Energetik audit



Download 1,57 Mb.
bet26/94
Sana11.04.2023
Hajmi1,57 Mb.
#927083
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94
Bog'liq
Energetik audit

mavzu. Energoaudit o’tkazish tartibi va monitoringi.

Reja:


Energetik tekshiruvlarini o’tkazish tartibi va monitoringi.
Energiya samaradorligi ko’rsatkichlari tahlili va uning nazorat turlari. Energoaudit ma’lumotlarini monitoring qilishda innovasion ishlanmalar.

Energetik auditor energetik natijaviylikni yaxshilash imkoniyatlarini tahlil qilish va quyidagilar asosida aniqlashi kerak:


ж) O’z bilimi va professional malakasi;
з) Tizimdagi ehtiyojlarga e’tibor qaratish uchun konstruksiya va konfigurasiya parametrlarini baholash;
Izoh 1: Bitta mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishi uchun ketadigan tizimdagi minimal energiya iste’moli.
и) Auditdan o’tkazilgan obyektlarning to’liq xizmat ko’rsatish davri, ahvoli, ish faoliyati va ularga xizmat ko’rsatish (remon) darajasi;
к) Amaldagi energiyadan foydalanish texnologiyasining bozorda mavjud eng samarali texnologiya bilan taqqoslanishi;
л) Eng yaxshi amaliyot, shuningdek ish faoliyatini nazorat qilish va xulq – atvor;
м) Kelajakdagi energiyadan foydalanish va ish faoliyatdagi o’zgarishlar.
Izoh 2: Energetik natijaviylikni yaxshilashgan qaratilgan imkoniyatlar bilan bir qatorda, ularga qo’shimcha ravishda alternativ eneregiya manbaalari, yoqilg’ini almashtirish, issiqlik va elektr energiyasini birgalikda ishlab chiqarish, qayta hosil bo’luvchi energiya manbaalari bo’yicha takliflar kiritish mumkin.
Joriy energetik natijaviylikni tahlil qilish bosqichida, energetik auditor belgilangan energetik audit ko’lami doirasidagi joriy energiyadan foydalanishlarning energetik natijaviyligini aniqlab olishi va uni baholashi kerak.
Joriy energetik natijaviylik, takomillashtirishni baholashga asos yaratada va quyidagilarni o’z ichiga oladi:
з) Energiya iste’molini energiyadan foydalanish va energiya manbaalariga bo’lish;
и) Yuqori miqdorda energiyani iste’molini tashkil qiluvchi energiyadan foydalanishlar
к) Agar mavjud bo’lsa va solishtirish imkoni bo’lsa, o’xshash jarayonlarning asos bo’luvchi natijalari bilan solishtirish;
л) Energetik natijaviylikning tarixiy shakli;
м) Energetik natijaviylikda kutilayotgan yaxshilanishlar;
н) Mos hollarda, energetik natijaviylik bilan tegishli omillar o’rtasidagi bog’liqlik;
о) Mavjud energetik natijaviylik ko’rsatkich(lar)ini baholash va agar zarur bo’lsa, yangi energetik natijaviylik ko’rsatch(lar)ini taklif qilish.
Izoh - Ma’lumotlarni tasdiqlash deb ma’lumotlar to’plami aniq, to’liq va betakorligini yoki bunday emasligi tasdiqlash maqsadida qo’llangan hujjatlashtirilgan uslubga aytiladi. Ma’lumotlarni tasdiqlash uslubi xom ma’lumotlarni tuzatish imkoniyatiga ega bo’lib, natijada tasdiqlangan ma’lumotlar to’plami aniq, to’liq va betakor bo’ladi.
Energoaudit ma’lumotlarini monitoring qilishda quyidagi innovasion ishlanmalar mavjud:
Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish metodologiyasi – Interval baholash asosida ishlovchi bu metodolgiya energiya iste’moli ruxsat etilgan oraliqqa tushmaydigan korxonalarni aniqlash jarayonidir. Bunda energiya iste’mollari bo’yicha ma’lumotlarni tartiblash yo’li orqali ruxsat etilgan oraliq topiladi. Baholash natijasida tezkor energetika tekshiruvlarini o’tkazish uchun korxonalar ro’yxati aniqlanadi.
Sanoat korxonalarining energiya iste’molini tizimli tahlili” nomli dastur – Tizimli tahlil usullarini qo’llash natijasida quyidagi ishlar bajariladi:

  • Energiya iste’moli anomal yuqori bo’lgan barcha korxonalarni aniqlash;

  • Energetika tekshiruvlarini o’tkazish va energiya samaradorligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlarni joriy qilish uchun birlamchi korxonalarni aniqlash;

  • Energiya iste’molini tejashga doir texnik va tashkiliy chora tadbirlarni rejalashtirish uchun korxonalarning energiya iste’molini prognoz qiymatlarini aniqlash;

  • Korxonalarda energiya iste’molini nazorat etish uchun yillik me’yorlarini (limitlarni) aniqlash.

Tizimli tahlil natijalari asosida quyidagilar bajariladi:

  • Energiya iste’moli anomal yuqori bo’lgan barcha korxonalarga tavsiyalar ishlab chiqiladi;

  • Umumiy tizim (soha) bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi;

  • Hisobot shakllantiriladi.

Nazorat va me’yorlashtirish” nomli yoqilg’i-energetika resurslari iste’molini monitoring qilish dasturi - Energiya iste’molining samaradorligini aniqlash uchun bir xil vaqt oraliqlarida energiyaning ishlatilishi va unga ta’sir etuvchi omillarni qayd etish, shu bilan birga ularni nazorat qilish va energiyaning samarasiz ishlatilishini oldini olish hisobiga uning iste’molini me’yorlashtirish ishini bajaraish mumkin. Energiya iste’moli joriy ko’rsatkichlarining nazorati natijalari asosida quyidagi ma’lumotlardan iborat hisobot shakllantiriladi:



  • yoqilg’i-energetika resurslarining nisbiy ko’rsatkichlari;

  • og’ishlarning absolyut qiymatlari bo’yicha ma’lumotlar;

  • joriy tarif bo’yicha energiya iste’moliga sarf-xarajatlarning ortishi.




Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish