga olib aniqlanadi. Yuk ko‘taruvchi simlar taranglovchi marjonlarda bosh korpusning devori va tayanchlariga osilgan. Halqa–oboymalar orasidagi masofa 1 m qilib olinadi. Egiluvchan o‘tkazgichlardan bosh korpusning devoridagi va GTQ dagi liniya chiqqichlariga o‘tish maxsus uchlik tuzilma yordamida amalga oshiriladi.
Egiluvchan tok o‘tkazuvchilar fazalari orasidagi masofa 3 m ga teng.
Egiluvchan tor o‘tkazuvchilar ishda ishonchli, tayyorlash oson hamda uncha qimmat emas. Bu ularni IEM da keng qo‘llashga olib keldi.
podstansiyalarda kuch transformatorlarini 6–10 kV li TQ lar bilan shinali ko‘prik yordamida ulanadi. Bikr shinalar metall yoki temir–beton konstruktsiyalarda o‘rnatilgan shtirli izolyatorlarga mahkamlanadi. Fazalar hamda izolyatorlar orasidagi masofa hisob bo‘yicha olinib, odatda 6–10 kV li qurilma uchun: fazalar orasidagi zmasofa 0,6–0,8 m, izolyatorlar orasi 1–1,5 m qilib olinadi. TQ dan chiqqich bilan transformatorning oldida shinali kompensatorlar bo‘ladi. Bunday ulanishning afzalligiga uning oddiyligi, uzunligi katta bo‘lmaganda – ishonchliligi bilan tejamkorligi kiradi. Shinali ko‘prikning uzunligi ortishi bilan izolyatorlar soni bilan qiymati ortadi, ishonchliligi kamayadi, chunki izolyatorlar bo‘yicha fazalarning qisqa tutashish ehtimoli, ayniqsa ular ifloslanganda ko‘p bo‘ladi. Shu sababli issiqlik elektr stansiyalarida ochiq shinali ko‘priklar, odatda, qo‘llanilmaydi. Gidroelektrostansiyalarda generatorlar kuchaytiruvchi transformator bilan shinali ko‘prik yordamida ulanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |