Uch fazali transformator (745 50-sonli katalog):
Uch fazali transformator uchta bir fazali transformatorlardan tashkil topgan; birlamchi va ikkilamchi chulg’amlar elektr tokidan izolyasiya qilingan. Zarur hollarda, sxemaga deltani kompensasiyalash chulg’ami qo’shilishi mumkin. Biroq bu yerda tavsiflangan tajribalar uchun bu talab qilinmaydi.
Birlamchi klemmalar 1U1-1U3, 1V1-1V3, 1W1-1W3 bilan belgilangan; yulduz sxemasi yoki uchburchak konfigurasiyasi bo’yicha ulanish mumkin.
Ikkilamchi klemmalar 2U1-2U6, 2V1-2V6, 2W1-2W6 belgilariga ega bo’lib, joiz neytral nuqtali yulduz bilan ulanish uchun mo’ljallangan. Turli tarmoqlardan foydalanib, UN= 380V nominal kuchlanishga qo’shimcha quyidagi kuchlanishni olib tashlash mumkin: UN + 5%, UN - 5%, UN - 10%, UN - 15%, har bir holatda 1,2 A maksimal tokda.
VDE standartiga muvofiq kuchlanishning normal miqdorlaridan farqli ravishda bu yerda keltirilgan miqdorlar salt yurish miqdorlari hisoblanmaydi, balki nominal tokda (= 1,2 A) yuklama ostida yuzaga keladigan kuchlanishni o’z ichiga oladi.
Uchburchakni kompensasiyalash chulg’ami 3U1 - 3U2, 3V1 - 3V2 va 3W1 - 3W2 chiqish qismlari belgilariga ega. Ular bu yerda tajribalar o’tkazish uchun talab qilinmaydi.
uK transformatorning qisqa tutashuv nisbiy kuchlanishi 13% ni tashkil etadi.
Kuchli tokni ulab-uzgich qurilmasi moduli (745 56-sonli katalog):
Avtomatik ulab-uzgich qurilmasi uch fazali ishlash uchun mo’ljallangan bo’lib, turli tajribalarda ta’minotni ulash va uzib qo’yish uchun xizmat qiladi. Uni dastaki usulda, rele kontakti orqali yoki dasturlanadigan logik boshqaruv yordamida faollashtirish mumkin.
Dastaki boshqaruv – tarmoqning amalda ishlash holatida mahalliy boshqaruvga ekvivalent. Rele kontaktini, boshqa tomondan, faqat tarmoqning himoya relesidan kuchli tokni ulab-uzgich qurilmasiga ajratish buyrug’i yuzaga keltiradi. Tarmoqni faqat qayta dastaki almashlab ulash mumkin, bu xizmat ko’rsatuvchi xodimdan tasdiq bo’ladi.
Ta’minotni avtomatik ulab-uzgich qurilmasini, zarur hollarda, dasturlanadigan logik boshqaruvga chiqish orqali ulash va uzib qo’yish mumkin.
Ta’minot kuchlanishi 230V o’zgaruvchan kuchni tashkil etadi; sariq rangli yorug’lik diodi ishga tayyorlikdan dalolat beradi.
Ulash va uzib qo’yish holati, tegishli ravishda, qizil va yashil rangli yorug’lik diodlari bilan belgilanadi.
Bitta ajratuvchi kontakt yordamchi yoki indikatorli kontakt sifatida integrasiyalangan bo’lib, undan, masalan, dasturlanadigan logik boshqaruv bilan foydalanish mumkin.
Bundan tashqari, TTL-chiqish qismidan foydalanish mumkin. Asosiy kontakt ajratilganda logik «I», u ulanganda logik «0» o’rnatiladi. TTL-chiqish qismidan tarmoqni himoyalash relesi bilan tajribalar uchun foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |