Arifmetik masalalar yechish. Masala yechishda ,,qo'shish",
,,ayirish", ,,barobar" matematik atamalaridan foydalanish zarur. Keyin masalani ,,yoziladi".
— Lolada 3 ta shar bor edi, u yana 1 ta shar oldi. Sharlar ko'paydimi? Ko'paysa qaysi belgidan foydalanamiz? Qo'shuv belgisidan. 3 qo'shuv 1 barobar 4 (shar). Doskada 3 rasmi. Lola nechta shar oldi? 1 ta. 3 qo'shuvl barobar? Masalada bizga nima noma'lum? Sharlarning nechta bo'lgani va 3 qo'shuv 1 barobar? Keyin masala bir necha marta qaytariladi va yechiladi. Doskaga 3 qo'shuv 1 barobar 4 deb ,,yoziladi".
Bolalar ,,yozishni" mashq qiladilar. 1—2 bola mustaqil
,,yozganlarini" o'qib beradilar. ,,3 ta sharga 1 ta shar qo'shilsa, 4 ta shar bo'ladi". Kim masalani yechadi? 3 ga 1 ni qo'shish kerak. Lolada nechta shar bo'ldi? 4 ta. Doskada 3 qo'shuv 1 barobar 4. Bolalar ko'pincha masalani hikoya, topishmoq bilan aralashtirib yuboradilar. Masalan: Akvariumda 6 ta baliq bor edi: yana bir necha baliq solib qo'yishdi. Bu masalani yechish mumkinmi? Yoki to'rtta og'ayni bitta torn tagida yashaydi. Bular masala emas, balki hikoya va topishmoqdii^Vlasal^a doim ej||j^|pida 2fffl son ishtij^|j^|hi uqtiriladi. ^ ^ ^ 1JV^^ ;t»L^. fclWW
Geometrik figuralar. Bolalarni geometrik figuraldV bilan tanishtirishning asosiy vazifasi ko'pburchaklar bilan tanishtirishdir. Uchburchak, kvadrat, to'g'ri to'rtburchaklar ko'pburchaklarning turlari sifatida qaraladi. Dastur mazmuni shunday tuzilganki, uni o'zlashtirish natijasida bolalarning ko'pburchaklar turlari haqidagi umumiy bilimlari kengayadi. Bu bolalarda elementar matematik tafakkurni o'stirishga imkon beradi.
Figuralarning modellari bilan shug'ullanish jarayonida bolalarning ko'pburchaklarning ba'zi bir xususiyatlari haqidagi tasawurlari shakllanadi. Ko'pburchaklar tomonlari, burchaklari tengligi bilan aniqlanadi. Birinchi tanishishda ko'rish, siljitish, paypaslash usullaridan keyin son va o'lchashdan foydalanadilar. Awal umumiy belgilari: tomonlari, burchaklari, burchak uchlari ko'rsatilishi lozim. Bularni bolalar birinchi mashg'ulotlardayoq o'zlashtirib oladilar. Faqat nuqtalar qo'yib, ularni birlashtirib, ko'pburchaklar chizganda qiynaladilar. tyi||burchaklarning xususiyatlarini o'rgana borish {MRromida uninglingi xususiyatlari
ochila boradi: ularning 4 ta tomoni, 4 ta burchagi, 4 ta burchak uchi bor. O'lchash asosida bolalar o'zlari uchun yangi xususiyatlar (teng va notenglik)ni aniqlaydilar. O'lchov birligi qilib qog'oz tasmasi olinadi: kvadratga 1 ta tasma, to'g'ri to'rtburchak uchun 2 ta tasma. Bolalar ixtiyorida doimo xilma-xil ko'pburchaklar bo'lishi kerak. Buklash orqali bolalar bir figuradan boshqa figuralar hosil qiladilar. Ko'pburchaklarning xossalarini aniqlaydilar, bunda, ayniqsa, ko'pburchaklardan uchburchak hosil qilish va uchburchaklardan boshqa figuralar hosil qilishga ko'p e'tibor berish kerak. Ko'pburchaklarni o'rganish bolalar maktabda geometriyani o'zlashtirishlarida katta yordam beradi. Uchburchaklarning turli ko'rinishlaridan foydalanib ko'pburchak hosil qilishni va yana uchburchaklar hosil qilishni mashq qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |