ENDOKRIN BEZLAR KASALLIKLARI
Gipoflz kasalligi
Gipofiz — asab va endokrin sistemalarini bog’lovchi inkretor organdir. U gormonlar ishlaydi, o’zida ularni zaxira holda saqlaydi va ajratadi.
Adenogipofizda jinsiy balog’atga yetishni, homilador-likni normal kechishi belgilovchi bir guruh trop gormonlar, organlarning proporsional o’sishini ta'minlovchi follikulani rag’batlantiruvchi gormon (FSG) lyutinlovchi (sui ajralishini rag’batlantiruvchi), (LG), (AKTG), (adrenokor-tikotrop) tireotrop gormon-TTG va bir qator boshqa gormonlar ishlab chiqariladi. Neyrogipofizdan qonga ikki gormon-ADG yoki vazopressin va oksitosin ajraladi. ADG buyrak kanalchalarida suv reabsorbisiyasini kuchaytiradi, uning ortiqcha miqdori esa buyrak kalavachalari qon tomirlarini toraytiradi va ularda arterial bosimni orttiradi. Oksitosin ayollar jinsiy sistemasi faoliyatida fiziologik jarayonlarni boshqaradi, homiladorlikdagi bachadonni qisqarish funksiyasini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |