Qizlar: Realist, hamma narsada aql bilan ish yuritadi. Oilasiga juda bog’langan. Munosabatlarda aniqlik va ishonchlilikni istaydi. Ekonomka, isrofgarchilikni yomon ko’radi hamda pulni behuda sarflamaydi, ammo sifatli va yaxshi narsaga pulni ayamaydi. Xarakteringizni injiqliklar, o’jarlik, mayda narsalar ustidagi urushlar bilan namoyish etasiz. Rashkchi, boshqarishni yoqtiradi, sadoqatli, mehnatkash, harakatchan.
5 Umumiy ta’rif:
Optimist, farosatli, ajoyib suhbatdosh, dilkash insonlar, aqlli, hamma narsaga qiziqishadi, sarguzashtlarni sevishadi. Chet el tillarini va an’analarini tez o’zlashtirib o’rganishadi, juda hissiyotli, tavakkalni yoqtirishadi, gapirish yoki mehr ko’rsatishi odobi bilan o’ziga rom eta oladi, tadbir va do’stlar davrasini sevishadi, ba’zan kutilmagan xatti-harakati bilan atrofdagilarni hayron qoldirishni yaxshi ko’rishadi, o’zgarishlar, yangiliklarni yaxshi ko’rishadi, mehribon, ko’ngilli insonlar, kayfiyatlari o’zgaruvchan, achchig’I burni ustida turadi, muammolardan osongina qultilib ketish hislatiga egalar, adolatparvar, erkinlikni afzal bilishadi. Ularni haqiqiy qulog’I bilan sevadigan odamlar deyish mumkin.
Ularga maslahat: hamisha faqat oldinga intilasiz, biroq ba’zida atrofingizda boriga ham e’tibor berishingiz maqsadga muvofiqdir. Komillikka intiling. Porloq yulduz yo’lingiz yoritsin. Orzularingiz va istaklaringizni ro’yobga chiqarishda sizga baxt va omad tilayman!
Yigitlar:O’ziga ishongan, juda aqlli, hissiyotli, adolatparvar, romantic shaxslar, o’zgaruvchan kayfiyatli, iltimos qilmaydi, maqasadidan ortga chekinmaydi, hurmattalab, yomon tarafi – dangasalik va o’ziga talabchan bo’lmasligi bo’lishi mumkin, do’stlari va yaqinlari jou dili, saxiy, yolg’izlikni yomon ko’rgani uchun doim do’stlari bilan yoki yaqinlari bilan bo’lishadi, ularning ko’p, juda ko’p do’stlari bor, ko’rsatilgan ishonch va mehr uchun borini berishga tayyor, har jihatdan erkin bo’lish ular uchun suvdek zarur.
Qizlar: Hissiyotli, ko’ngli bo’sh, kayfiyati o’zgaruvchan, mehnatkash, orasta, o’ychan, oqko’ngil, siz bilan gaplashib tursa ham bir ko’zlariga boqsangiz xayollari qayoqlardadir uchib yurganini ko’rasiz, mehribon, boshqalar uchun g’alati tuyilgan narsa ular uchun oddiy narsa, yoki boshqalar uchun oddiy ko’ringan narsa u uchun chuqur ma’noli sirli tuyiladi. Maslahatlarni eshitib turadida borib baribir o’zi bilganini qiladi. Lekin ko’pincha ularning qarorlari to’g’ri chiqadi. yaqinlarini haqida qayg’uradi, ularni asraydi, tadbir, kechalarni yoqtiradi, sadoqatli, to’g’riso’zlikni qadrlaydi, erkinlik istaydi.
6 Umumiy ta’rif:
Bu raqamdagi shaxslar ishonchli, ochiq, samimiy, to’g’riso’z. Atrofdagilarda o’zlariga nisbatan hurmat qozonishni, nom orttirishni, e’tibor qaratishni juda istashadi. Do’stlari orasida bir-birini tushunish, qadrlashni saqlab ularning hayotini yaxshilashga harakat qilishadi. Optimist, o’jar, romantic shaxslar, ularning qiziqishi ko’pincha oila va uy bilan bog’liq. Yaxshi did sohiblari, odamlar bilan tez chiqishib,kelishib ketishadi. Unchalik harakatchan emaslar, oilaviy sokinlikni istashadi. Ba’zi yomon tarafi dangasalik bo’lishi mumkin. Hislaringizni kamroq yashiring. Bu omadli raqam.
Ularga maslahat: sizga berilgan vazifani bajarasiz, ishonchni oqlaysiz, bu ajoyib. Biroq, bu bilan to’xtab qolmang. Sizni yanayam yuqori cho’qqilar, yuksak martabalar kutmoqda. Olg’a!
Do'stlaringiz bilan baham: |