Eminov Rustambekning



Download 27,37 Kb.
bet5/7
Sana20.06.2022
Hajmi27,37 Kb.
#683894
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5260439153450947422

Oliy ta’lim
Oliy ta‘lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta‘minlaydi. Oliy ma‘lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o‘quv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta‘lim muassasalarida) o‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limi asosida amalga oshiriladi. Oliy ta‘lim ikki bosqichga bo‘linadi: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma‘lumot to‘g‘risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega.
Bakalavriat oliy ta’lim yo’nalishlaridan biri bo’yicha puxta bilim beradigan o’qish muddati kamida 4 yil bo’lgan tayanch oliy ta’limidir.
Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriyat negizida kamida 2 yil davom etadigan oliy ta‘limdir. Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma‘lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar.
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni ta‘minlashga qaratilgandir. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalarida (aspirantura, adyunktura, doktarantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin.
U jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan. Oliy o‘quv yurtidan keyinga ta‘lim bosqichlari (aspirantura, doktarantura) dissertasiya himoyasi bilan yakunlanadi.
Yakuniy davlat attestasiyasi natijalariga ko‘ra fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar topshiriladi. Bu ishni takomillashtirish uchun: kasb ta‘limi tizimi uchun oliy malakali ilmiy pedagogik kadrlarni ustivor tayyorlash; chet ellar tajribasidan foydalanishga sharoit yaratish; fan, texnologiya va ta‘lim sohasida rivojlangan mamlakatlar bilan halqaro hamkorlikni chuqurlashtirish va hokazo.


Maktabdan tashqari ta’lim
Bolalar va o’smirlar yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqari muassasalariga bolalar ijodiyoti saroylari, uylar, klublar, markazlar, bolalar o’smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog’lomlashtirish muassasalari va
boshqa muassasalar kiradi.
Bolalar va o‘smirlarning ta‘limga bo‘lgan, yakka tartibda talab ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar, madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta‘lim muassasalarini tashkil etadilar. Uni takomillashtirish uchun: ta‘lim berish va kamol toptirishga yo‘naltirilgan xizmatlar ko‘rsatuvchi muassasalar tarmog‘ini kengaytirish va bunday xizmat turlarini ko‘paytirish;

o‘quvchilar bo‘sh vaqtini tashkil etishning; ommaviy sport, sog‘lomlashtirishtadbirlarining, bolalar turizmining, xalq hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini takomillashtirish, milliy turlari va shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy qilish va hokazo. Oilada ta’lim va mustaqil ravishda ta’lim olish.


Davlat oilada ta‘lim olishga va mustaqil ravishda ta‘lim olishga ko‘maklashadi. Bolalarni oilada o‘qitish va mustaqil ravishda ta‘lim tegishli ta‘lim muassasalarining dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Ta‘lim oluvchilarga vakolatli davlat muassasalari tomonidan uslubiy, maslahat va boshqa yo‘sinda yordam ko‘rsatiladi.
Bo‘lajak bakalavr va magistr mutaxassislar O‘zbekistonda ta‘lim tizimi turlari va ularning ish mazmuni haqida ilmiy ma‘lumotga ega bo‘lishlari darkor. Chunki bo‘lajak mutaxassislar har bir ta‘lim turining tuzilishi, mazmuni, maqsad va vazifalarini aniq tasavvur etishlari shart. Bunday mas‘uliyat egallayotgan ixtisosligi bo‘yicha kasb ko‘nikmalarini o‘z vaqtida tarkib toptirishga yo‘naltiradi. O‘z ixtisosliklari yuzasidan chuqur ilmiy pedagog ma‘lumot olishga da‘vat etadi. Eng muhimi har bir ta‘lim tizimi haqida ilmiy ma‘lumotga ega bo‘lmay shu sohadagi vazifalarni bajarish mumkin emasligini tushunib yetmoqlari lozim. Shuning uchun bo‘lajak mutaxassislar ta‘lim tizimi va uning ish mazmuni to‘g‘risida ham nazariy, ham amaliy bilimlar zahirasini o‘zlarida shakllantirmog‘i zarur bo‘ladi
Talimdagi momolar
Mamlakatimiz ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, uning sifati hamda samaradorligini oshirish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, oliy o‘quv yurtlariga qabul jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, ta’limdagi korrupsiya va poraxo‘rlikning oldini olishga ham astoydil kirishilgan. Ammo...
Poraxo‘rlikka qarshi kurash maqsadida olib borilayotgan kompleks chora-tadbirlarga qaramay, “o‘qishga kiritib qo‘yaman, testni hal qilib beraman”, degan va shu orqali mo‘may pul ishlab olish ilinjidagi firibgarlar hali-hanuz uchrab turibdi. Afsuski, “Farzandim diplom olsa bo‘ldi, u yog‘i bir gap bo‘lar” qabilida ish tutadigan, farzandining qobiliyati, bilimi va salohiyati yetarlimi yoki yo‘q, bunga ikkinchi darajali masala sifatida qaraydigan ota-onalar ham yo‘q emas. Ochig‘i, ushbu holatlar yillar davomida ta’lim tizimidagi korrupsiyaning eng og‘riqli nuqtasi bo‘lib keldi.
Sohadagi islohotlar sabab vaziyat tubdan o‘zgardi, kimning bilimi, qobiliyati, salohiyati bo‘lsa, o‘sha odam o‘qiydi, degan tamoyilga amal qilina boshlandi. Shu bois endilikda ta’limdagi korrupsiyani tag-tomiri bilan yo‘q qilishga astoydil kirishilgan. Bu boradagi dastlabki qadam test imtihonlarini topshirish jarayonini tartibga solish bilan boshlandi.

Download 27,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish