Energetik audit



Download 1,57 Mb.
bet24/94
Sana11.04.2023
Hajmi1,57 Mb.
#927083
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   94
Bog'liq
Energetik audit

mavzu. Elektr energiya tejamkorligi bo’yicha asosiy taklif va tadbirlarni asosiy yo’nalishlari.

Reja:


Elektr qurilmalarning FIKlarini oshirish.
Generator, dvigatel va transformatorlarda isroflarni kamaytirish. Kabel va havo liniyalarda isroflarni kamaytirish.

Shartli-o’zgarmas yo’qotishlar:


kuch transformatorlarining (avtotransformatorlarning) salt yurish yo’qotishlarini;
sinxron kompensatorlar, statik kondensatorlar batareyalari, statik tiristorli kompensatorlar va shuntlovchi reaktorlardagi yo’qotishlarni;
podstansiyalar taqsimlovchi qurilmalarining yig’ma shinalari va ulash simlaridagi yo’qotishlarni;
elektr energiyasini hisobga olish tizimidagi (tok transformatorlaridagi, kuchlanish transformatorlaridagi, hisobga olish asboblari va ulash simlaridagi) yo’qotishlarni;
ventilli razryadlagichlardagi, o’ta kuchlanishni cheklagichlaridagi yo’qotishlarni;
yuqori chastotali aloqa ulanmalari tuzilmalaridagi yo’qotishlarni;
110 kV va undan yuqori kuchlanishli havo liniyalaridagi tojlanishga yo’qotishlarni;
kabellarning izolyasiyasidagi yo’qotishlarni;
HL izolyatorlari bo’ylab tokining sirqishidan hosil bo’ladigan yo’qotishlarni;
podstansiyalarning o’z ehtiyojlari uchun elektr energiyasi sarfini o’z ichiga

oladi.

Elektr energiyasining yuklama yo’qotishlari:


havo va kabel liniyalardagi; transformatorlardagi (avtotransformatorlardagi); tok o’tkazuvchi shinalardagi;
tokni chegaralovchi reaktorlardagi yo’qotishlarni o’z ichiga oladi.

Kuch transformatorlarida (avtotransformatorlarda) elektr energiyasining salt yurishi yo’qotishlari, uskunaning pasport ma’lumotida keltirilgan SYu quvvatining yo’qotishi (Δ RSYu) (kVt da) asosida formula bilan aniqlanadi.
Transformatordagi (avtotransformatordagi) kuchlanish o’lchashlar yordamida yoki barqaror rejimni elektrotexnikaga oid usullarda hisoblab, aniqlanadi.
Kuch transformatorlarining (avtotransformatorlarning) salt yurishidagi quvvat yo’qotishini texnik holati va xizmat qilgan muddati hisobga olingan holda, ularni ishlab chiqargan zavodda transformatorning (avtotransformatorning) pasport ma’lumotlarini o’rnatishda qo’llanilayotgan usullarda o’lchashlar yo’li bilan aniqlashga ruxsat etiladi. Bunda asoslovchi materiallarga o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan salt yurish quvvati yo’qotishlarini o’lchash bo’yicha bayonnomalar kiritilishi shart.
Sinxron kompensatorda (SK) yoki SK rejimiga o’tkazilgan generatorda elektr energiyasining yo’qotilishini (Δ WSK) energoauditor formula bilan aniqlaydi.
SK dagi yo’qotishlarni maxsus jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida aniqlanishi mumkin. SK ning quvvati jadvalda keltirilgandan farq qilganda, elektr energiyasining yo’qotishlari chiziqli interpolyasiya yordamida aniqlanadi.
Statik kondensatorlar batareyalarida (SKB) va statik tiristorli kompensatorlarda (STK) elektr energiyasining yo’qotishlari (Δ WKQ) formula bilan aniqlanadi. SKB va STK dagi elektr energiyasi yo’qotilishi maxsus jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida aniqlanishi mumkin. Uskunaning pasport ma’lumotlari mavjud bo’lmaganda ΔRKQ ning qiymati 1000 V gacha SKB uchun
- 0,004 kVt/kVar, 1000 V dan yuqori SKB uchun - 0,002 kVt/kVar, STK uchun esa - 0,006 kVt/kVar olinadi.
Energoauditorlar energoaudit jarayonida podstansiyalarning taqsimlovchi qurilmalarining yig’ma shinalari va ulash simlaridagi elektr energiyasining yo’qotishlarini ham xisoblashadi. 6-10/0,4 kV transformator punktlari (bundan buyon matnda TP deb yuritiladi) taqsimlovchi qurilmalarining yig’ma shinalari va ulash simlaridagi elektr energiyasi yo’qotishlari hisoblanmaydi.
Agar, texnologik yo’qotishlarning normativlarini aniqlashda podstansiyalarning tok o’tkazuvchi shinalaridagi yo’qotishlar hisob-kitobi amalga oshirilgan bo’lsa, taqsimlash qurilmalarning yig’ma shinalari va ulash simlaridagi elektr energiyasi yo’qotishlari hisoblanmaydi.
Ventilli razryadlagichlar, o’ta kuchlanishni cheklagichlari, YuCh aloqa ulanmalari tuzilmalari, TT va KT, 0,22-0,66 kV kuchlanishli elektr energiyasini hisobga olish asboblaridagi elektr energiyasining yo’qotishlari uskunani ishlab chiqargan zavod ma’lumotlariga muvofiq aniqlanadi.
Kabellarining izolyasiyasidagi elektr energiyasining yo’qotishlari uskunani ishlab chiqargan zavod ma’lumotlariga muvofiq qabul qilinadi. Ishlab chiqargan zavod ma’lumotlari mavjud bo’lmaganda, yo’qotishlar maxsus jadvalga muvofiq aniqlanadi.
Podstansiyalarning o’z ehtiyojlari uchun elektr energiyasining sarfi o’z ehtiyojlari uchun transformatorlarning yuqori tomonida o’rnatilgan hisobga olish asboblari asosida aniqlanadi. Agar hisobga olish asboblari o’z ehtiyojlari uchun transformatorlarning past tomoniga o’rnatilgan bo’lsa, o’z ehtiyojlari uchun transformatorlaridagi texnik yo’qotishlar hisobga olish asboblari asosida aniqlangan yo’qotishlarga qo’shiladi.
0,4 kV elektr tarmoqlarda elektr energiyasi yo’qotishlarini aniq hisoblash uchun boshlang’ich axborotlar yetarli darajada mavjud bo’lganda 0,4 kV kuchlanishli alohida liniyalarda elektr energiyasi yo’qotishlarini hisoblashda quvvat va elektr energiyasi yo’qotishlarini elektr tarmog’i sxemasi va rejimi parametrlaridan foydalanib, uning elementlari bo’yicha hisoblash metodini qo’llash tavsiya etiladi.
Kuchlanishi 0,4 kV bo’lgan liniyalarda elektr energiyasi yo’qotishlarini kuchlanishning pasayishiga bog’liq holda hamda quvvat va elektr energiyasining yo’qotishlari elementlari bo’yicha hisoblashni elektr tarmog’i sxemasi va rejimi parametrlaridan foydalanib, ixtiyoriy tanlab olingan 0,4 kV taqsimlash liniyalari bo’yicha amalga oshirishga yo’l qo’yiladi. Bunda, kuchlanishi 0,4 kV bo’lgan liniyalarning umumiy soni 100 tadan ortiq 6-10/0,4 kV TP larning kamida 20% dan ta’minlanayotgan bo’lishi lozim.


  1. Download 1,57 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish