Endogen jarayonlar Yer qaʼrida yer ichki kuchlarining taʼsir etishidan yuzaga keladigan geologik jarayonlar



Download 14,21 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi14,21 Kb.
#205879
Bog'liq
Anvar 2


Anvar 2, [24.01.21 18:07]

Endogen jarayonlar - Yer qaʼrida yer ichki kuchlarining taʼsir etishidan yuzaga keladigan geologik jarayonlar. Yer poʻstida sodir boʻladigan tektonik harakatlar, seysmik faollik, magmatizm, metamorfizm, gidrotermal jarayonlar va boshqalar Endogen jarayonlarni tashkil etadi. Yerning ichki energiyasi uning chuqur qismida radioaktiv moddalarni parchalanishidan ajralib chiqqan issiqlik, yer qatlamlaridan hosil boʻladigan gravitatsion kuchlar taʼsiri va Yerning aylanishidan yuzaga keladigan kuchlar hisobiga paydo boʻladi. Gravitatsion kuchlarning Yer poʻstida notekis taqsimlanishi unda turli zichlik hamda tektonik faolliqdagi qismlar boʻlinishi, qatlamlarning deformatsiyalanishiga va metamorfizmga uchrashiga sabab boʻladi. Shuningdek, Yer poʻstining chuqur qismlarida va yuqori mantiyada toʻplangan energiya qatlamlarning burmalanishiga, yoriqlar va uzilmalar hosil boʻlishiga, qatlamlarni yoriqlar boʻylab turli yoʻnalishlarda siljishiga, zilzilalar vujudga kelishiga va boshqalarga olib keladi. Magmaning choʻkindi yotqiziqlar ichiga joylashishi va ular bilan reaksiyaga kirishishi, flyuidlarning yoriqlar boʻylab yuqoriga koʻtarilishi va boshqalar omillar taʼsiridan turli foydali qazilma konlari hosil boʻladi. Endogen jarayonlar ning rivojlanishi ayrim hollarda ekzogen jarayonlar taʼsirida vujudga keladi. Koʻpgina geologik hodisalar, foydali qazilmalarni tarkib topishi (mas, neft, toshkoʻmir va boshqalar) va strukturalarning shakllanishi ekzogen va endogen geologik jarayonlarning bir-biriga boʻlgan aloqasiga bogʻlikdir

Anvar 2, [24.01.21 18:12]

Tahrirlash



Geokimyo (geo... va kimyo) — Yerning kimyoviy tarkibi, kimyoviy elementlar va ularning barqaror izotoplarining Yer va turli geosferalarda tarqalish va bir joydan ikkinchi joyga koʻchish qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan. G. terminini fanga dastlab shveysariyalik kimyogar K. F. Shyonbeyn kiritgan (1838). G. 20-asr boshlanishida geol. va kimyo fanlari tutashgan joyda vujudga keddi. V. I. Vernadskiy (Rossiya), V. M. Goldshmidt (Norvegiya), A. Ye. Fersman (Rossiya) G.ning asoschilari hisoblanadi. 20-asrning 1 -yarmida oʻtkazilgan i. t. ishlari natijasida G. mustaqil fanga aylandi. G. boʻyicha birinchi yirik ilmiy axborotlar toʻplami amerikalik olim F. U. Klark tomonidan bajarilgan. Oʻrta Osiyo olimlaridan H. M. Abdullayev, O. M.Akramxoʻjayev, H. N.Boymuhamedov, I. Hamroboyev, A. S. Uklonskiy, K. I. Satpayev, S. T. Badalov va b. G.ni yanada rivojlantirdilar. Olib borilgan i. t. ishlari natijasida G.ning yangi tarmoklari — kosmogeo-kimyo, radiogeokimyo, biogeokimyo, analitik G., fizik G., gidrogeokimyo, litosfera G.si, organik G., litogenez G., izotoplar G.si, tabiiy jarayonlar G.si, nodir elementlar G.si va b. vujudga keldi. G.ning bu sohalari foydali qazilmalarni izlashda nazariy asoslardan hisoblanadi. G. metodlari geologik metodlar bilan birgalikda ishlatiladi. G. okeanshunoslik, biol., tuproqshunoslik va b. fanlarning maʼlumotlaridan keng miqyosda foydalanadi. Quyosh, Oy, yulduzlar, meteoritlar va b. sayyoralar kabi Yer ham yuzdan ortiq kimyoviy element va ularning izotoplaridan tashkil topgan. Elementlar Yerdagi jinslarda tarqalishi, ion va izotoplari xususiyati va tashqi elektron qobigʻining tuzilishiga qarab atmofil (atom holida uchrashi), siderofil (temir va temir guruhi elementlari), xalkofil (oltingugurt va margimush b-n), lofil (kislorodli), biofil (organik moddalar b-n), gidrofil (suvda eruvchan), neytral (sof holda), galogen o fi l (xlor va yod b-n) guruhlariga boʻlinadi. Amerika olimlari Oydagi togʻ jinsida oz miqdorda Ai, Cd, Zn, Ag, Br, Bi, Te, So, Si, Ga, Pd, Rb, Cs kimyoviy elementlari borligini radiokimyoviy neytron-aktivatsiya usuli bilan aniqlashgan. Bularning tarqalish qonuniyatlari Yer kurrasining ichki va tashqi tuzilishi bilan chambarchas bogʻliq. Yer kurrasi bir necha qavat — geosferalardan iborat: 1) tashqi qavat — atmosfera; 2) gidrosfera; 3) biosfera; 4) litosfera — qattiq jinslar. Atmosfera tarkibidagi karbonat angidridi (S02) boshqa elementlar bilan birikib, karbonat jinslarni va minerallarni hosil qilgan. Biosferada geokimyoviy jarayonlar tirik organizmlarning bevosita ishtirokida boʻladi. Natijada turli xil foydali qazilmalar (neft, gaz, toshkoʻmir, ohaktosh, diatomitlar, oltingugurt, gips, fosforit, temir, marganes va b.) hosil boʻlgan. Togʻ jinslarining nurashida ham mikroorganizmlar qatnashadi. Litosfera, mantiya va Yer yadrosi kimyoviy tarkibi, ularda buladigan kimyoviy, geokimyoviy va geofizik jarayonlariga qarab bir-biridan farqlanadi. Yer kurrasining oʻrtacha tarkibini asosan elementlarning davriy sistemasidagi 16 element Gʻe(39,75%), O2(27,71%), Si( 14,58%) va b. tashkil etadi. Boshqa elementlar 0,2—0,5% ga teng . Kimyoviy elementlarning Yer pusti togʻ jinslaridagi oʻrtacha miqdori (klarki)ni aniqlash foydali qazilmalarni izlab topishda muhim ahamiyatga ega. Baʼzi bir metallar (qoʻrgʻoshin, simob, mis, oltin va b.) juda oz miqdorda boʻlsa ham maʼlum sharoitda bir joyga toʻplanib, konlar hosil qilish xususiyatiga ega. Ayrim elementlar (vismut, reniy, kadmiy va b.) mustaqil ruda koni hosil qilmaydi. Ular volfram, molibden, rux rudalarida aralashma holida uchraydi. Bunday rudalar mexanik birikma va sof element yoki izomorf shaklida boʻladi. Geokimyoviy qonuniyatlarni bilish odamlarning i.ch. amaliyotida, atrof muhitni himoya qilish va qoʻriqlashda ahamiyati muhim. Geografiya fanida ham geokimyoviy yoʻnalish — landshaft geokimyosi rivojlanmoqda. G. sohasidagi i. t. ishlari xorijda (AQSH, Rossiya, Ukraina) va Oʻzbekistonda Geol. va geofizika institutida, Geol. va mineral resurslar Davlat qoʻmitasidagi ayrim geokimyo partiyalarida, neft va gaz konlari geol.

Anvar 2, [24.01.21 18:12]



si va razvedka kilish, gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi institutlarida va oliy oʻquv yurtlaridagi maxsus lab.larda bajarilmoqda. Bu ishlar natijasida Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda polimetall, mis va uran konlari topildi. Jumladan, Oʻzbekistonda Olmaliq, Muruntov, Qushbuloq, Qizil olma va b. konlar. Bu konlarda asosiy elementlar (Ai, Si, Mo)dan tashqari nodir elementlar (Os, Re, Jr, Se, Ta, Tl va b.) qoʻshimcha holda uchraydi. Qahhor Oʻrinboyev, Stepan Vadalov.
Download 14,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish