«endokrin tizimi anatomiyasi» (O'quv-uslubiy qo'llanma 1- kurs talabalari uchun) Toshkent– 2021


Qalqonsimon bez – glandula thyroidea



Download 1,61 Mb.
bet6/20
Sana31.12.2021
Hajmi1,61 Mb.
#257082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
эндокрин тизими

Qalqonsimon bez – glandula thyroidea.

Qalqonsimon bez ikkita - o'ng va chap bo'laklar - lobus dexter et sinister dan iborat bo'lib, ular o'zaro - istmus glandulae thyroidea vositasida birlashib turadi(Rasm.1). Ko'pchilik holatlarda bo'yin qismidan yuqoriga qarab yana bir piramidasimon bo'lak o'sib chiqqan bo'lib lobus puramidalis deyiladi. Qalqonsimon bezda oldingi va orqa





Rasm.1. Qalqonsimon bezning yon va old tomonidan kurinishi

yuzalari - facies anterior et posterior va yon bo'laklarining yuqori va pastki qutblari - polus superior et inferiorlar tafovut qilinadi. Bezning vazni katta yoshli odamlarda 30 - 50 gr. uzunligi 6 - 8 sm. va eniga 2 - 2, 5 sm. ga teng keladi. Qalqonsimon bez yupqa, mustahkam qo'shuvchi to'qimali xususiy fibroz parda - capsula fibrosa bilan o'ralgan bo'lib, bu parda bez tuqimasi ichiga kirib borib to'siqlar hosil qiladi va uni mayda bo'lakchalar - lobuli gl. thyroideae ga bo'lib yuboradi. Qalqonsimon bez traxeya va qalqonsimon tog'ay sohasida joylashgan bo'lib, bez bo'laklarining pastki uchlari traxeyaning V yoki VI tog'ay halqalari sohasigacha davom etadi. Yuqori uchlari esa qalqonsimon tog'ayning o'rta qismigacha davom etadi. Bo'yin qismi - isthmus esa III - IV traxeya halqalari sohasida joylashgan. Piramida bo'lagi ayrim hollarda til osti suyagigacha yetib borishi mumkin. Qalqonsimon bez o'zining xususiy pardasi bilan o'ralgan va shu parda to'qimalar orqali atrofdagi a'zolar bilan birlashib turadi. Ishlab chiqarilgan garmonlar (tiroksin, triyodtironin) to'qimalarning kislorodga bo'lgan talabchanligini oshiradi. Garmonlar oqsillar sintezini tezlashtirib, organizmning o'sish jarayonini kuchaytiradi. Tireoid garmonlar homila taraqqiyotini nazorat qiladi, uning to'qima va hujayralarini shakllanishiga yordam beradi. Shu jumladan suyaklar sistemasini ham. Tireoid garmonlar nerv tizimining funktsional holatiga ta'sir etish bilan bir qatorda teri, yurak, qon tomirlar tizimi, buyrak, jigar, oshqozon va ichak traktida sodir bo'ladigan modda almashinuvi jarayonlariga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. Qalqonsimon bezning ish faoliyatini buzilishi natijasida har xil kasalliklar kelib chiqadi. Kasalliklarning paydo bo'lishi garmonlarning ko'p (gipertirioz, tireotoksikoz) yoki kam (gipoterioz) ishlab chiqarilishi bilan bog'liq. Tireotoksikoz kasalligida: ozib ketish, yurak urishining tezlashishi, tana haroratining ko'tarilishi, asabning taranglashishi, terlash, ekzooftal`m (ko'z soqqasining ko'z kosasidan oldinga chiqishi) kuzatiladi. Qalqonsimon bez homila taraqqiyotining 3 - 4 haftasida birlamchi ichakning bosh qismining ventral devoroida, jag' va til osti jabra ravoqlarining orasida, toq til kurtagining orqasida xalqum epiteliyasidan rivojlanadi. Birinchi galda bezning har ikkala bo'lagi ichida bo'shliq bo'lib, bu bo'shliqning yo'li qalqonsimon - til ductus thyreoglossus nayi bilan xalqum bo'shlig'iga ochilgan bo'ladi. Rivojlanishning keyingi davrlarida bez epiteliyasining shoxlanib ketishi natijasida, bez ichidagi bo'shliq mayda pufakchalarga bo'linib ketadi va o'zida pufakchalar saqlagan bez bo'lakchalari shakllanadi. Shu bilan bir qatorda embrion rivojlanishining 4 - haftasidayoq ductus thyreoglossus bekilib ketadi. Qalqonsimon bezning tildan uzoqlashib kaudal tomonga o'sishi natijasida va shu asosda uning yo'lining bekilib ketishidan tilning tanasi va ildizi sohasida qolgan qoldiq tilning ko'r teshigi foramen cecum ni hosil bo'lishiga olib keladi.




Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish