12.3. Nazorat qilish va hisobga olish tizimlarining vazifalari
12.1. Tijorat va texnik ENHAT
Vazifasi boʻyicha sanoat korxonalarining ENHATlari tijorat va texnik asosida
hisobga olish tizimlariga boʻlinadi. Tijorat asosida hisobga olish tizimi deb, iste’mol
qilingan elektr energiyaga toʻlovni amalga oshirish uchun foydalaniladigan hamda
energiyani hisobga olish tizimiga aytiladi (mos ravishda tijorat asosida hisobga olish
tizimi uchun ishlatiladigan asboblar tijorat hisobga olish asboblari deyiladi). Texnik yoki
nazorat qilish orqali hisobga olish tizimi deb, korxona ichida uning boʻlimlari va
obyektlarida texnologik jarayonlarini nazorat qilish uchun hisobga olishga aytiladi.
Texnik asosidagi hisobga olish tizimi tijorat tizimining asosini tashkil etadi.
Texnik hisobga olish elektr energiyadan foydalanishni joriy boshqarish,
rejalashtirish, me’yorlashtirish va tahlil qilish funksiyalari bajarilishi uchun axborot
bazasini tashkil etadi. Sanoat korxonalarida elektr energiyani texnik hisobga olishning
olib borilishi quyidagilarga imkon beradi:
• sexlarda elektr energiyadan noratsional foydalanishni aniqlash;
• elektr energiyani tejash boʻyicha rag‘batlantiradigan iqtisodiy omillarni kiritish;
• energiya resurslarini tejash va mahsulot birligiga toʻg‘ri keladigan elektr energiya
sarfi miqdorini kamaytirish.
Texnik hisobga olish tizimining vazifasi katta oʻlchamligi va murakkabligi bilan
ajralib turadi. Hozirgi vaqtda texnik hisobga olish tizimi taqsimlash va transformator
podstansiyalari pog‘onasida amalga oshirilmoqda.
Ikki turdagi tijorat va texnik hisobga olish tizimi oʻziga xos xususiyatlarga ega.
Tijorat asosida hisobga olish tizimi konservativ (mutaasib) tizim boʻlib, u oʻrnatilgan
energiya ta’minoti sxemasiga ega. Bu tizim uchun yuqori aniqlikdagi hisoblash asboblari
oʻrnatilishini talab qiladigan uncha katta boʻlmagan iste’mol nuqtalarining boʻlishi
xarakterli, past va oʻrta pog‘ona ENHATlari vositalarining oʻzi esa Oʻz Standart
agentligining oʻlchash vositalari reestridan tanlanishi kerak. Bundan tashqari, tijorat
asosida hisobga olish tizimlari majburiy tartibda muhrlanadi, bu korxona xodimi
tomonidan nazarda tutilmagan operativ oʻzgartirishlarning kiritilishi mumkinligini
cheklaydi. Texnik hisobga olish tizimi aksincha, ishlab chiqarishga oʻzgarayotgan
talablarni aks ettirish bilan dinamik va doimo rivojlanmoqda. Texnik hisob asosida
nazorat qilish tizimi Oʻz Standart oʻlchash vositalari reestriga kiritilmagan asboblardan
foydalanishga ruxsat etadi, lekin bunda tijorat va texnik hisobga olish tizimlaridan
energiya resurslaridan foydalanish boʻyicha ma’lumotlar nobalansi sabablarini
aniqlashtirilishiga bog‘liq muammolar vujudga kelishi mumkin. Energiya ta’minoti
tashkilotlari hisoblagichlarida muhrlashning boʻlmasligi korxona bosh energetigi
xizmatiga energiya resurslarini texnik nazorat qilish va korxona energiya ta’minoti
sxemasiga
kiritilgan
joriy
oʻzgartirishlar,
hisoblagichlari
koʻrsatkichlariga
oʻzgartirishlarni kiritish imkoniyatini beradi. Tijorat va texnik hisobga olish tizimlarining
bu kabi oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olib, sanoat korxonalarida ENHATni qurish
va uni ishlatish bilan iqtisodiy sarfxarajatlar narxini optimallashtirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: