2.7. Nol ketma-ketlikda impedans o’lchoviga doir tajribalar
Tajribadan ko’zlangan maqsad:
Uzatish liniyasi modelining nol ketma-ketligi to’liq qarshiligini aniqlash uchun o’lchovlar usullaridan foydalanish va ushbu miqdorni nazariy bo’limda ko’rsatilgan miqdor bilan solishtirish.
Uskunalar ro’yxati va tajribani amalga oshirish
Miqdori
|
Toifa raqami
|
Nomi
|
1
|
74550
|
Uch fazali transformator TL380KV
|
1
|
74551
|
Elektruzatish liniyasi (EUL) modeli 380 kV
|
1
|
745561
|
Kuchli tok ulab-uzgich qurilmasi moduli
|
|
|
Qo’shimcha qismlar
|
1
|
726256
|
Panel ramasi VT160, uch darajali
|
1
|
72675
|
FCCB bilan uch fazali ta’minot bloki
|
5
|
50059
|
10 ta xavfsizlik tiqin-qopqog’idan iborat to’plam, qora rangli
|
1
|
500591
|
Probka-tutashtirgichlar, sariq-yashil rangli, 10 donadan iborat to’plam
|
1
|
500851
|
Himoyaviy biriktiruvchi simlar, 32 A, 32 donadan iborat to’plam
|
1
|
500852
|
Himoyaviy biriktiruvchi sim, 32 A, sariq / yashil rangli, 10 dona
|
|
|
Qo’shimcha ravishda quyidagilar tavsiya etiladi:
|
1
|
727100
|
CASSY quvvat tahlil qilgich
|
1
|
524220
|
CASSY Laboratoriya 2
|
|
|
Xohish-istakka ko’ra
|
1
|
72731
|
Elektromagnitli o’lchov uskunasi 1 A
|
1
|
72738
|
Elektromagnitli o’lchov uskunasi 600 V
|
Tartibot:
Quyidagi rasmga muvofiq sxemani yig’ing.
Ko’prik tiqin-qopqoqlaridan foydalanilgan holda, uzatish liniyasining butun uzunligini barcha sig’imlar bilan birga modellash kerak; so’ngra uch fazali transformatorda kuchlanishni UN - 5% miqdoriga o’rnating.
Kuchlanish va tokni o’lchash hamda koeffisiyentlarni belgilash orqali liniyaning nol ketma-ketligi to’liq qarshiligini aniqlang:
U = 220 V I = 0,7 V Z0 = 314 Om
Nazariy bo’limda taqdim qilingan ma’lumotlarga asosan, bu yerda foydalanilayotgan uzatish liniyasi uchun nol ketma-ketlik impedansi 50 Gts chastotada Z0 = (46 + j 325) Om miqdoriga ega. Z0 miqdori taxminan 330 Om ni tashkil etadi.
O’lchangan miqdorni 1.6-bo’limidagi hisob-kitobdan kutilgan miqdor bilan solishtiring.
Natija:
O’lchov aniqligini va tarkibiy qismlardan foydalanish imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda, o’lchov usullari yordamida aniqlangan miqdor nazariy jihatdan kutilayotgan nol ketma-ketlik impedansi bilan yetarlicha yaxshi muvofiqlashadi.
Izoh. Statik tizimlarda (havoda tortilgan elektruzatish liniyalari, kabellar, transformatorlar) teskari ketma-ketlikning to’liq qarshiligi bevosita faza ketma-ketligining to’liq qarshiligiga teng va tegishli ravishda, o’lchovlarni talab qilmaydi. To’liq qarshilikning nol fazasi ketma-ketligi uchun olingan natija faqat 380 kV havoda tortilgan elektruzatish liniyali va bitta yerga ulanish simli tizimga tegishlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |