ning kamayishi va shu asosda asinxron motor rotoridagi tokning kamayishi motor momentining kamayishiga olib keladi va M < MS holat yuzaga keladi. Natijada motor tezligi kamaya boshlaydi, ammo sirpanish va rotor cho‘lg‘amidagi EYuK qiymati osha boshlaydi . ning oshishi rotor toki qiymatini oshiradi va motor momenti yana ga teng bo‘ladi va tezlik o‘zgarishi to‘xtaydi.
Kaskad sxemalar
Endi motor tezlikning kichik qiymatida turg‘un rejimda ishlay boshlaydi ni kamaytirsak asinxron motor tezligi oshib boradi.
4.26a – rasmdagi elektromexanik kaskadning mexanik tavsifidan ko‘rinib turibdiki, tezlik kamayishi bilan maksimal moment oshib boradi. Chunki yordamchi mashina qo‘zg‘atish tokining oshishi bilan uning momenti ham oshadi. Elektromexanik kaskadning mexanik quvvati motor maksimal momentining mos tezligi ko‘paytmasiga teng bo‘lib, yordamchi mashina IQ ining turli qiymatlari uchun deyarli o‘zgarmas qiymatga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham elektromexanik kaskad quvvati doimiy kaskad deb ùam ataladi.
4.26 – rasm. Elektromexanik (a) va elektrik (b) kaskadlarning mexanik tavsiflari
Kaskad sxemalar
Elektromexanik mashina – ventilli kaskadda (4.25a – rasm) asinxron motor rotori 2 ishchi mashina 1 ni harakatlantiradi va shu bilan birga rotor cho‘lg‘amlari uch fazadan boshqarilmaydigan to‘g‘irla-gich 4 ga ulanadi. To‘g‘irlagich ulagichlari yordamida o‘zgarmas tok motori 3 ning yakori zanjiriga ulangan. Yordamchi mashinaning EYuK i EYoM to‘g‘irlagichning EYuK i Et ga qarama – qarshi yo‘nalgan. Asinxron motor 2 va yordamchi mashina 3 bir valga mexanik biriktirilgan.
Tarmoqdan asinxron motorga berilayotgan R1 quvvatdan statordagi isrofi chegirilib rotorga yuboriladi. Bu quvvatning katta qismi elektromagnit quvvat - bo‘lib, ishchi mashinaga foydali quvvat - tarzda uzatiladi. Qolgan sirpanish quvvat isrofi dan rotor zanjiridagi, to‘g‘rilagich va yordamchi mashinadagi quvvat isroflarini chegirilgandan qolgan qismi yordamchi mashina yordamida mexanik energiyaga o‘zgartirilib ishchi mashinaning valiga qaytariladi.
Elektr sxemadagi quvvat isroflarini hisobga olmaganda, deyarli barcha elektromagnit quvvat ishchi mashinaga qaytariladi.
Elektr mashinalarning stator qismining ulanish guruhlari