HAR XIL EMOTSIYALAR VA HIS TAVSIFI PPT
Affekt (lot. aftectus – ruhiy hayajon, ehtiros) – turli tashqi yoki ichki ta’sirlar asosida tez paydo boʻlib, qisqa muddatli, aksariyat hollarda "port-lash" tarzida boʻladigan kuchli ifodalanadigan hissiy holat (qoʻrqinch, dahshat, gʻazab va boshqalar). A. tushkunlik, tang vaziyatlarda yuzaga keladi. A. holatida ichki organlar faoliyati oʻzgaradi, keskin ifodali holatlar paydo boʻladi, kishining ong doirasi torayadi, xulqni nazorat qilish qobiliyati yoʻqoladi.
A. holatida ichki organlar faoliyati oʻzgaradi, keskin ifodali holatlar paydo boʻladi, kishining ong doirasi torayadi, xulqni nazorat qilish qobiliyati yoʻqoladi. A. fiziologik ham, patologik ham boʻlishi mumkin. Fiziologik A.da kishi oʻz xatti-harakatini idora eta olishi, keyinchalik barcha voqealarni xotirasida saqlab qolishi mumkin. Patologik A. koʻproq ruhiy kasalliklarda kuzatiladi.
Odamda A. fakdt uning jismoniy holati, biologik ehtiyojlari va instinktlari kabilarga bogʻliq omillar tufayli emas, balki uning ijtimoiy munosabatlarining buzilishi tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Mas, adolatsizlik, bevafolik, haqorat sh.k. holatlarda. Ba’zan A. biror salbiy holatni yuzaga keltiruvchi vaziyatlarning takrorlanaverishi na-tijasida ham sodir boʻladi. Bundam vaziyatlarda A. akkumulyatsiyasi holati roʻy beradi, uning natijasida A. kuchli, boshqarib boʻlmaydigan xulqlarajasiga koʻgarilishi mumkin (affektiv port-lash).A.ni oʻrganish sud-psixiatrik hamda sud-psixologik ekspertiza amaliyotida jinoiy xatti-harakatlarning asl sa-babini aniqlashda zaruriy shartlardan biri boʻlib, adolatli hukm chiqarishda katta ahamiyatga ega.
Stress (ing . stress — bosim, kuchlanish, tanglik) - odam va hayvonlarda kuchli taʼsirotlar natijasida sodir boʻladigan oʻta hayajonlanish, asabiylik holati. Organizmda har xil taʼsirotlarga nisbatan rivojlanadigan nomaxsus neyrogormonal reaksiya. "S." terminini kanadalik patolog G. Selye taʼriflab, tibbiyotga kiritgan (1936). Olim stress holatiga olib keluvchi omilni stressorlar deb, ular taʼsirida organizmda roʻy beradigan oʻzgarishlarni moslashish (adaptatsiya) sindromi deb atadi.
Fizik (issiq, sovuq, shikastlanish va boshqalar) va psixik (qoʻrquv, qattiq tovush, oʻta xursandchilik) stressorlar ajratiladi. Organizmda bu omillar taʼsirini yengishga qaratilgan moslashuvchi biokimyoviy va fiziologik oʻzgarishlar rivojlanadi, bu stressorning kuchi, taʼsir etish muddati, odam yoki hayvonning fiziologik sistemasi va ruhiy holatiga bogʻliq. Nerv sistemasi yuqori rivojlangan odam va hayvonlarda, his-tuygʻu koʻpincha stressor vazifasini oʻtaydi va u fizik stressor taʼsiriga zamin tugʻdiradi. Odamda bir xil kuchdagi stress ham xavfli, ham ijobiy boʻlishi mumkin. Shuning uchun maʼlum bir darajadagi Stresslarsiz faol hayot kechirib boʻlmaydi, chunki stresslar boʻlmasligi bu oʻlim bilan barobar degan edi G.Selye.
G. Selye, S. natijasida rivojlanadigan kasalliklar yo stressorning kuchli taʼsir etishi, yoki gormonal tizimning "notoʻgʻri" reaksiya berishiga bogʻliq deb hisoblagan. Chunki ayrim hollarda distress uncha kuchli boʻlmagan stressor taʼsirida yuzaga keladi. S.ning organizmga ijobiy yoki salbiy taʼsir etishi organizmning ushbu stressorga nisbatan reaksiyasiga bogʻliq. S. xrlatini faol oʻzgartirishga qaratilgan choralar organizm chidamliligini oshiradi va natijada kasallik rivojlanmaydi yoki, aksincha, faol kurashish boʻlmasa, moslashish sindromi susayib, ogʻir holatlarda organizmni nobud boʻlishigacha olib kelishi ham mumkin. Organizmdagi hamma oʻzgarishlarni nazorat qilishda miyadagi katexolaminlar miqdori katta ahamiyatga ega.
Sevgi bu nima, hech kim bu savolga aniq javob berolmaydi. Psixologiya nuqtai nazaridan, sevgi - bu bir kishining boshqasiga qiziqishi. Ammo odamlarning o'zlari sevgining ta'rifi haqidagi fikri boshqacha, kimdir sevgi bu odat va muhabbat deb ishonadi. Ikkinchisi, sevgi doimiy tajriba, ko'z yoshlar va azob-uqubatlarga ishonadi. Boshqalar uchun sevgi baxt, oilaviy farovonlik quvonchidir. Umuman olganda, his-tuyg'ularingizni so'z bilan izohlash juda qiyin.
Siz bu tuyg'u haqida cheksiz gapirishingiz mumkin, ammo qisqasi, sevgi o'zaro tashvish va bir-biriga bo'lgan qiziqishni anglatadi. Bundan tashqari, sevgi ko'pincha ehtiros, jismoniy diqqatni jalb qilish va sevib qolish bilan chalkashadi. Ammo bu birgalikda yashash, oila qurish uchun etarli emas. Garchi bugungi kunda aksariyat juftliklar ishtiyoq asosida birlashsalar va ajralishlar ko'p bo'lsa, bu yoki bu ikkala turmush o'rtoqlarning bu tuyg'ularning barcha bosqichlarini bosib o'tishni istamasligidan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |